Qo`shimcha adabiyotlar.
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston,
1999.
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent:
Mehnat, 2000.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000.
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent:
O`zbekiston, 1997.
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999.
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004.
4-mavzu: Aksiologik ong va qadrlash tuyg`usi.
Reja:
1.Aksiologiyaning asosiy mavzulari va ularning ilmiy-nazariy tavsifi.
2.Aksiologik ong va uning o`ziga xosligi, aksiologik dunyoqarash, aksiologik idrok,
aksiologik tushuncha va xulosalar, ularni qadriyatshunoslikning nazariy masalalari
tizimidagi o`rni.
3.“Qadriyat” kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni aksiologik tarifi va tavfsifi.
4. Qadriyatning ob`ekti va sub`ekti. Uning qadir va baho tushunchalari bilan aloqasi.
5. Qadriyatlarning namoyon bo’lish shakillari, ularning hilma-hilligi.
6. Istiqlol davrida yangi qadriyat shakillarining yuzaga kelishi..
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linidai. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning
qadr-qimmati xaqida so’zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-
qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini
o’stirish, sog’lig’ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy
yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning,
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini
chinakam erkin his etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z
mamlakatining egasi bo’lishini ta`minlashga qaratilgandir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va
yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi
O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida
o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi
barcha o’zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga – har bir kishining
hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan bayroq qilishga bo’ysundirilgan».
Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari
va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi.
Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo’li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish,
ularning qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo’li
bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o’ch olishga harakat qiladigan
shaxslar, kimligidan qat`iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste`mol
qilgan mansabdorlar g’ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob
beradi.
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo’qotgan, boquvchisidan
mahrum bo’lib qolganlar, yolg’iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo’li
bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma`naviy yordam ko’rsatiladi. Bizda
odamlarning shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so’zlashuvlari,
yozishmalar pochta va telegraf orqali jo’natilgan narsalarning sir saqlanishi
kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr-
qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o’z
hayotlari va sog’liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr-
qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar.
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini
qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham
O’zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini
yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ularni uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr
energiyasi, radio va telefidenie bilan ta`minlashdir. O’zbekiston rahbariyati
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo’yildi. Qishloq aholisiga
shaxsiy xo’jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag’lar ajratildi.
Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan
boshlab paxta terimiga qo’shimcha haq to’lashning joriy etilganligi paxta va boshqa
qishloq xo’jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib
borilayotganligi, boshlang’ich sinf o’quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor
ayollarni qo’shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash yo’lga
qo’yilganligi, veteranlarning nafaqasini oshirish, nogiron, yolg’iz qolgan qariyalar va
uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo’shimcha mablag’ sarf
etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo’lgan munosabatlar
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o’rmonlar, o’simliklar,
hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O’zbekiston zamini
hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati
ochilgan va ular xalq xo’jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.
SHu bilan birga hali ochilgan, ro’yodga chiqmagan konlar ham ko’p. Bu krlarning
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo’lsa, aksariyati er ostida yashirinib
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo buyumlari –«foydali
qazilmalar» O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy
qadiriyatlaridandir. O’zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga
ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya`ni yonilg’i, har hil
metallar, rudalar, havo, suv, o’simliklar dunyosi bo’lmasa, insoniyat yashay olmaydi.
Tabiat biz uchun moddiy ne`matlarining bosh manbai sifatida ham, sog’lik, shodlik,
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma`naviy boyliklarning bitmas-
tuganmas omili sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon
yo’qotmaydi.
Ona- er kishilar usun moddiy ne`matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining
hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o’zi uchun zarur
narsalarni undiradi. Er insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilazm Netti
aytganidek, mehnat boylikning otasi bo’lsa, er uning onasidir. Insonning kundalik
hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson uchun g’oyat darajada
muhim va zarur bo’lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik, e`zozlamaslik mumkin
emas!
Zotan, O’zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo’yilgan: «Er, er
osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar
umumilliy boyliklardir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir.
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat»,
ya`ni turli-tuman boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport
vositalari, asbob uskunalar, turarjoy, mol-mulk, noz-ne`mat va shu kabilar moddiy
qadriyatlar hisoblanadi.
Ma`lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika
bazasi tashikl qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texnika
bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham
farq qiladi. Tosh va yog’ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro
qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat
qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik,
hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo’llash, og’ir jismoniy mehnat talab qiladigan
barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik
jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. SHamol va suv
tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo’llarini
yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli
yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat
resurslaridan har tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika
bazasini tashkil etadi.
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo,
issiqlikk energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar
sanoati va boshqa moddiy boyliklar majmuasi mustaqil O’zbekiston xalqining
moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil
etadi. Davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik o’va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Insonning hayotida madaniy-ma`naviy qadriyatlar kata o’rin egallaydi. Unga
ilmiy texnikaviy va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim-tarbiya, tibbiy xizmat,
madaniy meros, turli shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til,
adabiyot, san`at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy
yodgorliklar kiradi.
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san`atning
markazi bo’lib kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan
madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori
cho’qqiga ko’taradilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar,
Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar yaratuvchilari bilan
ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi va go’zalligi bilan lol qoldirmoqda.
«O’zbekistonda yuz berayotgan progressiv o’zgarishlar – deydi I.A.Karimov, - uning
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual
imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan
qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy
odamlarni o’lkamizga tobora ko’proq jalb etmoqda.
Endilikda mintaqamizning boy ma`naviy madaniyati, uning noyob milliy
qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma`naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma`naviyatini
yanada yuksak darajaga ko’tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi
va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar
xalqni doimo bulg’usi o’zgarishlarga ma`naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga xizmat
qiladi.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin
tutadi.
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab,
qadrlangan. Insonning erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati
jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O’zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan
do’stlik, birodarlik munosabatida bo’lish – bu o’zbek xalqi va milliy ruhiyatining
ajralmas fazilatidir.
Halqimiz hech qachon o’zini boshqa xalqdan ustun qo’ymagan. Boshqa
millatlarga munosib darajada ehtirom ko’rsatgan. Respublika aholisi orasida
ko’pchilikni tashkil qilgan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z milliy
madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot
kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy –
ma`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o’zligini namoyon
etish uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul
bo’lishdan ham iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida
ahamiyat kasb etadi. «Ko’p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik, fuqarolar o’rtasida O’zbekistonning bunyo bo’lishi va
rivojlanishning birinchi bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi».
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik – bular davltchiligimizning yangi binosini barpo
qiladigan poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik – bular xalqaro hamjamiyat bilan
birlashuvchi vositadir. «Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlarni qabul
qilgan va birgalikda baham ko’rgan xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga
yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin», - deydi
I.A.Karimov.
Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, vatanga nisbatan tarixan tarkib
topgan munosabatlarini ifodalaydi. Ahloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-harakat,
norma, qoida va printsiplar majmuasidir. Ahloqiy tushunchalarga yaxshilik va
yomonlik, burch, vijdon, sha`n (or-nomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi.
Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti-
harakati yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch – kishining Vatan,
xalq, jamoa, oila bilan o’zaro munosabatlarida o’z oldidagi majburiyat va
mas`uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini ifodalaydi. Vijdon – kishining hatti-
harakatiga o’zining munosabati, kishining o’z xulq-odobi uchun ma`naviy mas`uliyat
hissini ifodalaydi. SHa`n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi
insonning ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o’z faoliyati, ro’yobga chiqqan orzu-istak va
maqsadlaridan mamnunligini bildiradi.
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda
mavjud, ko’pchilik ma`qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma`naviyatning
shirayu sharbatidir. Inson ahloqi shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat
emas. Ahloq - bu avvalo insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani. Ahloqiy,
huquqiy qadriyatlarning ko’plari Qur`oni Karimda, hadislarda katta o’rin olgan.
Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta`sir
ko’rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha`riy hukmlarda o’rtaga tashlangan barcha
ahloqiy va huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng
foydalanish mumkin.
«Qadimgi ajdodolarimiz –deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir
axloqiy
talabalar majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi
qalbida xaromdan xazar nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi
kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi,
sdoqatli bo’ladi».
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma`lum tarihiy davr va sharoitlaridagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda
Muhammat alayxisalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan o’nlab urf-odatlar,
marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning
ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, oilaviy va
qabilaviy munosabatlaridagi o’nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo’lib
qoldi. SHa`riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir-
oqibat, do’stlik, birodarlik haqidagi o’nlab g’oyalar islom dinidan oldin ham
qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat
oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila boshlangan. Natijada
islom dini bilan bog’liq bo’lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik ma`suliyati
kuchaydi.
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlarni tan olmaslik yoki ularga rioya
qilmaslik gunoh, do’zoh singari tushunchalar bilan bog’landi. SHunday qilib, diniy
tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi
ijtimoiy,ma`naviy axamiyatga ega bulgan kadriyatlarni fanatizm,bid`at va xurofotdan
ajrata bilmoklik kerak.
O’rta Osiyolik olimlar va ma`rifatparvarlar diniy qadriyatlarni xurofot va
bid`atdan ajratib olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma`naviy
kamolotining muhim zaminiga aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga
aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko’r-ko’rona sig’inish yo’li emas, balki sog’lom aql, fan
yutuqlari, ijtimoiy-ma`naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga asoslani
yondoshmoq kerak.
O’zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining
mafkuraviy hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha
yondashishga imkon berdi. Ko’pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti,
ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday
qadriyatlar yoshlarda milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik
tuyg’usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik fazilatlarini kamol
toptirishda katta ahamiyatga ega.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy xodisa bo’lib, u millatning tili,
madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini,
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning
qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina emas, balki tuyg’u
hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarixi, ruxiyati, xozirgi xolati va hususiyatini,
xis qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa u
o’zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini
anglashi tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy
munosabatlar ham, milliy his tuyg’ular ham, milliy qadiriyatlar ham saqlanib
qolaveradi. Millatni milliy qadiriyatlaridan mahrum qilish tarih va insoniyat
oldididagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini
saqlash, o’zini hurmat qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham huddi shu
holatni ko’ramiz. Millatlarning o’z-o’zini anglash jarayoni takomilllashgan sari milliy
manfatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy
qadriyatlarning e`zozlanishi va kuchayib berishi zinhor milliy mahdudlikka, milliy
xudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak. SHuning uchun ham bu masalada
xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag’rikenglik, sahovat talab qilinadi.
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil
ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning
ruhiyati, tarixiy an`analari, ma`naviy extiyojiga mos kelmaydigan begona
qadriyatlarni unga zo’rlab singdirish mumkin emas. Ayniqsa, boy tarixiy merosga
ega bo’lgan xalqlar ma`naviy hayot borasidagi zo’ravonlikni ruhan qabul qilmaydilar.
Xalqlarga yangi ma`naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval ularga nisbatan
extiyoj tug’dirmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va
an`analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va
ijtimoiy xodisalar majmuasini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida
O’rta Osiyo xududida istiqomat qiluvchi xalqlarga xos bo’lgan qadriyatlarni keltirish
mumkin. Bir zaminda unib o’sgan xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati
va an`analarida juda ko’p umumiylik mavjud. Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini,
quda-anda bo’lib kelganlar. Qadimdan bir man`naviy-ruhiy iqlimdan nafas olib
kelgan xalqlarimiz bugungi mas`uliyatli davrda aql, zakovat, shijoat, dunyoviy
salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham
mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda.
Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga O’rta Osiyoda yagona iqtisodiy xudud tashkil
qilish. Orol muammolarini xal qilish, ekologik xavfsizlikni ta`minlash, mintaqa
xalqlarini tibbiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma`naviy merosimizni
avaylab asrash kabilar kiradi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va ma`naviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan
chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar
barcha millatlar va xalqlarning maqsadi va intilishlariga muvofiq keladi. Ta`kidlash
joizki, jahondagi birorta xalq va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman
jahon tsivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan emas. Millatlar boshqa xalqlarning
madaniy-ma`naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. SHu sababli
barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`naviy rivojlanishi, tarixi bir-biri
bilan chambarchas bog’lanib ketgan.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti
bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari er
yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini
to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta`minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni
muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi,
energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta`minlash, koinotni va jahon okeani
resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi.
Qadriyatlarning jahon taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta`siri nuqtai
nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlarga ajratilishini ham esdan chiqarmaslik
kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma`naviyatining ilgari qarab
rivojlanishiga, ahloq-odob, milliy urf-odatlar negizlarida komil insonni tarbiyalashga,
mustaqil respublikamizdan har tomonlama ravna- toptirib, jahon tsivilizatsiyasiga
qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar – bu progressiv qadriyatlarni tashkil
etadi.
Aksincha, mamlakatimiz oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy,
ma`naviy muammolarni xal etishga to’sqinlik qiladigan xolislar reaktsion
qadriyatlarga kiradi. Progressiv qadriyatlarning barchasi insonning farovon xayot
kechirishini, erkin yashashi, ma`naviy ahloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan
vosita hisoblanadi. SHuning uchun ham ularni avaylab asrash, yuksaltirish inson
shaxsiy hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar jamiyatimizning boyligi, bizning milliy iftixorimiz. Ularni avaylab-
asrash va muxofaza qilish – barchamizning burchimizdir. Zero, konstitutsiyamizda
«Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab-
asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muxofazasidadir», deb
ta`kidlangan.
Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash – millatning o’ziga xurmat bilan
qarashning asosiy bo’g’inidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy
qadriyatlarimiz xozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma`naviy boyliklar bilan qo’shilib
taraqqiyotimizning tezlatadi, g’oyaviy va ma`anaviy poklanishni ta`minlashga
ko’maklashadi. Qadriyatlarimizning barcha turlari insonning farovon va farovon
xayot kechirishi, erkin yashashi, ma`naviy-ahloqiy kamol topishi uchun xizmat
qiladigan vositalar bo’lib xisoblanadi. SHuning uchun ham qadriyatlarni avaylab-
asrash, ularning qo’riqlash, yuksaltirish inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida
ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bashariyat ko’p ming yillik tarixi davomida erkin, baxtli va go’zal xayot
kechirishi uchun zarur bo’lgan xilma-xil qadriyatlarni yaratdi, inson, uning huquqi va
erkinliklarini ximoya qiladigan qonunlar, siyosiy tashkilotlarni bunyod etdi. Insonni
go’zal yashashi uchun zarur bo’lgan badiiy estetik qadriyatlarni rivojlantirdi,
kishilarning bir-biriga va jamiyatga bo’lgan munosabatlarini belgilab beradigan
ahloqiy qoidalar majmuasini joriy etdi. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma`naviy
va ahloqiy qadriyatlar jamiyat taraqqiyotida salmoqli o’rin egallab, kishilarning
insoniy fazilatlarini yuksaltirishda katta xizmat qilib kelmoqda. Lekin shu bilan bir
qatorda inson o’zi yaratgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma`naviy, ahloqiy
qadriyatlarni ko’p xollarda poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak.
Qonunbuzarlik, ahloqsizlik, millatimizning urf-odat va an`analariga zid keluvchi
xatti-xarakatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol
bo’la oladi. Bularning oldini olish xozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang
turgan dolzarb vazifadir.
Kishilarni qadriyatlarga iste`molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash kayfiyatidan
xoli etib, aksincha ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida bo’lishlariga
erishishiga alohida e`tibor berish kerak. Ma`lumki, xayotda hech bir narsa adabiy
emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. SHunday ekan, ularning doimo boyitib,
rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’qimiz darkor! Qadriyatlar katta ijtimoiy-
siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o’tmish bilan xozirgi kun
o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning tarixi, uning o’tmish xayoti,
madaniyati gavdalanadi. SHuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat
qadriyatlaridan o’z maqsadi, manfaati yo’lida foydalanib kelgan va xozir ham
shunday bo’lmoqda. Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma`naviy qiyofasi,
turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning
ahvoli, ahamiyati, insonga ko’rsatadigan ta`siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi
mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan
uzviy bog’langandir. Buni biz o’zbek xalqi milliy qadriyatlarning o’tmishdagi va
xozirgi ahvolidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma`naviy qadriyatlarimiz jaxon
xamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib xisoblanadi. Barqarorlik, tinchlik,
millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi.
Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va o’zaro hamkorlik munosabatlarini
o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur singib ketgan. O’zbekiston jaxonda
tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar mamlakatlar bilan har tomonlama
hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda taraqqiyotga erishishning o’ziga xos
yo’lin tanlagan. SHuning uchun ham uning jaxon hamjamiyatidagi obro’ va e`tibori
tobora ortib bormoqda. Barqarorlik, tinchlik, totuvlikq-mustaqillik tufayli qo’lga
kiritilgan eng katta yutug’imizdir. SHunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash,
avaylash-asrash, ximoya qilish – barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz
bo’lib qolmog’i kerak.
Ma`lumki, jaxon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini shakllantirish muhim
omil bo’lib xisoblanadi. SHunday ekan, xozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga
to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish katta
ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan, ilmiy asoslarb berilgan va
xozirgi kunda izchillik bilan xayotga tadbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar
strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang er osti va er usti boyliklariga
ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li etakchi xalqaro iqtisodiy va
moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi rivojlangan eng yirik
mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda. Xozirgi vaqtda O’zbekiston
ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda.
BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, XVF, xalqaro moliya korporatsiyasi,
iqtisodiy taraqqiyotiga ko’malashuvchi tashkilot, xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon
sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati
Markaziy Osiyo va MDX bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy
qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilinmoqda.
Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida
katta rolь o’ynamoqda.
Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jaxon xalqlari madaniyatini
ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ruhiy boyligini,
uning urf-odatlari, an`analarini mujassamlashtirgan ma`naviyat ayni vaqtda
umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u jahondagi
barcha xalqlarning ma`naviy boyligi ham bo’lib xisoblanadi. YUksak milliy
madaniyat, ma`naviyat hamma vaqt jahon xalqining bir-biriga yaqinlashtiruvchi
vosita bo’lib kelgan va xozir ham shunday bo’lib kelmoqda. Xalqimizning
madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va an`analari, boy me`morchilik san`ati jahon
xalqlarida zo’r qiziqish uyg’otmoqda. Milliy madaniyat, ma`naviyatimizni
mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqinlashtirish, jahon xalqlari bilan
madaniy aloqalarimizni mustahkamlash va yanada taraqqiy ettirsh xukumatimiz
siyosatini muhim yo’nalishini tashkil etadi.
YUqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1) qariyatlar
jamiyatimizning boyligi, poydevori. Uni avaylab-asrash va oqilona rivojlantirish har
bir insonning muqaddas burchidir; 2) qadriyatlar o’tmish bilan bugungi kun va
kelajak bog’laydigan vosita; 3) qadriyatlar ma`naviy etuk, barkamol insonni
tarbiyalaydigan qudratli kuch; 4) qadriyatlar jamiyatimizni jahon hamjamiyatiga
qo’shuvchi ishonchli vosita. SHuning uchun ham qadriyatlarga nihoyatda
extiyotkorlik bilan yondoshib, ularni mazmunan boytib ijodiy rivojlantirish-davr
taqozosidir.
Prezident I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida
ta`kidlanganidek, jamiyat ma`naviyatini yanada yuksaltirish – mamlakatimizning
rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishlaridan birini tashkil etadi. Milliy
qadriyatlarimizni tiklash va mazmunan boyitish jamiyatni ma`naviy yuksaltirishda
muhim ahamiyat kasb etishini xayotning o’zi yaqqol ko’rsatib turibdi.
Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan, millat,
elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo`lida xizmat qilishdagi
erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, xaqiqat, ma`rifat, go`zallik, yaxshilik, xalollik,
burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun tushuniladi. O`tmishdagi barcha falsafiy
ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni
masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli, jamiyat
ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko`rsatib o`tiladi. Qadriyatlar jamiyat
taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining
kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.
Insonning ob`ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy
muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo`lib, yangi-
yangi qadriyatlarning shakllanishiga, o`tmishdan meros bo`lib o`tganlari esa davr
ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning
natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam
kengayadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o`tmishda
ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi
imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo`lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi.
Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o`zgartirishning muxim omilidir.
Xar bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish,
ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari
asosida belgilanadi. Qadiryatlarning ko`pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga
e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlaritakomilashib,
chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning yuzaga
kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida
davom etayotganining ifodasidir.
Qadiryatlar inson ia’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat
rivojlanishdagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo`shgan shaxslar xam milliy
qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi,
imkoniyatlari, talab va extiyojlari o`zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir kadriyat
ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlarning maxsuligina emas, balki uning
ko`zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret
tarixiy sharoitlar, usha davirlarga xos bo`lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq
kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o`lchash mumkin bo`lmagani dek, xar
bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlarni xisobga
olib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlarning shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar
yashagan muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi
bilan xam bog`liqdir. Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti
jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam
ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat
kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadiryatlarning ob`ektiv va sub`ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar
kishilarning modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va
rivojlanadi. Bu qadriyatlarning obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy,
manaviy, xodisa bo`lsa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlarning ularga
nisbatan bo`lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani uzi
xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o`z duny
qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo
beradilar.
Qadriyatlarning baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog`liqdir. Muayan
qadriyatlarga amal qilishiga, ularni baholashga shaxsiy, guruhiy, miliy va
umuminsoniy manfatlar ham bevosita tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga
baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti
ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma`naviy jixatdan etuk
shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug`ri
baxolash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo`lsa
xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog`liq
bo`lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo`la olmaydi. Meros
tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat
o`tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va
imkoniyatlar asosida shakilanayotgan ijtimoiy, ma`naviy siyosiy xodisalar xam
qadriyat xisoblanadi. Xozir O`zbekistonda miliy istiqbol mafkurasining rivojlantirishi
uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va milat
manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda
utmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat
sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o`tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib
kelgan ijtimoiy – ma`naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar,
axloq normalaridir. Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo`lgandagina qadriyat
darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo`lgan axamiyatini bilish-
uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib,
takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlarni
baxolash mezonlari xam o`zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning
muayyan bosqichida maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlarning manfatlari xam
ma`lum axamiyat kasb etadi. Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlarning manfatlari
asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug`ri tushunishga olib
keladi.
Qadriyatlar o`zining mohiyatiga ko`ra bir necha turga bo`linidai. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo`q joyda biron narsaning
qadr-qimmati xaqida so`zlash bema`nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr-
qimmatini e`zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini
o`stirish, sog`lig`ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy
yo`nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro`y berayotgan tub o`zgarishlarning,
islohotlarning barchasi kishilar hayoti to`q, boy, go`zal bo`lishi, inson o`zini
chinakam erkin his etishi, o`z mehnati natijasining, o`z taqdirining, o`z
mamlakatining egasi bo`lishini ta`minlashga qaratilgandir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va
yangilash bo`yicha ko`p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi
O`zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida
o`zini ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi
barcha o`zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga – har bir kishining
hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma`naviy jihatdan bayroq qilishga bo`ysundirilgan».
Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari
va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi.
Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo`li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish,
ularning qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo`li
bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o`ch olishga harakat qiladigan
shaxslar, kimligidan qat`iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste`mol
qilgan mansabdorlar g`ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob
beradi.
Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo`qotgan, boquvchisidan
mahrum bo`lib qolganlar, yolg`iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo`li
bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma`naviy yordam ko`rsatiladi. Bizda
odamlarning shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so`zlashuvlari,
yozishmalar pochta va telegraf orqali jo`natilgan narsalarning sir saqlanishi
kafolatlanadi. O`zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr-
qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o`z
hayotlari va sog`liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr-
qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar.
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini
qondirish, ijtimoiy sohani tez sur`atlar bilan rivojlantirish masalasida ham
O`zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini
yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ularni uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr
energiyasi, radio va telefidenie bilan ta`minlashdir. O`zbekiston rahbariyati
tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo`yildi. Qishloq aholisiga
shaxsiy xo`jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag`lar ajratildi.
Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan
boshlab paxta terimiga qo`shimcha haq to`lashning joriy etilganligi paxta va boshqa
qishloq xo`jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib
borilayotganligi, boshlang`ich sinf o`quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor
ayollarni qo`shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta`minlash yo`lga
qo`yilganligi, veteranlarning nafaqasini oshirish, nogiron, yolg`iz qolgan qariyalar va
uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo`shimcha mablag` sarf
etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo`lgan munosabatlar
yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o`rmonlar, o`simliklar,
hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, hususan, O`zbekiston zamini
hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati
ochilgan va ular xalq xo`jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.
SHu bilan birga hali ochilgan, ro`yodga chiqmagan konlar ham ko`p. Bu krlarning
juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo`lsa, aksariyati er ostida yashirinib
yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan tabiiy xom ashyo buyumlari –«foydali
qazilmalar» O`zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy
qadiriyatlaridandir. O`zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga
ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya`ni yonilg`i, har hil
metallar, rudalar, havo, suv, o`simliklar dunyosi bo`lmasa, insoniyat yashay olmaydi.
Tabiat biz uchun moddiy ne`matlarining bosh manbai sifatida ham, sog`lik, shodlik,
turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma`naviy boyliklarning bitmas-
tuganmas omili sifatida ham o`zining g`oyat zo`r ahamiyatini hech qachon
yo`qotmaydi.
Ona- er kishilar usun moddiy ne`matlar manbai, dastlabki mehnat
vositalarining hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o`zi
uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi
Vilazm Netti aytganidek, mehnat boylikning otasi bo`lsa, er uning onasidir.
Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham er tufaylidir. SHunday ekan, inson
uchun g`oyat darajada muhim va zarur bo`lgan hayot manbayi- erni qadirlamaslik,
e`zozlamaslik mumkin emas!
Zotan, O`zbekiston Konstetuttsiyasining 55-moddasida yozib qo`yilgan: «Er,
er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar
umumilliy boyliklardir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir.
Inson mehnati, hatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat»,
ya`ni turli-tuman boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport
vositalari, asbob uskunalar, turarjoy, mol-mulk, noz-ne`mat va shu kabilar moddiy
qadriyatlar hisoblanadi.
Ma`lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika
bazasi tashikl qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o`ziga xos moddiy texnika
bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatidan ham
farq qiladi. Tosh va yog`ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro
qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat
qurollarini yasash va boshqa shu kabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy-texnika
bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dehqonchilik,
hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo`llash, og`ir jismoniy mehnat talab qiladigan
barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik
jamiyatining moddiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. SHamol va suv
tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo`llarini
yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazasidir. Yirik va kuchli
yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat
resurslaridan har tomonlama foydalanish industrial jamiyatning moddiy texnika
bazasini tashkil etadi.
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo,
issiqlikk energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilish, engil, oziqovqat, agrar
sanoati va boshqa moddiy boyliklar majmuasi mustaqil O`zbekiston xalqining
moddiy qadriyatlarini tashkil etadi. Moddiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil
etadi. Davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik o`va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng
huquqligini va huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Insonning hayotida madaniy-ma`naviy qadriyatlar kata o`rin egallaydi. Unga
ilmiy texnikaviy va intelektual imkoniyatlar, maorif, ta`lim-tarbiya, tibbiy xizmat,
madaniy meros, turli shakllarda namoyon bo`ladigan madaniyat durdonalari, til,
adabiyot, san`at, xalq hunarmanchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy
yodgorliklar kiradi.
Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot, san`atning
markazi bo`lib kelgan. Bu zaminda etishib chiqqan buyuk mutafakkir jahon ilm-fan
madaniyatini o`z kashfiyotlari va o`lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori
cho`qqiga ko`taradilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar,
Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Xiva muhtasham shaharlar yaratuvchilari bilan
ajdodlarimizning ijodiyoti o`zining ulug`vorligi va go`zalligi bilan lol qoldirmoqda.
«O`zbekistonda yuz berayotgan progressiv o`zgarishlar – deydi I.A.Karimov, - uning
juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va intellektual
imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi, hozirgi hayoti bilan
qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi sisatchilar, bizneschilar, oddiy
odamlarni o`lkamizga tobora ko`proq jalb etmoqda.
Endilikda mintaqamizning boy ma`naviy madaniyati, uning noyob milliy
qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma`naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma`naviyatini
yanada yuksak darajaga ko`tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz SHarq tsivilizatsiyasi
va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi I.A.Karimov. bu omillar
xalqni doimo bulg`usi o`zgarishlarga ma`naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga xizmat
qiladi.
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o`rin
tutadi.
Erkinlik, tengsizlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e`zozlab,
qadrlangan. Insonning erkinligi, uning shon-shuxrati va qadr-qimmati
jamiyatimizning oliy qadriyatlaridir. O`zbekistonda boshqa millat va xalqqa nisbatan
do`stlik, birodarlik munosabatida bo`lish – bu o`zbek xalqi va milliy ruhiyatining
ajralmas fazilatidir.
Halqimiz hech qachon o`zini boshqa xalqdan ustun qo`ymagan. Boshqa
millatlarga munosib darajada ehtirom ko`rsatgan. Respublika aholisi orasida
ko`pchilikni tashkil qilgan o`zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o`z milliy
madaniyatini va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot
kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o`ziga xos madaniy –
ma`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topish va o`zligini namoyon
etish uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul
bo`lishdan ham iboratdir.
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida
ahamiyat kasb etadi. «Ko`p millatli jamiyatimizda, - deydi I.A.Karimov, - ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik, fuqarolar o`rtasida O`zbekistonning bunyo bo`lishi va
rivojlanishning birinchi bosqichida qo`lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo`ldi».
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik – bular davltchiligimizning yangi binosini barpo
qiladigan poydevoridir. Tinchlik va barqarorlik – bular xalqaro hamjamiyat bilan
birlashuvchi vositadir. «Insonparvarlik yaxshilik, sofdillik singari qadriyatlarni qabul
qilgan va birgalikda baham ko`rgan xalq va mamlakatgina butun dunyo xalqlariga
yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi mumkin», - deydi
I.A.Karimov.
Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-biriga, vatanga nisbatan tarixan tarkib
topgan munosabatlarini ifodalaydi. Ahloq muayyan xulq-atvor, odob, hatti-harakat,
norma, qoida va printsiplar majmuasidir. Ahloqiy tushunchalarga yaxshilik va
yomonlik, burch, vijdon, sha`n (or-nomus), baxt, adolat, ideal kabilar kiradi.
Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday hatti-
harakati yaxshilik kateogriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch – kishining Vatan,
xalq, jamoa, oila bilan o`zaro munosabatlarida o`z oldidagi majburiyat va
mas`uliyatini sezish, ularga nisbatan sadoqatini ifodalaydi. Vijdon – kishining hatti-
harakatiga o`zining munosabati, kishining o`z xulq-odobi uchun ma`naviy mas`uliyat
hissini ifodalaydi. SHa`n tushunchasi shaxsga jamiyat beradigan ijtimoiy bahoni
belgilovchi va shaxsiy qadr-qimmatini ifoda qiluvchi kategoriyadir. Baxt tushunchasi
insonning ijtimoiy va shaxsiy xayotidagi o`z faoliyati, ro`yobga chiqqan orzu-istak va
maqsadlaridan mamnunligini bildiradi.
Ahloq kategoriyalari insonning yurish-turishiga baho beradi, uni jamiyatda
mavjud, ko`pchilik ma`qullagan hatti-harakatga chorlaydi. Ahloq ma`naviyatning
shirayu sharbatidir. Inson ahloqi shunchaki salo-alik, hushmuomalalikdangina iborat
emas. Ahloq - bu avvalo insof va adolat tuyg`usi, imon, halollik degani. Ahloqiy,
huquqiy qadriyatlarning ko`plari Qur`oni Karimda, hadislarda katta o`rin olgan.
Hadislarda bayon qilingan ahloqiy normalar inson kamolotiga katta ijobiy ta`sir
ko`rsatishi shubhasizxdir. Hadislarda, sha`riy hukmlarda o`rtaga tashlangan barcha
ahloqiy va huquqiy qadriyatlardan hozir ham tarbiyaviy omil sifatida keng
foydalanish mumkin.
«Qadimgi ajdodolarimiz –deydi I.A.Karimov-komil inson xaqida butun bir
axloqiy
talabalar majmuasini, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi
qalbida xaromdan xazar nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo`lishi
kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga hiyonat qilmaydi,
sdoqatli bo`ladi»!.
Diniy qadiriyatlar ham jamiyatning ma`lum tarihiy davr va sharoitlaridagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakillanadi. Islom dini shakillanayotgan davrda
Muhammat alayxisalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan o`nlab urf-odatlar,
marosimlar, ahloqiy va xuquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning
ajralmas qismiga aylantirildi.arablarning yurish-turishi, odobi va ahloqi, oilaviy va
qabilaviy munosabatlaridagi o`nlab qadiriyatlar islom dinining tarkibiy qismi bo`lib
qoldi. SHa`riy hukmlarga kirgana hloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehir-
oqibat, do`stlik, birodarlik haqidagi o`nlab g`oyalar islom dinidan oldin ham
qadiriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadiriyatlarga rioya qilmaslik jamiyat
oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunox sifatida talqin etila boshlangan. Natijada
islom dini bilan bog`liq bo`lgan bu qadiriyatlarga ham rioya qilishlik ma`suliyati
kuchaydi.
Din muqaddas deb etirof qilgan qadiriyatlarni tan olmaslik yoki ularga rioya
qilmaslik gunoh, do`zoh singari tushunchalar bilan bog`landi. SHunday qilib, diniy
tushs olgan hayotiy qdiriyatlarga rioya kilishning zaruriyati xam kuchaydi.Dinlardagi
ijtimoiy,ma`naviy axamiyatga ega bulgan kadriyatlarni fanatizm,bid`at va xurofotdan
ajrata bilmoklik kerak.
O`rta Osiyolik olimlar va ma`rifatparvarlar diniy qadriyatlarni xurofot va
bid`atdan ajratib olishga, diniy xayotiy tomonlarini xaqiqiy ijtimoiy va ma`naviy
kamolotining muhim zaminiga aylantirishga harakat qilib kelganlar. Qadriyatlarga
aqidaparastlik, qiroatxonlik, ko`r-ko`rona sig`inish yo`li emas, balki sog`lom aql, fan
yutuqlari, ijtimoiy-ma`naviy taraqqiyot talablari va imkoniyatlariga asoslani
yondoshmoq kerak.
O`zbekistonning mustaqilikka erishishi, totalitar buyruqbozlik tuzumining
mafkuraviy hukmronligiga barham berilishi diniy qadriyatlarga nisbatan yangicha
yondashishga imkon berdi. Ko`pgina diniy marosimlar tiklandi. Qurbon hayiti,
ramazon hayiti kabi marosimlar hamma erda ommaviy bayramlarga aylandi. Bunday
qadriyatlar yoshlarda milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik
tuyg`usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, ahloqiy poklik fazilatlarini kamol
toptirishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |