Qadriyatlar falsafasi


partiya qo’mitalari tomonidan oldindan belgilab qo’yilardi. Hattoki saylov



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014


partiya qo’mitalari tomonidan oldindan belgilab qo’yilardi. Hattoki saylov 
komissiyalarining a`zolari ham partkom byurosi tasdiqlanib qo’yilardi. Saylov 
byulletenida bitta o’ringa kitta nomzod kiritilardi. Aslida bu – saylov emas, balki 
KPSS tomonidan ko’rsatilgan nomzod uchun ovoz berish edi. Lekin saylovlarni eng 
demokratik saylov deb ovoza qilinardi. 
Kapitalistik mamlakatlarda inson ha-huquqlari va erkinliklari oyoq osti 
bo’linganligi haqida gapirildi, o’zimizdagi yutuqlarni esa mutloqlashtirdik, afsuski 
bizda o’sha kezlarda, sovet jamiyatida insonning qadr-qimmati istalgancha oyoq osti 
qilinayotgan edi. Aybsiz kishilar aybdor bo’lib qolshdi, huquq tartibot, qonun-
qoidalar suiste`mol qilingan edi. Amalga oshmagan da`vatlar va va`dalar shu qadar 
ko’p bo’lardiki, oqibatda ularga hech kim ishonmay qo’ydi. Sotsialistik tuzumning 
insonparvarlik mohiyati yo’qqa chiqarila boshlandi. 
Ma`lumki, har bir insonda, uning oila a`zaolari, ota-ona, aka-uka, opa-singlik, 
tog’a-jiyan hayoti, xotiralari bilan bog’liq bo’lgan har xil qadriyatlar mavjud. Mazkur 
qadriyatlarga ulardan qolgan noyob dgorliklar, buyumlar, kiyim-kechaklar, 
qimmatbaho bezaklar, kitoblar, rasm-suratlar, xatlar-maktublar kiradi. 
Ularni avaylab asrash, qadrlash katta tarbiyaviy, ma`naviy ahamiyatga ega. O’z 
avlodining shajarasini, tarixini, hayotini yaxshi bilish oila a`zolarida milliy g’urur 
tuyg’usini qo’zg’atadi, avlodlar o’rtasida vorislikni saqlab qolish, tug’ilgan zaminga, 
vatanga sadoqatli bo’lish kabi fazilatlarni shakllantirishda katta vosita bo’lib xizmat 
qiladi. 
Afsuski, mustabid xokimiyat tomonidan olib borilgan zo’ravonlik va 
g’ayrinsoniy siyosat tufayli xalqimiz ana shu qadriyatlardan etildi. Xalq dushmani, 
boy, quloq deb otib o’ldirilgan, qatag’on qilingan zotlarning oila a`zolari o’zlarining 
kim ekanliklarini yashirib kelishga majbur bo’ladilar. Ko’plab kishilar esa ota-onalari 
xoki yotgan zaminni tark etib, boshqa yurtlarga chiqib ketishga majbur bo’ladilar. 
Bor bisotidan butunlay mahrum etilgan kishilar jonlarini omon saqlab qolish 
maqsadida dunyoning turli tomonlariga qarab bosh olib chiqib ketadilar, tarki Vatan 
qildilar. Qachandan-qacha turkistonliklar boshiga g’ariblik kulfati, musofirlik 
tashvishi tushdi. Muhojirlikda yashagan qarindosh-urug’lari bilan aloqa qilib turushi 
ham taqiqlangan edi.
Mustabit tuzum o’tmishida keng tarqalgan, kishilar ongida saqlanib qolgan 
«eskilik qoldiqlariga qarshimurosasiz kurash olib borish» degan sohta g’oyalardan 
kelib chiqib, xalqimizni ahloqiy qadriyatlar, urf-odat va an`analaridan judo qilishga 
intilib keldi. 
Ma`lumki, milliy urf-odat, an`analar va udumlar ming yillar davomida yaratilgan 
va xalqning turmush tarziga, kundalik ehtiyojiga aylanib ketgan. Xalq unga amal 
qilgan, uni buzmagan, o’z millatini, tilini, milliy birligini saqlab qolgan. Udumlar 
millatning hayot tomiri, mustahkam ildizlaridir. G’animlar millatni yo’qtish uchun 
ana shu mustahkam ildizni yo’q qilishga harakat qilishgan. 
Xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan udum an`analarni, 
turli bayram-marosimlarni, xattoki, do’ppi, sumalak, beshikni cheklab qo’yishu chun 
turli xil bahonalarni o’ylab topdilar. «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» 
gap-gashtaklar, ko’pkari, «Dorboz» xalq tomoshalari, mushoiralar, aksiyabozliklar 


sun`iy ravishda o’ylab chiqilgan boshqa bayram va marosimlar bilan zo’rlab 
almashtirildi. Diniy bayram deb ayblangan «Navro’z» yo’qotildi. «Navro’z» bilan 
birga Qurbon va Ramazon hayitlari ham ta`qiqlab qo’yilgan edi. «Qur`on» qoralanib 
kelindi, islom dini Xalq uchun afyun deb kelindi. 
O’zimizni butun dunyoga dahriylar mamlakati deb e`lon qildik. Diniy 
adabiyotlarni chop etish man etildi. «Diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi» bahonasida 
Naqshbandiy, Buxoriy, YAssaviy, Boqirg’oniy, So’fi Olloyor kabi musulmon 
olamida mashhur bo’lgan olimlarning asarlari ta`qibga uchradi. 
Masjid va madrasalarning bo’lib tashlanganligi dinga sadoqatli bo’lgan 
kishilarning nozik his-tuyg’ularining oyoq osti qilinishiga sabab bo’ldi. O’tmishni 
qoralab xadeb yomonlaverib, badnom qilib, oxir-oqibatda kattani hurmat, kichikni 
izzat qilishni unutdik. Odamlardan imon-e`tiqod ko’tarila boshladi. Boyligi va 
mansabiga qarab odamlarni hurmat qilish odat bo’ldi. 
Ota-bobolarimizning «Suvga tupurma, tabitni bulg’ama, daraxtni sindirma, 
jonivorlarni bejon qilma, ularga ozod etkazma, nonni uvol qilma» degan o’g’it-
nasixatlari unutilgan, ariqlar va anhorlarga mag’zava to’kishdan, o’ralarni ahlatga 
to’ldirishdan chiqindilarni daryoga oqizishdan, tabiyatni zaharlab bulg’ashdan tap 
tortmaydigan bo’ldik. 
Jamiyatimizda ro’y bergan va ildiz otib ketgan yaramas illatlar odob-ahloq, 
ta`lim-tarbiya masalalarida yo’q qo’yilgan kamchiliklar bilan bog’liqdir, desak to’g’ri 
bo’lar. 
Mustamlakachilik siyosati odamlarning qalbiga va ongiga ta`sir o’tkazish 
yo’lidan borib, adabiyot va sna`at asarlariga o’ziga xos yondashuvni vujudga keltirdi. 
Ma`lumki, abadiy va estetik qadriyatlar kishilarni obrazlar vositasida tarbiyalashga
ularga ma`naviy madad berishga da`vat etilgandir. 
Agar bu qadriyatlar biror maqsad sari qat`iy yo’naltirilsa, avlodlarning ongida, 
tarbiyasida, ularning dunyoqarshi va turmush tarzidi jiddiy o’zgarishlar yasashi 
mumkin. CHorizm va bolьshevizsning g’oyaviy rahnamolari buni juda yaxshi 
bilishardi. Ularning abadiy-estetik qadriyatlarimizga nisbatan tajovuzida 2 xil usul 
yaqqol ko’zgga tashlanadi, ya`ni chor mustamlakachilari xalqimiz qo’lidagi noyob 
qo’lyozmalarni turli yo’llar bilan egallab olib, ulardan mamlakatimizning bahramand 
bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqargan bo’lsa, qizil mustamlakachilar adabiy 
javoxirlarni xalq ko’zidan pana qilish, ularni boshqacha talqin qilish yo’lidan 
bordilar. 
Adabiyot tarixiga boylar adabiyoti (saroy feodal-klerikal adabiyoti) va yo’qsillar 
adabiyoti pozitsiyasidan baho berish natijasida millatimiz mulki bo’lgan ulkan adabiy 
xazina la`natlanib, xalq nazaridan soqit qilib kelindi. Saroy adabiy muhitida kim ijod 
qilgan bo’lsa, uning asarlariga g’oyaviy dushmanlik yorlig’i osilaverdi. Oqibbatda 
Xusayniy, Amiriy, Fazliy, Namangoniy kabi shoirlarning me`rosi qora ko’zoynak 
ostida tadqiq qilindi. Ta`qiqlangan adabiy merosimizning yana bir qatlami sufiyona 
ruhda yozilgan edi. 
Xususan, Ahmad YAssaviyning komil insonni tarbiyalashga qaratilgan, kishini 
poklashga xizmat qiladigan she`rlari, hikmatlari, So’fi Olloyorning asarlari o’ta jiddiy 
ta`qiq ostiga olindi. Adabiyot ishi umumproletar ishining bir qismi deb e`lon 
qilingach, sotsialistik ralizm deb nom olgan ijodiy metod va adabiy oqim 
umumproletar ishni amalga oshirishnnig vositachisi bo’lib xizmat qildi. 


Adabiyotnig partiyaviy qoliplarga sig’magan asarlari tanqid qilindi, mualliflari 
tazyiq ostiga olindi. YAratilgan asarlar go’zallik manbai emas, balki g’oyalar 
yig’indisiga aylanib qoldi. Bir-biriga o’xshash obrazlar bolalab ketdi, insoniy xis-
tuyg’ulardan yiroq «qizil» adabiyot maydonga keldi. Har qanday she`riy, nasriy 
to’plam Lenin va partiya madxi bilan boshlanadigan bo’ldi. SHo’rolar davrida 
haqiqiy badiiy asarlar qadr topmadi, aksincha ular yo’qotildi, madaniyatimiz 
tarixidan izini o’chirishga harakat qilindi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin