Kompyuter
viruslaridan
himoyalanish
usullarini
sinflashtirish
1. Kompyuter
viruslaridan
himoyalanish
usullarini sinflashtirish.
Dastlabki nazorat: Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.
Profilaktika:"Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun
disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni alohida
saqlash,
dasturlarni
vinchesterda
arxivlangan
holda
saqlash.
Taftish (Reviziya): Yangi dasturlarni maxsus dasturlar yordamida tekshirish.
Karantin: Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular
mutaxassislar
tomonidan
viruslarga
tekshirilgan
bo'lishi
kerak.
Filtrlashtirish: FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali
ehtimoldagi viruslarni tutish.Terapiya: (davolash).Dasturni dastlabki "sog'lom"
holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli viruslarni "tishlab olib tashlash" usuli
bilan amalga oshiriladi.Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan
himoyalanishning bir necha turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar
(disketa yoki diskdagi viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan davolaydi).
Ular har bir foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter ishga tushirilishidan oldin doimo
sinab ko'rilishi kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan
viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi.
Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar
ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda
yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda.
Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish
lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng" maqoli naqadar to'g'ri.
Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga batafsil
to'xtab o'tamiz.Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato -
zararlangan kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi
hatti-harakat quyidagicha bo'ladi:kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan
sistemali disket yordamida qayta yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi
kerak). Mazkur disketada antivirus dasturlari joylashgan bo'lishi kerak.
Antivirus dasturini ishga tushiring. Zararlangan operasion sistemalarda amallarni
bajarish va dasturlarni ishga tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga
sabab bo'ladi. Jumladan, bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi
mumkin. Masalan, Sizning kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan
bo'lsin. Mazkur virusga mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish
qolgan yuklovchi modullarni ham ishdan chiqaradi.
Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari
ishonish. Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar
yaratsalar-da, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham
xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz
ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor-faga"ning
o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni davolashda
ham xatolar bo'lishi mumkin.
Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni
o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli
SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni
payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi.
Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan"
zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin.
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini
ta'kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor
mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini
"tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga
ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l
qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi
va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo
himoyalash kerak. Faqat ishonchli disketalardangina foydalanish darkor.
Va yana bir yo'l qo'yiladigan xatoga maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda
disketa bo'la turib, kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda BIOC aynan disk
yuritgichdagi disketadan dasturni yuklaydi, natijada disketadagi boot-virus
vinchesterga yuqadi.
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan
tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing
hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib,
qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |