Amerika Qo'shma Shtatlarida antivirus dasturlaridan
Symentec kompaniyasining
Norton Antivirus va Network Associates kompaniyasinig McAfee dasturlari keng
tarqalgan. Rossiya, O'zbekistonda yuqorida ko'rsatilgan antivirus dasturlar bilan
birgalikda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan Doctor
Web va AVP antivirus
dasturlar kompleksi qo'llaniladi. 2005 yilning yakuni bo'yicha Kasperskiy
laboratoriyasining AVP antivirus kompleksi eng yaxshi dastur sifatida tan olingan.
U modullardan iborat bo'lib, har bir modulni
yangilash imkoni mavjud, ya'ni
dasturni butunlay o'zgartirmasdan yangi versiyasiga almashtirish mumkin.
AVP kompleksi quyidagi modullardan tashkil topgan:
-
AVP
Control
Center
-
AVP
ning
boshqarish
markazi.
- AVP Scanner (AVP Skaner) - tashqi xotirani viruslardan tozalash uchun xizmat
qiladi.
- AVP Monitor (AVP Monitor) - kompyuterga tarmoq orqali yoki boshqa usullar
bilan kirib kelayotgan ma'lumotlardagi va birinchi navbatda kompyuterning tezkor
xotirasidagi viruslarni topish uchun xizmat qiladi.
- AVP Updates (AVP yangilash) - dasturni yangi viruslarning namunalari bilan
to'ldirish uchun xizmat qiladi.
AVP Control Center AVP Control Center - boshqaruv moduli bo'lib antivirus
kompleksining ishlash rejimlari,
tekshiruv parametrlari, usullari,
tekshiruvni
boshlash vaqti, yangilash vaqtini belgilab beradi. Odatda, AVP kompleksi
o'rnatilganidan keyin AVP boshqaruv paneli Windows
bilan birgalikda ishga
tushadi. Bu holda masalalar satrining o'ng burchagida uning belgisi paydo bo'ladi.
Uni ishga tushirish uchun Pusk/Programmi/AntiViral Toolkit Pro/AVP Control
Center ni tanlash kerak. Natijada ekranda uning oynasi hosil bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: