6.3. Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan
taqqoslash tahlili
Talab bilan bog‘liq tashqi marketing strategiyasida bozordagi
vaziyat talab tavsifini yoki kompaniyaning ular bilan mos holda o‘zgar-
tirishga yo‘naltirilgan strategiyalar qabul qilishini talab etadi.
Agar bozorda salbiy talab mavjud bo‘lsa (bozor firma taklifini rad
etadi), konversion marketing strategiyasi talab etiladi. Strategiyalarning
maqsadi – tovarlarni olib kirish va sotish, ushbu kompaniyaning tovari
salbiy qabul qilinganda uni ijobiyga aylantirish uchun qulay sharoitlar
yaratishdan iborat.
Tovar qiymatga ega emas, deb qabul qilinsa yoki bozor yangilik-
ning paydo bo‘lishiga umuman tayyor bo‘lmasa, stimullovchi (rag‘bat-
lantiruvchi) marketing talab qilinadi.
Potensial talab vaziyatida, ya’ni marketing tadqiqotlari jarayonida
bu vaziyat aniqlansa, bozorda hali paydo bo‘lmagan yana bir tovar
uchun talabni shakllantirish kerak. Kompaniya rivojlanayotgan
marketing strategiyasini tanlaydi va talabni shakllantirish va uni
potensialdan realga aylantirish uchun marketingning mos keluvchi
kompleksini ishlab chiqadi. Bunday strategiya, masalan, mobil aloqaga
talabni shakllantirish uchun foydalanilgan.
Agar talabning tushib ketayotgani kuzatilsa, talabning tushish
sababiga bog‘liq bo‘lgan remarketing strategiyasidan foydalaniladi. Shu
bois, amaliy harakat diapazoni tovar, narx, savdo yoki kommunikatsion
siyosatga, yangi bozorlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan tovarning hayot sikli
uzaytirilgunga qadar harakatlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan variatsiya-
lanishi (variantlarga ajratilishi) mumkin.
O‘zgaruvchan (doimiy bo‘lmagan, mavsumiy) talab sinxromar-
keting strategiyasi vositasi bilan tenglashtiriladi. Sinxromarketingning
vazifasi – talabning holatini ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulot
chiqarish ritmiga (xizmatlar taklifi) mos holga keltirish. Masalan,
muzqaymoqni qahvaxonalarga tarqatish yil davomida unga talab
133
bo‘lishini ta’minlaydi. Ayrim xizmatlarga talabni tenglashtirishda
iste’molchilarning qulay tanlangan motivatsiya usullari katta rol
o‘ynashi mumkin. Agar talab xaridorning odatlari va an’analari bilan
bog‘liq bo‘lsa, uning xarakterini o‘zgartirish ancha qiyin.
Agar talab taklifdan birmuncha yuqori bo‘lsa (haddan ortiq talab),
ya’ni u kompaniya ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko‘ra qondirila
olmaydi yoki tovarning bir xilligini saqlab qolish xohlanganda savdo-
ning rag‘batlantirilishini to‘xtatilishini, narx oshmasligi, reklamalarning
qayta ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutuvchi demarketing strategiyasi talab
qilinadi.
Agar talabning holati kompaniyani to‘liq qondirsa, o‘zi uchun
optimal darajada bo‘ladi, bunda saqlab turuvchi marketing kerak bo‘ladi.
Bu strategiya talabning ushbu darajasini mikro va makromuhit
o‘zgarishlariga javoban ham saqlab turuvchi choralarni o‘z vaqtida
qo‘llashni ko‘zda tutuvchi strategiyadir (talablarning o‘zgarishida, yangi
raqobatchilar paydo bo‘lishida).
Qarshi (teskari) harakat qiluvchi marketing strategiyasi irratsional
(butun son bilan ham, kasr son bilan ham hisoblab bo‘lmaydigan)
talabning pasayishiga yoki unga qarshi harakatlanishiga yo‘naltirilgan
(masalan, sigaretga, spirtli ichimliklarga talab). Bu holatda firmaning
kommunikatsion faoliyati sog‘lik uchun zararli yoki jamiyat uchun
muvaffaqiyatli (oilalar) tovarlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shuning-
dek, mahsulotni inson organizmiga salbiy ta’sir etishini pasaytirish
maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiyasi ham o‘tkazilishi mumkin.
Shunday qilib, firmaning tovar va bozor o‘rtasidagi balansini saqlab
qolish zarurati aniq marketing maqsadlarini ilgari suradi va mos
keluvchi marketing strategiyalarini talab qiladi.
Marketing strategiyalari, aytib o‘tilganidek, ma’lum omillar
ta’sirida shakllanadi. Eng avvalo, marketing strategiyasini tanlash
rahbarlarning tashkilotning ichki muhiti haqida ham, tashqi muhiti
haqida ham chuqur tasavvurga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunda ichki
muhit tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini ochish uchun, tashqi
muhitni esa tashkilot o‘z marketing maqsadlari va strategiyalarini
aniqlashda hisobga olishi kerak bo‘lgan imkoniyatlar va xavflarni oldini
olish uchun o‘rganiladi.
|