O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Qisqartirish strategiyasi- firma uzoq muddat o‘sishdan keyin yoki 
iqtisodiyotda pasayish va tubdan o‘zgarish kuzatilganda, samaradorlikni 
oshirish zarurati bilan bog‘liq holda, shuningdek, tashkilotning mavjud 
bo‘lishi xavf ostida qolganda kuchlarni qayta guruhlashga ehtiyoj 
sezganda amalga oshiriladi. Bunday hollarda firmalar ishlab chiqarishni 
maqsadga yo‘naltirgan holda qisqartiradilar. Shuni tan olishi kerakki, bu 
firma uchun qanchalik og‘ir bo‘lmasin bu ham firma uchun rivojlanish 
strategiyasi bo‘lib, o‘sish strategiyasida ko‘rilganidek, ma’lum 
vaziyatlarda undan qutulib bo‘lmaydi. Qisqartirish strategiyasining 
quyidagi turli-tumanligi ajratiladi: 
likvidatsiya (bartaraf etish) strategiyasi-o‘zida qisqartirish 
strategiyasining oxirgi holatini aks ettiradi va firma endilikda biznesni 
yurita olmaydigan holga tushib qolganda amalga oshiriladi; 
“hosil yig‘ish” strategiyasi kelajagi yo‘q, sotishdan foyda 
olinmaydigan, lekin biznesni asta-sekin nolga tushirishdan daromad 
keltirishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi; 
ortiqchasini qirqib tashlash strategiyasi ko‘pincha, diversifi-
katsiyalangan firmalar tomonidan o‘z biznesini yoki bo‘limini yopganda 
yoki sotganda realizatsiya qilinadi. 
Real amaliyotda firma bir vaqtning o‘zida bir necha strategiyalarni 
realizatsiya qilishi mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p tarmoqli kompaniyalarda 
keng tarqalgan. Bunday hollarda firma aralash (kombinatsiyalangan) 
strategiyani amalga oshirmoqda, deyiladi.
To‘rtinchi turli xillikka keyinroq tavsiflanadigan diversifikatsion 
o‘sish strategiyasi mos keladi. 
Biznesni rivojlantirish strategiyasining keyingi guruhi diversifikat-
sion o‘sish strategiyasi bo‘lib, firmaning ushbu mahsulotning ushbu 
tarmog‘i bilan boshqa rivojlana olmaslik holatida realizatsiya qilinadi. Bu 
strategiya, agar bozorlar amalga oshirilayotgan bizneslar uchun to‘yingan 
holatda bo‘lsa yoki mahsulotning “o‘lib borishi” natijasida unga talab 
pasayib ketsa yoki monopoliyaga qarshi boshqaruv ushbu tarmoq 
doirasida biznesning kelgusi rivojlanishiga ruxsat bermasa yoki yangi 
biznes uskunalardan, butlovchilardan, xomashyodan yaxshiroq foyda-
lanish hisobiga yaxshiroq samara bera boshlasa, tanlanadi. 


126 
Diversifikatsiyalangan o‘sishning asosiy strategiyalari quyidagilar 
hisoblanadi: 
markazlashtirilgan diversifikatsiya strategiyasi - chiqarilayot-
gan nomenklaturalarni texnik yoki marketing nuqtayi nazaridan 
firmaning mavjud tovarlariga o‘xshash mahsulotlar bilan to‘ldirishiga 
asoslanadi; 
gorizontal diversifikatsiya strategiyasi – mavjud nomenklatu-
rani avvaldan chiqarib kelinayotgan mahsulotlar yoki xizmatlarga 
o‘xshamaydigan va bog‘liq bo‘lmagan, lekin mavjud mijozlarda qiziqish 
uyg‘ota oladigan mahsulotlar bilan to‘ldirishni bildiradi; 
konglomerativ diversifikatsiya strategiyasi shundan iboratki, 
firma o‘zi qo‘llaydigan texnologiyasiga ham, uning hozirgi tovarlari va 
bozoriga ham hech qanday aloqasi yo‘q tovarlar ishlab chiqarish 
hisobiga kengayadi. 
Marketingni boshqarish (menejment marketingi) firmaning umumiy 
strategiyasi marketing xarakteriga egaligini bildiradi va raqobatchi kuchlar, 
bozor, tovarlar, narxlar va boshqalar. dinamikasining tahlilini ko‘zda tutadi. 
Ba’zan tashkilotning umumiy strategiyasi va uning marketing strategiyasi 
orasiga aniq chegara qo‘yish qiyin. 
Firmaning umumiy strategiyasi realizatsiyasi uning har bir 
funksional darajasiga (ITTKI, ishlab chiqarish, marketing, kadrlarga, 
moliyalashtirishga oid) maqsadlar qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bu maqsad-
larga erishish vositalari bu bo‘limlar tomonidan ishlab chiqiladigan 
funksional strategiyalar – ITTKI strategiyasi, ishlab chiqarish 
strategiyasi, marketing strategiyasi, moliyaviy strategiya va boshqalar 
hisoblanadi. 
Umumiy strategiya tashkilot va uning tashqi muhiti orasida balansni 
tutib turishga mo‘ljallangan. Undan chiqib keladigan marketing maqsadi 
firma tovari va u ishlaydigan bozor orasidagi tenglikni saqlash hisob-
lanadi. Marketingning maqsadi, masalan, shunday ko‘rinishi mumkin: 
– yillik, yaqin uch yil davomida tovarlarni tashqi bozorlarda sotish 
hajmini 10% ga ko‘paytirish; 
– ikki yil davomida kompaniya tovarlarini sotish hajmini 10%dan 
15% gacha ko‘paytirish. 
Marketing maqsadlariga yetish vositasi marketing strategiyasi bo‘lib 
qoladi. 
Marketing strategiyasi – marketing tadbirlarining mantiqan qurilgan 
umumiy yo‘nalishlari bo‘lib, kompaniya marketingining ma’lum 


127 
maqsadiga erishishini ta’minlaydi. Marketing strategiyasini realizatsiya 
qilish aniq marketing tadbirlarini, muddatlarini va ularni bajarish uchun 
kim javob berishini ko‘rsatgan holda, ya’ni marketing taktikasini ishlab 
chiqishni ko‘zda tutadi. Masalan, narxni pasaytirish yo‘li bilan bozor 
ulushini ko‘paytirish haqidagi qaror strategik hisoblanadi (bozorga 
chiqish strategiyasi), lekin aniq vaqtda narxni ma’lum foizga kamaytirish – 
bu taktikadr. 
Marketing strategiyasi firmaning maqsadli bozorini tanlash va 
raqobat sharoitida unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aniq strategiyalar 
tizimini ifodalaydi. Marketing strategiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– raqobatli strategiyalar; 
– bozor talablarini e’tiborga olish strategiyalari; 
– bozorni qamrab olish strategiyalari; 
– marketing kompleksi strategiyalari: tovar strategiyalari, narxni 
shakllantirish strategiyalari, savdo (o‘tkazish) strategiyalari va tovarni 
bozorga olib chiqish strategiyalari. 
Marketing strategiyalari bevosita maqsadli xaridorlar va raqobat-
chilar bilan bog‘liq, chunki tashkilot marketingi xaridorlar talablarini 
raqobatchilarga nisbatan yaxshiroq qondirishni ko‘zda tutadi. Shu bois, 
marketing strategiyasini ikkita asosiy yo‘nalishlari bilan ishlab chiqish 
bozor talabi va raqobat kurashi hisoblanadi. Amerikalik professor 
L.Rozenberg marketing strategiyasini talabni shakllantirish faoliyati 
bilan raqobatchilarni yengish bo‘yicha faoliyatning qo‘shilishi, deb 
belgiladi. 
Korxonaning strategik boshqaruv rejasi – bu korxona ichki resurs-
lari va bozor imkoniyatlarini bog‘lab turishni rivojlantirish va saqlab 
turish jarayonidir. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin