Qadriyatlar falsafasi


tabiiy qonun, inson yaratgan qonun, ilohiyat qonuni



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

tabiiy qonun, inson yaratgan qonun, ilohiyat qonuni. Abadiy qonun ilohiy aql-
zakovatning ifoda etuvchi koinotning umumiy qonunidir. Bu qonun olamning 
mutloqqoidasi va tamoyili sifatida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning barchasini idora 
qiladi va ularni aqlga muvofiqrivojlanishini ta`minlaydi. Abadiy qonun umumiy 
bo`lganligi uchun ham barcha boshqa qonunlarning manba`idir. Bu qonun bevosita 
tabiiy qonunda namoyon bo`ladi. Tabiiy qonunga muvofiq Xudo yaratgan barcha 
narsalar, jumladan inson xam, o`zining tabiiy xossalariga ko`ra o`z qonunlariga ega 
va shu qonunlarga binoan rivoj topadi. 
Inson o`z tabiatiga ko`ra yaxshilik va yomonlikning ajratish qobiliyatiga ega
ezgulikka intiladi, yaxshilik talabiga mos harakat qilishga moyildir. ya`ni inson 
o`zining amaliy faoliyatida yaxshilik qilish va yomonlikdan qochish talabiga amal 
qiladi. Boshqa odamlar bilan bo`ladigan munosabatlarda inson tabiiy tug`ma intilish, 
instinkt va ishtiyoqlari bilan belgilanadigan qoida va talabalarga rioya qiladi. Bular 
o`z jonini saqlashga tirishish, oila qurish va farzand ko`rish, boshqa odamlar bilan 
muloqatda bo`lish, Xudoga intilish va hakozolar. Tabiiy qonun talablariga rioya 
qilish inson uchun aql-idrokka muvofiq xarakat qilish demakdir. Odamlarning 
jismoniy, emotsional va intellektual tabiiy hususiyatlari, hayot sharoitlari bir xil 
bo`lmaganligi sababli ular tabiiy qonun talablarini har xil tushunadilar va 
tadbiqkiladilar. Oqibatda barcha uchun bir xil majburiy bo`lgan tabiiy qonun 
talablariga zid harakatlar ham paydo bo`ladi. 
Inson qonunining paydo bo`lishi ildizi mana shundadir. Inson qonuni tabiiy 
qonun talablariga asoslangandagina odamlarning muxofaza qila olishi, inson 
hayotining turli sharoitlariga mos holda qo`llanishi mumkin bo`ladi. Inson qonuni 
majbur qilish sanktsiyasi bilan ta`minlangan ijobiy qonundir, deydi Foma Akvinskiy. 
yaxshi fazilatga ega odamlar busiz ham yashashlari mumkin, ular uchun tabiiy 
qonunning o`zi kifoya, lekin nasixatga quloqsolmaydigan, e`tiqodsiz odamlarni 
zararsizlantirish uchun jazo va majbur qilish kerak. Buni borligidan odamlar qo`rqishi 
kerak. SHu tufayli odamlarda axloqiy fazilatlar rivoj topadi, aqlga muvofiq, 
yaxshilikka amal qilish odatlari shakllanadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin