Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
«... Yana bir qancha vaqt o‘tgach, dunyoda na vatan, na millat va na til tushunchasi qoladi, degan
bashoratlar nahotki haq bo‘lsa? – deb o‘yladi Professor. – Bu jarayon balki allaqachon boshlanib
ulgurgandir?
Arab davlatlari ham, Yevropa ham birlashdi. Yana qanchadir vaqt o‘tib ro‘y beradigan
iqtisodiy va axborot xurujlaridan keyin mamlakatlarning chegaralari yo‘qolib ketsa, boshqarish iplari
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘liga o‘tsa, ya’ni yer yuzini qit’alararo shirkatlar boshqarsa-chi? Haqiqiy
globallashuv ana shunda avj olsa, qaerda iqtisod gullab-yashnasa, odamlar o‘sha yerga to‘plana
boshlasa...
va vaqt-soati kelib, qadriyatlar yemirilib-tamom bo‘lsa-chi?..»
Bular – professorni tashvishlantirgan halokatli taraqqiyot yo‘lining debochasi, bor-yo‘g‘i bir
qismigina edi, xolos.
* * *
...Professor Ziyo tizzasiga qo‘yib o‘tirgan kichkina kompyuterning monitori va uchoq monitori
baravariga ogohlantiruvchi ovoz chiqardi. Professor egilib, ularning biri – uchish xizmatining
ogohlantirishi, ikkinchisi esa o‘g‘lidan kelgan xat ekanini ko‘rdi.
Uchish xizmati
Atlantika ummoni ustida bo‘ron boshlanganidan xabar bergan edi. Oradan yarim
soat o‘tmay, uning tezligi soatiga ikki yuz kilometrga chiqqan va eniga taxminan besh yuz kilometrni
enlagan g‘oyatda kuchli havo oqimi shiddat bilan quruqlik tomonga harakatlanmoqdaydi.
Professor Ziyo shamollarning hosil bo‘lish sabablarini yaxshi bilardi. Bu aslida Yevropa, Xitoy va
Mo‘g‘ulistondagi jazirama yoz tufayli ro‘y berdi. Yevropada qirq, Xitoyda qirq olti va Mo‘g‘ulistonda
ellik ikki daraja harorat
ikki haftadirki turib qolgan, bu misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich edi. Bugun
kunduzi millionlab kub kilometr qaynoq havoning Avstraliya, Xitoy va Atlantika hududlaridan Gobi
tomon siljiy boshlagani qayd etildi, tabiiyki, ummonlar va hatto mamlakatlar ustida bo‘ron va
girdoblarning
yuz berishi kutilayotgan, qurbonlarning oldini olish uchun ehtiyot choralari ham zudlik
bilan ko‘rilayotgan edi.
Professor o‘g‘lining maktubini ochdi.
AVLOD
«Assalomu alaykum!»
...Bugun onamning xokisor va aziz qadamlarining izi qolgan hovlimizda ekanman, Parvardigori
olamga imon keltirgan barcha kishilarning, avvalo sizning va onaizorimning haqqiga ko‘zlarimda yosh
bilan duo qilgach, ushbu maktubni bitmoqdaman.
Ota, siz avvalo – kimligim va nimaligim noayon bo‘lgan, bir burda nonimni na o‘zim yeya
oladigan, na bir qultum
suv icha oladigan holimda, yiqilsam tura olmay chirillab yig‘laganimda, uzun
kechalaru kunduzlaringizni menga bag‘ishlab, nimagaligini o‘zim ham bilmay kulganimda
quvongansiz, injiqlik qilib yig‘laganimda ko‘zingizga dunyo tor bo‘lgan, o‘zingiz yemay menga
yedirgan, ichmay menga ichirgansiz, oyoqqa qo‘yib, tarbiyat bergansiz.
Tangri Taolo fitratimga sizday muhtaram zotga taslimiyat xususiyatini ham singdiribdiki, shu
kungacha aytganlaringizning hammasini imkonim boricha, qo‘limdan kelganicha ado
etishga urinib
keldim.
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)
Dostları ilə paylaş: