Qo`shimcha adabiyotlar.
1. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent, 1998.
2. Tulenov J. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O`zbekiston,
1999.
3. Tulenov J, Qodirov B, G`o`ofurov Z. Ma`naviy yuksalish sari. – Toshkent:
Mehnat, 2000.
4.Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy, 1994.
5. Yusupov E. Falsafa. – Toshkent: Universitet, 2000.
6. Tulenov J. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. Ilmiy ishlar to`plami. – Toshkent:
O`zbekiston, 1997.
7. Hakimov I. Sog`lom muhit - sog`lom avlod. – Toshkent: O`zbekiston, 1999.
8. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent:O`FMJ, 2004
9. Achildiyev A.S. Milliy g`oya va millatlararo munosabatlar. – Toshkent:
O`zbekiston, 2004.
5-Mavzu: Qadriyatlash va qadrsizlanish muammolari.
Reja:
1.Qadrlashning aksiologik mohiyati va mazmuni.
2.Qadrlash mezonlari va me`yorlari, ular buzilishining salbiy oqibatlari.
3.Qadrlashning shaxsiy, milliy, umuminsoniy va boshqa darajalari.
4.Qadrlash va qadrsizlanish qarama-qarshi hodisalar sifatida.
5.Mustabid tuzumda mamlakatimiz fuqarolari va ularning hayoti havf ostida
qolganligi.
6. Qatag`onlik yillari va uning qurbonlari. 1970-1980yillarda “O`zbeklar ishi”,
“Paxta ishi” siyosati va uning asl mohiyati
7. Cheklangan demokratiya sharoitida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarning ahvoli,
shaxsga sig`inish siyosati, uning milliy qadriyatlarga salbiy ta`siri, diniy va milliy
urf-odatlarimizning toptalganligi.
O’zbekiston tabiiy resurslarga nihoyat darajada boy, nisbatan yuqori iqtisodiy va
ishlab chiqarish qudratiga ega mamlakatlardir. Respublikamiz bag’rida foydali
qazilmalar mo’l. U tabiiy iqlim sharoitiga ko’ra, qishloq xo’jaligi madaniyatini
yuksaltirish imkoniyati baland, mahsulotlar etishtirish uchun eng qulay mintaqalardan
biridir.
O’lkamiz azaldan ilm-fan va madaniyatning qadimiy markazlaridan biri bo’lib
kelgan. Bu o’lka olimlari, etuk mutafakkirlari jahon ilm-fani va madaniyatini o’z
kashfiyotlari va o’lmas ilmiy asarlari bilan boyitdilar. Insoniyat tafakkuri
taraqqiyotiga juda katta xissa qo’shdilar. Ana shundan o’lkani, uning boyliklarini
qo’lga kiritish chorizm tashqi siyosatining maqsadi bo’lib, bu siyosat Pyotr I
tomonidan asoslab berilgan edi. Ana shu niyatni amalga oshirish natijasida Pyotr I
O’rta Osiyoda Aleksandr Bekovich CHerkasskiy, YUlorno Benevi kabi josuslarini
shu o’lkani har tomonlama yaxshilab o’rganish uchun yuborgan edi.
Rossiyaning keyingi xukmdorlari ham mazkur siyosatni amalga oshirish uchun
ko’plab ekspeditsiya uyushtirdilar. 1839-1940 yillarda Rossiya Xivani bosib olish
uchun Perovskiy boshchiligida katta harbiy ekspoditsiya uyushtirdi. Ammo
bosqinchilarning bu harakati zoe ketdi. 1864-1875 yillarda chorizm Turkistonni zabt
etgach, o’lkani o’zining mustamlakasiga, metropoliyaning xom ashyo bazasiga
aylantirdi. Bu esa Turkiston jamiyatining butun turmushini ag’dar-to’ntar qilib
yubordi, undagi xalqlarning milliy qadriyatlari, urf-odat, an`analari zo’ravonlik bilan
barbod etildi. CHorizm tomonidan Turkistonda o’tkazilgan mana shu siyosat, afsuski,
O’zbekistonda ham, Ulug’ oktyabrь revolyutsiyasidan keyingi davrda o’ziga xos
tarzda davom etdi. Sobir SSSR markaziy organlari og’zida milliy respublikalarni har
tomonlama rivojlantirish xaqida gapirib, amalda esa ularning haqiqiy extiyojlarini va
manfaatlarini oyoq osti qildilar.
Zo’ravonlikka asoslangan ma`muriy buyruqbozlik tizimi, totalitar markaz o’z
qo’lidagi cheksiz hokimiyatni ishga solib, respublikalarning mustaqilligini,
fuqarolarning moddiy haq-huquqlarini ham kamsitib keldi. O’zbekiston ekonomikasi
esa faqat hom ashyo etkazib berishga yo’naltirilgan edi. Paxta yakka hokimligi o’n
yillar davom etaverdi. Sug’oriladigan erlarga muttasil paxta ekib kelishdi. Erimiz
zaxri qotil butifosning qo’llanilishi natijasida zaxarlandi, suv va xavo bulg’andi.
Minglab kishilar oshqozon-ichak, sariq kasalliklariga mubtalo bo’ldi, yosh bolalar,
xotin-qizlar o’rtasida o’lim ko’paydi. Paxta yakka hokimligi oqibatida suvdan
foydalanish izdan chiqib ketganligi tufayli Orol va uning sifati yomonlashganligi
tuproq va o’simlik qatlamining tanazzulga, o’simlik va xayvonot dunyosining
o’zgarishiga, baliqni qayta ishlash sohasining yo’qolib ketishiga, shuningdek
sug’oriladigan erning samaradorligining pasayishiga olib keldi.
Ekologik vaziyatning yomonlashuvi Orol dengizi xavzasidagi 35 mln aholining
turmush sharoitiga, ularning salmog’ligiga salbiy ta`sir ko’rsatdi, xo’jalik faoliyatini
buzib yubordi. Bularning barchasi mintaqadagi migratsion jarayonlarning
ko’payishiga olib keldi. O’zbekiston xalqi mamlakat va sobiq sotsialistik lager
mamlakatlari to’qimachilik olidagi o’z baynalminal burchini vijdonan bajardi, ammo
o’rnini qoplab bo’lmaydigan talofatlarga uchradi.
SHunday qilib mustamlkachilik tufayli noyob boyliklarga va imkoniyatlarga ega
iste`dodli va mehnatsevar xalq ajoyib an`analari va boy madaniyati bo’lgan ulug’
zotlarni voyaga etkazgan diyorimiz doimo xom ashyo manbaiga aylantirilib qo’yilgan
edi. Paxtachilik yalpi maxsulotni ko’paytirish ketidan quvish butun aholining,
ayniqsa, dehqonlarning xayotiy manfaatlariga katta ziyon etkazdi. Mustamlakachilik
yillari «er-dehqonniki», «er umumxalq mulki» deb zo’r berib gapirib kelishdi-yu,
ammo hayotda dehqon erlar, er esa dehqondan judo bo’ldi.
Mustabid tuzum oliy qadriyat hisoblanuvchi inson va uning hayotiga ham jiddiy
xavf solgandi. CHorizm va bolьshevizm mustamlakachilari mahalliy xalqning
millatparvar ziyolilarini, atoqli davlat arboblarini, etuk qadriyatlarni birma bir
qatag’on qilishdan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turishning eng makkarona,
tarix sinovlaridan o’tgan nozik yo’llaridan biri sifatida foydalandi. Qatag’onlik –
milliy karlarni qiyratishga, xalqni qo’rqitib olishga, milliy ongi va g’ururining
o’sishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan davlat siyosati edi.
XX asrning 20-yillaridan boshlab qatag’on qilish hamma joyga yoyildi. Kimda
kim shubha ostiga olingan bo’lsa, aybi bormi-yo’qmi, haqmi-nohaqmi, so’rab-
surishtirib o’tirmay yo’q qilinaverdi. O’sha mash`um yillarda hech kim o’zini
xavfdan yiroqman, deya olmagan, uyida tinch o’xlolmagan kishilar nohaqdan «xalq
dushmani», «millatchi», «josus», «yot unsur» degan ayblar bilan jazo olgan. Odam
odamdan qo’rqqan. Bir biriga ishonmagan. Hamma ruhiy iztirob va dahshat ichida
yashagan. Ayg’oqchilar istagan odamdan xohlagan paytlarida istaganlaricha «ayb» va
«jinoyat» topib yo’q aybini bor qilib, begunoh odamlarning taqdirini hal qilganlar.
Qamoqxonalarda odamlar chidab bo’lmas sharoitlarda qilmagan ishlarini qildim, deb
tazyib ostida qalbaki xujjatlarga imzo chekishga majbur bo’lganlar.
1937-1939 yillarda O’zSSR Ichki Ishlar Xalq Komissariyatining «troyka»si
prokuror, raykom sekretari va Ichki Ishlar Komissari ishtirokidagi «uchlik»lar
tomonidan 41 ming kishi sudlangan, shundan etti mingi otib tashlangan. Bunday
bedodlik 50-yillarga qadar davom etdi. 1939-1953 yillarda O’zbekistondan 62 ming
kishi qamaldi. Sotsializm bayrog’iga «hamma narsa inson uchun, insonning baxt-
saodati uchun» degan so’zlar yozib qo’yilgan edi. Amalda esa bu shior oddiy insonlar
uchun emas, balki rahbarlarning manfaati uchun xizmat qilib keldi.
So’zda sotsializm chinakam jamiyat, unda odamlarning hamma huquq va
erkinliklarini himoya qilish kafolotlanadi, ular fikr, mafkuraviy e`tiqodlarini
ifodalash hamda uni tarqatish huquqiga egadir, deb kelindi, amalda esa kishilarni
bundan ham mahrum qilingandilar. Ba`zi bir millat va elatlarning haq-huquqlari
cheklab qo’yildi. Butun-butun xalqlar qatag’on qilindi. 1941-1945 yillarda SHimoliy
Kavkaz va Qrim aholisi, qalmoqlar, chechenlar, ingushlar, qarachoylar, qirim tatarlar,
mesxeti turklari zo’ravonlik bilan o’z yurtlaridan SHarqqa ko’chirildi
.
Ko’chirilganlarning umumiy soni 3 million kishi edi. «Jazolangan» xalq vakillarining
1 millionga yaqini ko’chirish chog’ida vafot etdilar. Majburiy ravishda o’z erlaridan
badarg’a qilingan xalqlarga nisbatan asossiz ravishda cheklovlar joriy qilindi,
ularning haq-huquqlari va erkinliklari kamsitildi.
Turg’unlik davri deb atalgan 70-yillar va 80-yillarning boshlarida, keyinchalik
qayta qurish yillarida ham sodir bo’lgan qatag’onlik o’zining mohiyati va ko’lami
jihatidan millatimiz boshidan kechirgan jabr va jafolarining dahshatlisi edi. «O’zbek
mafiyasi», «O’zbeklar ishi», «Paxta ishi», «Buxoro ishi» singari atamalar paydo
bo’lganligini, o’zbek xalqining peshonasiga o’g’ri, poraxo’r, tekintomoq, boqimanda
degan tamg’alar yopishtirishga harakat qilganligini aytmay bo’lmaydi.
Milliy o’zligimizni anglab olishimizga yo’l bermaslik maqsadida
mustamlakachilar olib borilgan zo’ravonlik siyosati natijasida milliy g’ururimiz, urf-
odatlarimiz, insoniy qadriyatlarimiz rga o’rnadi.
Soxta boynalmnachilik shovqinlari ostida xalqimiz haq-huquqi, erki, izzat-nafsi,
tili, tarixi, madaniyati tazyiq ostiga olindi. Oshkora zo’ravonlik, ur-yiqit, ta`qib va
tazyiqqa, milliy xo’rlash va kamsitishga asoslangan mustabid siyosatning mash`um
oqibatlari sifatida ba`zi odamlarda bora-bora itoatkorlik, karashtlik, to’porilik,
laqmalik ildiz ota boshladi. Milliy ruhga zarba berilaverdi. Ana shunday og’ir va
murkkab bir sharoitda O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e`lon qilindi. U
100 yildan ko’proq vaqt davomida ezilgan, kamsitilgan, sha`ni va g’ururi erga
toptalgan xalqimiz ezgu niyatini ro’yobga chiqarish uchun kng imkoniyat va sharoit
yaratib berdi.
CHorizm mustamlakachilari Turkiston xalqlarining ma`naviy jihatdan Rossiyaga
nisbatan ustun turishini yaxshi anglagan hold, ularni savodsizlik, bilimsizlik holatida
ushba turishga intildilar. CHunki g’aflat o’yqusida bo’lgan, fan-texnika va madaniyat
yutuqlaridan behabar qolgan, milliy ongi past bo’lgan xalqni talash ancha osondir. Bu
xaqda general Kaufman ochiqdan-ochiq shunday deb yozgan edi: «Bu xalqqa iloji
boricha ko’proq paxta ektirish, ko’proq ishlashga majbur jtish kerakki, toki bir zum
ham o’ylashga, kundalik voqealarni anglashga urinishga vaqti ham, xohishi ham
qolmasin. Mabodo bularda darud xasratlarini to’kib solishga moyillik tug’ilsa, faqat
dindan najot topsin».
CHor xukumati mustamlakachilikning hamma davrlarida o’lkamizda fanning,
madaniyatning, ma`naviyatning rivojlanishiga yo’l bermaslikka jon-jahdi bilan
kurashib kelganlar. Bosib olingan xalqlarni oxir-oqibati olomonga aylantrish, ular
qalbidagi ozodlik va erkinlik alangalarini butkul so’ndirish barcha
mustamlakachilarning oliy maqsadi bo’lgan. Bundan sho’ro xukumati ham istisno
emas edi.
SHaxsga sig’inish va totalitarizm avjiga chiqqan yillarda O’zbekistonda milliy
qadriyatlar rivojiga sun`iy to’siqlar yaratildi. Tilimiz, madaniyatimiz, me`rosimiz
qoralandi va kamsitildi. Bir necha ming yillik madaniy me`rosimizga e`tibor
berilmadi. O’zbekistonda 2 marta alifbo o’zgardi. Arab alifbosidan voz kechish
xalqni 13 asrlik ona tarixidan uzoqlashtirildi. Arab alifbosida o’qish-yozishni
biladigan ziyolilar ta`qib ostiga olindi, o’sha yillarda yozilgan kitoblar, nodir
qo’lyozmalar yoqib tashlandi.
Natijada butun bir ma`naviy xazinadan mahrum bo’lindi 30-yillardan boshlab
masjid va madrasalar dinga qarshi niqobi ostida buzib tashlandi.
Xalqimizning mehnati va aql-idroki bilan dunyoga kelgan tarixiy obidalar
o’ylamay-netmay yakson qilindi. Ziyorat qilib kelinadigan muqaddas joylar, aziz-
avliyolar maqbaralari atayin buzib tashlandi.
Milliy qadriyatlarga, madaniyat va ma`naviy merosimizga, dinimizga
hurmatsizlik shu darajaga borib etdiki, bahor va mehnat bayrami bo’lgan Navro’z
ta`qiqlandi, ko’klamda sumalak qilish qoralandi, ruhoniylar, diniy tashkilotlarning
faoliyatlari cheklandi. Milliy kiyimlarni kiyishdan voz kechish targ’ib qilindi, to’n va
do’ppi kiyib yurish millatchilik va madaniy qoloqlikning ko’rinishi deb talqin qilindi.
Diniy urf-odat va marosimlarga qatnashganlar jazolandilar.
Bebaho milliy qadriyat hisoblangan qadimiy qo’lyozmalarni o’rganib nashr
etish, ommaga etkazish imkoniyatiga ega bo’lgan iqtidorli yoshlarning o’sib kamol
topishi, etuk olim-mutahassis bo’lib shakllanishga imkoniyat ochib berilmadi, ularga
nisbatan cheklashlar davom etaverdi. Har qanday milliy qadriyatlarni hurmat qilishga
millatchilik va mahalliychilikdeb baho beildi.
Mahalliy taraqqiyparvar kuchlardan o’ch olish va vaqti-vaqti bilan yo’q qilish,
milliy madaniy merosimizni qoraladi, tilimiz va tariximizni kamsitishlar bularning
hammasi qatag’onlik siyosatining ijrosi edi.
Har qanday milliy qadriyatlarni hurmat qilishga, millatparvarlikka qaratilgan har
qanday fikrni burjua millatchiligi, feodal o’tmishni qo’msash deb baholandi.
Xalqimiz milliy ongi, milliy madaniyati va milliy ona tilisini cheklab qo’yish
natijasida ba`zi ziyolilar o’z ona tillarini unutib qo’ydilar, milliy urf-odatlarni
mensimay qo’ydilar, evropacha ahloq-odobni tarbiyaning bosh mezoni deb bildilar va
ular asta-sekin o’z ona tilini bilmaydigan, urf-odat, an`ana va qadriyatlarni
mensimaydigan «o’ta zamonaviy» kishilarga, mashqurtlarga aylana boshladilar.
Istiqlol bo’lmaganda bu hol haddan ziyod kuchayib, manqurtlashish avj olgan bo’lar
edi.
Boshqaruv usullarining haddan tashqari markazlashtirilganligi oqibatida milliy
respublikalarning markazga tobe, vassal bo’lib qolganligi jamiyatimiz taraqqiyotiga
g’ov bo’ldi. SHaxsga sig’inish avjga chiqqan, qatag’on kuchayib ketgan paytlarda
respublikalar huquqlari oyoq osti qilindi. Garchi konstitutsiyada respublikachilar
mustaqil deb belgilab qo’yilgan bo’lsa-da, ularning barcha inon-ixtiyorlari,
vakolatlari markaz xukumatining qo’lida mustahkam ushlab turilardi. YUqoridan
qabul qilingan qaror va qonunlar respublikalar uchun to’g’ri kelmasa ham so’zsiz
bajarilishi shart edi. Er va er osti boyliklariga egalik qilish, ichki va tashqi siyosat
masalalarini hal qilish, kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta`minlash, fan,
madaniyat va boshqa sohalarni qay darajada rivojlantirish kabi eng muhim hayotiy
muammolarni echish huquqi respublikalarning tasarrufidan olinib, yuqoridan
belgilanadigan bo’lib qolgan edi.
Sobiq SSSRning turli milliy respublikalarda sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy tangliklar, milliy mojarolar olib borilgan noto’g’ri siyosatning oqibatidir
desak, to’g’ri bo’ladi. O’tmishda xalqimizning boshiga tushgan ko’p kulfatlarning
yana bir sababi shundaki, mamlakatda hamma vaqt bitta Kommunistik Partiya va
uning oliy organi – Siyosiy byuro hukmronlik qilib kelganidadir.
Hokimiyatni o’z qo’lida ushlab turgan KPSS davlatning ichidagi davlat bo’lgan
edi. Undan yuqori turadigan hokimiyat yo’q edi. Uni tanqid qilib, xatolarini fosh
etadigan, kamchiliklarini ro’yi-rost ko’rsatadigan boshqa siyosiy partiya bo’lgan
emas. SHu sababli KPSS yo’l qo’ygan xato-kamchiliklar ham to’g’ri deb tasdiqlanib
kelingandi.
Pirovard natijada yanada chuqurlashib, batamom inqirozga olib keldi. O’n yillar
davomida hukm surib kelgan kommunistik mafkuraning ta`siri istida «xalqimiz
demokratik jamiyatda yashab kelayotir», deb jar sonishdi, aslida esa biz totalitar
tuzumdagi jilovlangan demokratiya sharoitida yashadik.
Siyosiy hayot to’la-to’kis KPSSning ixtiyorida edi. Saylovlar KPSSning nazorati
ostida o’tar edi. Saylovga qo’yiladigan nomzodlar, ularning soni, tarkibi va barchasi
Dostları ilə paylaş: |