Bu keskinlikni bartaraf qilish yo`lida qirol paydo bo`la boshlagan uchinchi
tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan
absolyutizmni qo`llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham
rivojlanib bordi. O`rta asrning ilk davridan boshlab xayotiy muammolar bilan
qiziqishlar doirasi asosan ma`naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o`z
hayotidagi o`ta og`ir muammolar echimini dindan izladilar.
Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik
va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va
iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir
kishiga murojaat qilardi va umid berardi. erdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik,
drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu
hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi.
Bulardan
yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. erdagi
barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun
yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar
teng, zotan ularni Xudo o`ziga o`xshatib yaratgandir.
Bunday tushunish
tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g`oyalari
uchun zamin bo`lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik goyalari siyosiy va
ma`rifiy ta`limotlarda ham o`z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan
vaqtdan boshlab O`rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta`sir
ko`rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut
rivojlanib bordi va 4 asrdan boshlab O`rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov
o`rtasidagi munosabatlar o`zaro raqobatda o`tdi.
Amaldagi qonunlarni asoslash uchun tabiiy huquqqa murojat qilinardi. ya`ni
tabiiy huquqqa tayangan va uning ifodasi deb talqin qilingan
qonunlargina maqsadga
muvofiq hisoblanardi. SHuning uchun ham tabiiy huquqning rasmiy vakolatga ega
bo`lgan talqinchisi kim ekanligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi. CHerkov
davlatning ahloqiy va diniy masalalari bo`yicha rasmiy talqinchi mavqeyini Ko`lga
kiritganidan keyin dunyoviy hukmdorlarning tanqid qilish uchun ma`lum asoslar
paydo bo`ldi. Bu evropada ozodlik g`oyalarining rivojlanishida muhim ahamiyat kabs
etdi.
CHerkov dunyoviy hukmdorlarga itoat qilishni targ`ib qilardi. Zotan cherkov
dunyoviy hukmdorlar etik va diniy talablarga rioya qilmayapti deb topgan taqdirda,
o`zining bu chaqirig`idan voz kechishi ham mumkin edm. Nazariy jihatdan davlat
bilan cherkov o`zaro hamkorlik qilishlari kerak edi. Ammo ular nisbatan mustaqil
institutlar bo`lgani tufayli, ko`pincha ham papa, ham imperatorni ulug`lash
kerak
bo`lardi. Dunyoviy xokimiyat va cherkov hokimiyati o`rtasidagi munosabatlar
ko`plab qarama-qarshilik va nizolar bilan xarakterlanadi. Targ`ib qilish qobiliyatiga
ega bo`lish uchun cherkov etarli iqtisodiy asosga, ya`ni ma`lum darajada dunyoviy
hokimiyatga ega bo`lishi kerak edi. Hukmdorlar esa ma`lum diniy obro`ga ega
bo`lishlari lozim edi. Bu ikki xokimiyatlar o`rtasidagi munosabatlarni keskin tus
olishga sabab bo`lardi.
Dostları ilə paylaş: