Qadriyatlar falsafasi


partiyalar, jamiyatdagi sog`lom kuchlar uchun muhim minbar bo`lishiga ishonch



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014


partiyalar, jamiyatdagi sog`lom kuchlar uchun muhim minbar bo`lishiga ishonch 
mustahkamlanmoqda. 
1995 yil 10-11 oktyabrda O`zbekiston Respublnkasi hukumati va Tojikiston 
Respublikasi hukumati mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash muammolari, 
Tojikistonda tezroq tinchlik urnatish maqsadida tojiklararo muloqotni ta`minlash 
bo`yicha birgalikda qilinadigan harakatlarni muhokama etdilar. O`zbekiston va 
1
«Халқ сўзи», 1995, 19 сентябрь 


Tojikiston Respublikasi o`rtasidagi munosabatlarda yanada chuqurlashtirish haqidagi 
memorandumda «O`zbekiston tomoni BMT xomiyligi ostida o`tgan Tojikistonda 
tinchlik o`rnatish va milliy totuvlikni qaror toptirishning asosiy tamoyillari 
to`ug`risidagi tojiklararo muloqot doirasida imzolangan protokolni tabriklaydi», 
deyiladi. 
Siyosiy muloqot, kuch ishlatish va ekstremizmdan voz kechish, BMT homiyligi,
kuzatuvchi mamlakatlar ishtirokida o`zaro maqbul echimlarni izlash Tojikistonda 
tinchlik va barqarorlikka erishishning yagona yo`lidir. SHuni e`tiborga olgan holda 
memorandumda quyidagilar ta`kidlanadi: 
«Tomonlar bundan buyon ham mintaqaviy xavsizlikning muhim muammolari 
yuzasidan doimiy maslahatlashuvlar o`tkazish amaliyotiga rioya qiladilar va xalqaro 
tashkilotlarda birgalikda harakat qilishda davom etadilar. 
O`zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati ikki davlat 
qardosh xalqlari farovonligi yo`lida bundan-buyon ham tinchlik 6apqarorlik hamda 
totuvlikni ta`minlash va oshirish, yaqin hamkorlik rejalarini hayotga muttaqil tatbiq 
etish uchun birgalikda harakat qiladilar».1 
O`zbekiston Afg`onistonda ham tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashing 
tarafdoridir. Prezident I.Karimov hozirgi kunda mintaqada tinchlik va barqarorlikni 
saqlash muammolari xususida so`z yuritganda bugungi kunda Afg`onistonadagi 
vaziyatni barqarorlashtirish va qayta tiklash borasida davom etayotgan ijobiy
jarayonlar bilan bir qatorda, mntaqadagi strategik mavxumlikni tugatish nihoyatda 
dolzarb masala ekanligini ta`kidladi1. 
Hayot shundan dalolat beradiki, bugungi kunda notinch va fojiali mintaqalarda 
joylashgan davlatlarning bir-birini o`zaro anglash va birgalashib harakat qilishini 
ta`minlabgina butun dunyoda tinchlik va barqarorlikka erishish yo`llarini belgilab 
olish mumkin. SHuning uchun ham biz uchun barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan 
o`zaro foydali teng huquqli munosabatlarni yo`lga qo`yib, jahon hamjamiyatiga 
qo`shilish o`ta dolzarb vazifadir. 
Barqarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo qiladigan 
poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib boradigai to`g`ri yo`ldir. 
«Tinchlik va barqarorlik,- deb yozadi I.Karimov, - bular xalqaro hamjamiyat bilan 
birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik yaxshilik sofdillik singari umuminsoniy 
kadriyatlarni qabul qilgan va birgalikda baham ko`rgan mamlakatgina, xalqgina 
butun dunyo xalqlariga yaqin va tushunarli bo`lishi, jahon hamjamiyatiga qabul 
qilinishi mumkin. Faqat ular bilan teng huquqi, o`zaro manfaatli munosabatlar 
o`rnatilishi mumkin»2. 
Ma`lumki, umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan 
mintaqadagi konkret davlatlarning hamjihatligi va birgalikdagi harakatidan 
boshlanadigan jarayondir. SHuni e`tiborga olgan holda, O`zbekiston rahbariyati BMT 
ishlab chiqqan qarorlarga muvofiq Afg`onistondagi mojarolarni bartaraf etish uchun 
quyidagi. tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish zarurligini qayd etib 
kelmoqda. Bular: mojaroni bosqichma-bosqich bartaraf qilish, muzokara jarayonida 
1
«Халқ сўзи», 1995, 13 сентябрь 
1
Каримов И.А.Бизнинг бош мақсадимиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация 
ва ислоҳ этишдир.-Т.:Ўзбекистон, 2005, 29-бет 
2
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.:Ўзбекистон, 1995, 170-171-
бетлар 


barcha manfaatdor tomonlarning ishtirok etishi; o`zaro yon berish va oqilona o`zaro 
kelishuv asosida nuqtai nazarlarni bir-biriga yaqinlashtirish; bu jarayonda BMT, 
Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Islom konferentsiyasi tashkiloti va 
boshqa halqaro tashkilotlarning xomiyligi va faol ishtirok etishi; mamlakat hududiy 
yaxlitligining saqlanishi; qanday shaklda bo`lmasin, tashqaridan tazyiq yoki 
aralashuvga yo`l qo`yib bo`lmasligi; Afg`onistonga qurol-yarog` etkazib berishni 
qat`iy taqiqlab qo`yish zarurligi. 
Bugun Afg`onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqish ortib borayotgani dunyo 
hamjamiyatida katta havotir uyg`otmoqda. Birok, bu illatga qarshi faqat giyohvand 
moddalar ishlab chiqarilayotgan xudud atrofida “xavfsizlik zonasi”ni tashkil etish, 
jazolash va ma`muriy chora-talbirlarni kuchaytirish bilangina kurashishning kifoya 
qilmaydi. Ushbu muammoni xal qilish uchun, birinchi navbatda, Afg`oniston 
iqtisodiyotini chuqur trkibiy o`zgartirish, aholini tinch va bunyodkorlik mehnati bilan 
band etish orqlai hal qilish mumkin va lozim.
Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi vaqtda turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy, 
transportga va ekologiyaga oid muammolar to`planib qolgan. Mintaqaviy mojarolar, 
diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv 
millatchilik etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik 
maxalliychilik va urug`-aymoqchilik munosabatlari, ekologik muammolar xavfsiz-
likka tahdid ko`rsatib turibdi.
Mazkur muammolarning salbiy oqibatlaridan holi bo`lishda mintaqada jug`rofiy-
siyosiy muvozanatni va barqarorlikni saqlab qolish katta ahamiyatni kasb etadi. Bu 
esa, o`z navbatida, yalpi xavfsizlikni ta`minlash muammolarini xal qilishga 
qo`shilgan salmoqli hissa bo`ladi. Biz «yangi ming yillikka yo`l ochib borar ekanmiz, 
hammaga do`stlik va hamkorlik qo`lini cho`zamiz. Xavfsizlik barqarorlik va 
sobitqadam rivojlanish degan so`zlar buning ramzidir. CHunki, aynan shu 
tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi 
uchun mustahkam poydevor yaratadi. Sayyoramizda jug`rofiy-siyosiy muvozanatning 
ajralmas sharti bo`lib qoladi. Bu har bir insonga kelajakka dadil va ishonch bilan 
qapam huquqini beradi»1. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin