Qadriyatlar falsafasi


Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va ma`rifiy qarashlari



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va ma`rifiy qarashlari.
Mana shu ikki hokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarga o`zicha izoh bergan, 
antik davrni xristianlik davri bilan bog`lagan dastlabki buyuk teologlardan biri 
Avgustin edi (354-430). U lotin tilida juda ko`p asarlar yaratdi. O`zining "Xudo 
shahri haqida" asarida Avgustin tarix haqidagi tasavvurini va ikki shahar 


("Podsholik") Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta`limotini ishlab 
chiqdi.Avgustin fikricha inson Xudo yaratgan eng ulug` mavjudoddir, barcha narsalar 
inson uchun yaratilgandir. Inson esa panoh izlaydi. Insonning ichki dunyosi turli- his 
tuyg`ular, iroda, istaklarning kurash maydonidir, panoh topishga bo`lgan istak 
sohasidir. Biroqinson o`zining ichki dunyosini boshqarishga qodir emas. U 
marhamatga, ilohiy yordamiga muhtojdir. Inson erkin irodaga ega bo`lsada, 
Xudoning panoh topish rejasining bir bo`lagidir xolos. 
CHerkov ma`lum ma`noda Xudo "podsholigi"ni, Imperiya esa zamin 
"podsholigi" ni o`zida ifoda etadi, deb hisoblaydi Avgustin. Avgustin zamin 
podsholigini bo`lishi shart va zurur deb biladi. Insonning tabiati gunox qilish 
oqibatida buzilgani bois, kuchli er podsholigi yovuzlikni jilovlash uchun zarur deb 
hisoblaydi. Xatto gunox bo`lmagan taqdirda ham jamiyatda ma`lum tartib va 
boshqaruv shakli bo`lishi kerak. 
Er podsholigi hukumdorlari Xudo tomonidan tartib saqlash uchun tayinlanadi. 
Xalq, Xudoning irodasiga bo`ysunishi shart bo`lgani bois, bu hukumdorlarga xam 
bo`ysunishga majburdir. Dunyoviy podsholik odamlardagi yovuzlikni Xudo 
podshoxligisiz (cherkovsiz) bartaraf qila olmaydi. Xristianlik davlatining barcha 
a`zolari bir vaqtning o`zida ham papaning, ham imperatorning fuqarolaridirlar, deydi 
Avgustin. 
Davlat va cherkov hokimiyatlarining ikkisi ham Xudodan va binobarin, ular bir 
xilda qonuniydir, degan ta`limotni ilgari surib 5 asrda Papa Gelasiy I maydonga 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin