Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1420
w
www.oriens.uz
March
2022
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARIDA
QO‘LLANILADIGAN ASOSIY USLUBIY TAMOYILLAR
Mirzakarimov Xayotbek Xosilbekovich
AQXAI O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedra o‘qituvchisi
Mirzayev Mirkamol Qoratoyevich
AQXAI O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedra katta
o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan
asosiy uslubiy tamoyillar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Faollashtirish jarayoni, jismoniy tarbiya darslari, mashg‘ulotlar,
jismoniy mashqlar, uslubiy tamoyillar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена информация об основных методических
принципах, применяемых в занятиях физической культурой и спортом.
Ключевые слова: Активизационный процесс, занятия по физическому
воспитанию, занятия, упражнения, методические основы.
ABSTRACT
This article provides information on the basic methodological principles used in
physical education and sports.
Keywords: Activation process, physical education classes, classes, exercises,
methodological principles.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2021 yilni “Yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilli” deb nom berdilar.
Barchamizga ma’lumki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda,
aholi
salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportni o‘rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy
salomatligini shakllantirishni, sog‘lom turmush tarziga
intilish va sportga mehr-
muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi. Aholini ayniqsa
yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari,
turli sport
musobaqalarida ishtirok etishlari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va
imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi.