Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 413,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.12.2022
ölçüsü413,95 Kb.
#73018
1   2   3   4   5
jismoniy-tarbiya-va-sport-mashg-ulotlarida-qo-llaniladigan-asosiy-uslubiy-tamoyillar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1422 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
yaratishni ta`minlash. Pedagogika fanida bu printsiplarni o‘rgatishda taalluqligini 
hisobga olib, didaktik tamoyillar deb ataymiz.
Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarga o‘rgatish va shug‘ullanuvchilarni 
bilimlar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o‘z ichiga qamrab 
olganligi uchun tamoyillarni didaktik emas, metodik - uslubiy deb atash 
qonuniyroqdir. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy 
uslubiy tamoyillar o‘quvchilarning yoshlari qanday bo‘lishidan qat`iy nazar, barcha 
uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o‘quvchilar jismoniy 
tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo‘llarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. Onglilik va faollik tamoyili.
“Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o‘rganilayotgan temaga oid 
qonuniyat, ta`rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur, 
atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to‘g‘ri bayon qila olish, 
bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o‘rgatilgan bilimlardan turmushda 
mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga 
yo‘nalgan printsipdir.
Bilim malakalarni ongli o‘zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta`limning 
maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni 
o‘zaro farqlay bilish; bilimlarni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini 
sezish; tema yuzasidan o‘zi erishgan natijalarni baholay bilish.
Faollik esa, o‘z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos 
bo‘ladi. Bu printsiplar bir-birini to‘ldiradigan hodisalar bo‘lib, ularning mohiyatini 
tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayonlar sifatida tasavvur 
qilingandagina anglash mumkin. Faollik tashqaridan ichkariga yo‘nalgan jarayon 
sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida 
tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayon 
sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari 
mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to‘g‘ri keladi”.
Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan 
o‘rgatishga intilayotgan o‘qituvchi, ikkinchi tomondan o‘rganishga xohishi bo‘lgan 
o‘quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchi oldiga qo‘yilgan 
vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o‘rgatishning 
muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi. 
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar 
hisoblanadi. Amaliyotda esa onglilik va faollik jarayoni o‘zaro bog‘liqdir, ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. Sababi shuki o‘quvchining faolligisiz onglilikni 



Yüklə 413,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin