Bodenning suverenitet haqidagi ta`limoti feodal tarqoqligiga qarshi
qaratilgan
bo`lib, Frantsiyada markazlashgan davlat vujudga kela boshlagan vaqtida paydo
bo`ldi. U cherkovning dunyoviy hokimiyatga ega bo`lish uchun qilgan harakatlariga
qarshi qaratilgan edi. Boden davlat shakllari ichida monarxiyani afzal ko`radi.
Demokratiyani mutloqrad qiladi. Uning aytishicha, xalqgo`yo to`g`ri qarorga
kelishiga
qodir emas, demokratiya anarxiyaga olib keladi.
Boden monarxiyani eng yaxshi davlat shakli deb biladi. Monarxiyadagina bir
butun va bo`linmas davlat hokimiyati mavjud. Birlik bo`lmagan joyda oliy xokimiyat
ham yo`q. Davlat hokimiyatining birligini ta`minlovchi birdan-bir davlat shakli
monarxiyadir. Davlat hokimiyatini ustida turgan monarx qarama-qarshi davo va
intilishlarning bir-biriga kelishtiradi va qarama-qarshi elementlarning uyg`unlashgan
birligini yaratadi. qonuniy monarxga bo`ysunishni targ`ib qilish
bilan birga, Boden
tiraniyaga qarshiligini bildiradi. Zo`ravonlik yo`li bilan hokimiyatga kelgan kishi
tirandir. Unga qarshilik ko`rsatish, uni og`darish, xatto o`ldirib tashlash
xam man
qilinmaydi, deydi Boden.
Dostları ilə paylaş: