O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Strategiya nima? 
2. Strategik rejalashtirish, deganda nimani tushunasiz? 
3. Professional tarzda qilingan strategik marketing rejasi firmaga 
qaysi kafolatni beradi? 
4. Marketing strategiyasi nima ? 
5. Marketing rejasining asosiy vazifalarini sanab bering. 
6. Strategik rejaning asosiy bosqichlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 


148 
7. Strategik rejalashtirishning komponentlari nimalarni o‘z ichiga 
oladi? 
8. SWOT tahlilda qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi? 
9. Marketing strategiyasi o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi? 
10. Raqobatli marketing strategiyalari haqida gapirib bering. 
11. Marketing nazorati nima? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


149 
 
 
 
 
VII bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TADQIQ ETISH VA 
BASHORAT QILISH 
 
7.1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha 
 
Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va 
istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat 
evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala 
sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari 
majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab 
chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida 
amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq 
tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan 
potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda “bozor” 
tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va 
potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir 
umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi 
(masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar 
(iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki 
katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, 
O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) 
haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. 
Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, 
Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya 
Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi. 
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday 
kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish 
bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining 
iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi 
qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib 
aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) 
lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini 
o‘z ichiga oladi. 
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar 


150 
ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul 
munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi 
hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor 
mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini 
qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini 
ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaat-
dorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik 
yuritish qurolidir. 
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va 
taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning 
pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo. 
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha 
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli 
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor, shou-
biznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning 
turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) 
bozoriga bo‘linadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin