O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati 
(baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar). 
Bozor konyunkturasi – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning 
mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, 
bozorda muvozanat(talab va taklifning bir-biriga nisbati)ning mavjudligi 
yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor 
konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin.
Uning yechimi bo‘yicha tanqidiy fikrlarning berilishi ham ma’qullanadi. 
Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga 
keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, 
narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
tavsiflaydi. 
Marketingda esa bozor konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda 
maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi 
tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga 
bog‘liq bo‘ladi: 
a) odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi 
o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish 
lozim; 
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli 
ularni alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi; 
c) bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv xarakterga 
ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi. 
Bozorni har tomonlama o‘rganishda quyidagilarga asoslaniladi: 
Tovarni o‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovarning 
sifatliligi, raqobatbardoshligi, yangiligi, hozirgi va bo‘lajak xaridorlar 
ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati, xaridorlar talabi, uning mahalliy 
qonunchilik tartib va qoidalar talabiga to‘g‘ri kelishi, davlat hujjatlari 
asosida modifikatsiyalash va hokazo. 
Xaridorlarni o‘rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish 
usullari, tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda va 
h.k. 


153 
Raqiblarni o‘rganish. Raqiblarning savdo belgilari, bozorda katta 
ulushga erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari, sotuvni 
rag‘batlantirish usullari, narx siyosati, tovar o‘ramasi, ITTKI, sotish 
usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o‘rganiladi. 
Bozorning umumiy holatini o‘rganishda tovarlar va firmalar tarkibi, 
raqobat ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va h.k.larga etibor 
beriladi. 
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi bozori» 
va «xaridor bozori»ga bo‘linadi. 
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. 
Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol 
ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar 
orqasidan yuguradi». Sotuvchi bozori –bunday sharoitda albatta firma 
o‘z tovarini sotish uchun ko‘p kuch sarflamasligi, o‘z ishlab chiqarish 
hajmlarini o‘zgartirmasligi, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga 
e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda 
raqobatning sustligini ko‘rsatadi. 
«Xaridor bozori» –bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning 
uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar 
orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda 
xaridorlar ustunlikka ega bo‘lib (xaridortovar narxiga, uning sifatiga, 
dizayni, foydaliligiga alohida talablar qo‘yadi), ishlab chiqaruvchi va 
sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday 
holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, ya’ni raqobatning mavjudligi 
bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda firma iste’molchilarni chuqur 
o‘rganishi, marketing vosita (instrument)laridan keng foydalanib 
bozorning ichki muhitini, tovarlar assortimentini, narx-navoni o‘rganib 
raqobat muhitida yangi tovarlar va xizmat turlarini ishlab chiqishlari, 
sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llanishi zarur. 
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq 
kelishini «muvozanatli bozor» deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni 
ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni 
talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish, yetarli darajada 
mahsulotlar zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar narxini 
oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini 
pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har doim mos bo‘lishi, 
ya’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor muvozanati ro‘y 
berganda firma o‘z mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini ushlab 
turishi, mahsulotning raqobatbardoshligini o‘rganishi va shular asosida 


154 
o‘z strategiyasini ishlab chiqishi, muntazam ravishda innovatsion siyosat 
bilan shug‘ullanishi lozim. 
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi 
uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad 
ko‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura 
xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi. 
Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi 
mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib 
oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga 
qarab har xil bo‘ladi.
Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga 
konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir 
ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi konyunkturaning hozirgi 
ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi 
konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning 
tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina emas, 
balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika 
ma’lumotlariga asoslanishi kerak. 
Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma 
tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi: 
konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura 
prognozi. 
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli 
hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar 
to‘g‘risidagi, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy 
o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan 
omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda 
tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va 
omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi. 
Umuman istiqbolni aniqlash - ma’lum obyektning bo‘lajak holatini 
ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki 
iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon 
bozoridagi o‘zgarishlarni aniq tassavur qilish va baholay olish, uning 
progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga 
solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi 
shart: 
− kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga 
olishda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish; 


155 
− istiqbolni aniqlashning bir nechta usullaridan foydalanish zarur, 
ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi lozim; 
− ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi; 
− xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul 
qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi
– bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi hamda 
korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda 
qo‘llanilishi. 
Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har 
bir iste’mol tovarlari bo‘yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining 
tabaqalanishi o‘rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan 
yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu 
tovarlarni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish asosiy vazifa 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan 
bog‘liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish zaruriyati yotadi. Bu 
shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol 
qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo‘lishi, asosan bir manzilga ko‘p 
tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi, 
tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati 
kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to‘g‘ri baholash esa bozor 
sharoitini o‘rganishda qo‘llaniladigan uslublar turkumining mukam-
maligiga bog‘liq.
Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq 
shart-sharoitlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu o‘rganish bozorning 
asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 
imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul 
munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari 
tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi 
mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo‘llari kabi 
jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning 
rivojlanish yo‘nalishlari hamda shunday aloqalar o‘rnatish uchun shart-
sharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin