O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing»



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

«Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing» strategiyasiga 
ko‘ra firma o‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlarning ehtiyoj-
larini qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiyasi ma’lum bir 
funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki iste’molchilarning biror bir 
guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Moskvadagi «Diasoft» 
firmasi o‘z faoliyatini tijorat banklari segmentini dasturiy mahsulotlar 
bilan ta’minlashga yo‘naltirgan. 
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birortasini 
tanlab olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan segmentlar soni 
va firmaning resurslariga e’tibor beriladi. Agar bu resurslar cheklangan 
bo‘lsa, fokuslangan marketing strategiyasi amalga oshirish mumkin 
bo‘lgan yagona strategiya bo‘ladi. Konsentratsiyalangan marketing 
strategiyasi korxonalardan bozorning foydali segmentiga, ya’ni bitta 
yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu bozor 
segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli 


140 
marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu strategiya 
bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor 
segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish 
imkoniyatlari uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentr-
langan marketing strategiyasi ko‘proq bozorning barcha segmentlarida 
ishlash uchun hamda yetarli katta moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab 
etilmaydigan kichik va o‘rta korxonalar uchun mos keladi. 
 
Raqobatli marketing strategiyalari 
 
Firma rahbariyati mijozlar talabini hisobga olib faqat raqobat 
ustuvorligini ta’minlashga mo‘ljallangan marketing strategiyasini 
qo‘llab qo‘ya qolmaydi. Raqobatchilar strategiyasi haqida olingan 
hamda o‘zining raqobat muhitidagi holati haqidagi ma’lumotlarga 
asoslanib, firmaning raqobatli marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. 
Bozordagi raqobat muhitida firma to‘rtta roldan birini o‘ynashi 
mumkin: 
– bozor yetakchisi; 
– yetakchilikka da’vogar; 
– lider;
– ma’lum bozor qismiga ixtisoslashuv (mutaxassis nisher). 
Bozorda egallab turgan raqobatli o‘rni va firmaning o‘z imkoniyat-
lariga bog‘liq holda rahbariyat raqobatning birorta strategiyasini afzal 
ko‘radi. 
Turli raqobat pozitsiyalarida turgan holda firmalar, agar ular 
o‘sishning aynan bir xil strategiyalarida, masalan, o‘sishning jamlangan 
strategiyasida bo‘lishsa ham raqobatning turli xil strategiyasini 
tanlashadi. 
O‘sishning jamlangan strategiyasida turgan bozor yetakchisining 
strategiyasi himoya (mudofaa) va bozor ulushini oshirish muammolari 
bilan bog‘liq. 
O‘zining bozordagi yetakchilik pozitsiyasini mudofaa qila borib
yetakchi: 
– jami mavjud tovarlar eskiradi, raqobatchilar o‘z tovarlarini 
yangilash harakatiga tushgunga qadar o‘z tovarlarini ma’nan eskirgan, 
deb bilib, avvalroq uni yangilashga o‘tish asosida innovatsiyalar 
strategiyasini qo‘llay boshlashi; 


141 
– imkoniyatli narxlarni asrab qolish va mahsulotlarni yangi 
o‘lchamlar, dizayn va markalar hisobiga yangilash yo‘li bilan bozordagi 
yetakchilik holatini saqlab qolishga imkon beruvchi mustahkamlash 
strategiyasidan foydalanishi; 
– tashlangan undov (chaqiriq)ga nisbatan tez javob harakatlarini 
ko‘zda tutuvchi qarama-qarshi zarbalar strategiyasini realizatsiya qilishi: 
narxlarni sezilarli pasaytirishi, o‘z mahsulotini ilgari surish siyosatini 
kuchaytirish, raqobatchilarni tanqid qilishni tashkil etish, uning asosiy 
ta’minotchilariga ta’sir o‘tkazishga urinib ko‘rish, uning asosiy 
xodimlarini o‘ziga og‘dirishni boshlashi mumkin. 
Bozor ulushini oshirish uchun kurash olib borish bilan yetakchi 
bozor muhitiga undov (chaqiriq) tashlovchi strategiyani tanlaydi. 
Yetakchilikka da’vogarlik strategiyasini o‘ziga yarasha kuchli, lekin 
yetakchi pozitsiyasini egallamaydigan firmalar tanlaydilar. Bozor 
muhitiga undov (chaqiriq) tashlay borib, bunday firmalar masalan, 
jamlangan o‘sish strategiyasini qo‘llay borib, asosiy strategik maqsadi 
boshqa firmalardan “jang bilan” yutib olish hisobiga bozorning 
qo‘shimcha qismini “bosib olish” (bozor ulushini oshirish)ga intiladi. Bu 
kurashni u yetakchi yoki ancha sustroq va mayda raqobatchilari bilan 
olib boradi. Yetakchiga hujumni firma o‘zida aniq raqobat ustuvorligi 
mavjud bo‘lsa, yetakchida esa firma raqobat kurashida foydalanishi 
mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lgandagina boshlashi mumkin. 
Hujumning beshta strategiyasi bo‘lishi mumkin. 
1.Yetakchiga ro‘paradan hujum “kuch-kuchga qarshi” prinsipi 
bo‘yicha boradi, bunda yetakchilikka da’vogar yetakchining ojiz emas, 
kuchli tomoniga hujum qiladi, bu bilan u o‘zini kuchli deb hisoblay-
digan va yetakchilik qiladiganni kutilmaganda yengishga urinadi. Bu 
“jang”da odatda, kimning resurslari ko‘p bo‘lsa va kim kuchli 
ustuvorlikka ega bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. 
2.Yetakchiga yon tomonidan hujum uning ojiz yo‘nalishiga: yoki 
yetakchi kuchli pozitsiyaga ega bo‘lmagan regionga yoki yetakchining 
mahsuloti qoplay olmaydigan talabga nisbatan qilinadi. 
3. Hamma yo‘nalish bo‘yicha hujum qilayotgan firmaning yetakchi 
ishtirok etadigan hamma bozorlar va yetakchi chiqaradigan mahsulot-
larning hamma turlari bo‘yicha harakatlanishini ko‘zda tutadi. 
4. Hujumkor firma yetakchiga aylanib o‘tib, bevosita hujumni 
ko‘zda tutmaydi. Firma yangi bozor yaratadi, keyin unga yetakchini 
“aldab” kiritadi va bu bozordagi ustuvorlikka ega bo‘lgach, uning 


142 
ustidan g‘alaba qozonadi. Masalan, o‘rnini bosuvchi mahsulot yaratish 
yoki yangi geografik bozorlarni ochish. 
5. Partizanlik urushini odatda, uncha katta bo‘lmagan, yetakchiga 
boshqa metod bilan hujum qila olmaydigan firmalar amalga oshiradi. 
Bunday raqobat strategiyasida firma tanlab, narxni pasaytirish, yangilik 
taklif qilish, savdoni jadal rag‘batlantirish kabi kutilmagan tez “oshib 
o‘tish”larni amalga oshiradi. Bu usul hujumni kutmaganlar uchun 
tasodifan boshlanishi va shunday kutilmaganda tugashi zarur. 
Yetakchi yoki hujum qiluvchining mudofaa strategiyasi yetakchi-
likka da’vogarning bozor ulushini saqlab qolish yoki ko‘paytirishga 
yo‘naltirilgan. Bu strategiyani marketingda “harbiy” strategiya, deb 
ataladi. Bunday strategiyaning yana bir turi chekinish strategiyasi, 
deyiladi. Bu bozor ulushining qisqarish strategiyasi bo‘lib, mahsuloti 
eskirgan firmalar unga amal qilishga majbur. Unga ertami-kechmi 
bozorda faoliyat yurituvchilar murojaat qiladilar. Chunki mazmuniga 
ko‘ra u qisqartirish strategiyasidir. 
Ergashuvchi strategiyasi yetakchisiga ergashishni bildiradi. Unga 
ko‘plab kompaniyalar amal qiladi, chunki yetakchi ancha chidamli va 
unga hujum qilishga urinishni javobsiz qoldirmasligini bilishadi. Erga-
shuvchi kompaniyalar tanlangan strategiyadan yetakchining mahsuloti-
dan nusxa ko‘chirish, bozorga tovar olib chiqishda kam xarajat qilish, 
yangilikni bozorga olib chiqish bilan bog‘liq raqobat, ancha past risk 
kabilar ko‘rinishida ma’lum ustuvorlik bo‘lishi mumkinligini biladilar. 
Ko‘rib chiqilayotgan strategiyalar asosida faoliyat natijasida 
ergashuvchilarga, agar bu firma o‘z mijozlarini tutib qolishga ijodiy 
yondashsa, unga yetarlicha katta foyda olib kelishi mumkin. 
Ma’lum bozor o‘rniga ixtisoslashuv strategiyasi bozordagi ancha 
kuchli raqobatchilar vaqtincha band qilmagan yoki ularda qiziqish 
uyg‘otmaydigan joylarni qidirib topish va egallab olishga mo‘ljallangan.
Rossiyalik iqtisodchi A.Yudanov bitta bozorda harakatlanuvchi 
hamma firmalarni o‘z raqobat strategiyasi xarakteriga ko‘ra farqlanuvchi 
to‘rtta turga bo‘ladi: violentlar, patiyentlar, kommutantlar, eksplerentlar. 
Ulardan har biri biologik muomalaning ma’lum turiga keltirilgan va mos 
ravishda o‘xshashlikka ega. 
Violentlar – standart yirik biznes sohasida harakatlanuvchi
boshlang‘ich kuch strategiyasiga ega firmalar. Bu firmalarning turli 
xilligi safarbarligiga bog‘liq: – “kekkaygan sherlar”, “qudratli fillar”, 
“qayrilmas begemotlar”. 


143 
Violent strategiyasini tutib turuvchi firmalarning kuchi shundaki, 
bir-biridan kuchli farqlanuvchi mahsulotlarning uncha katta bo‘lmagan 
Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin