3-Amaliy Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi


Transformatorlarning yuqlanish qobiliyati



Yüklə 324,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.12.2022
ölçüsü324,08 Kb.
#73260
1   2   3
3-Amaliy -- (1)

3.3. Transformatorlarning yuqlanish qobiliyati  
  
Transformatorlarning yuklanish qobiliyati deganda ularning ruxsat etilgan 
yuklanishlari bilan o‘tayuklanishlari birgalikda tushuniladi.  
Ruxsat etlilgan yuklanish - vaqt bo‘yicha chegaralanmagan uzoq muddatli 
yuklanish bo‘lib, bunda chulg‘am izolyasiyasining qizishidan eskirishi nominal ish 
rejimidagi eskirishidan katta bo‘lmaydi.  
Transformatorning o‘tayuklanishi - izolyasiyaning tez eskirishiga olib 
keladigan yuklanish. Agar yuklanish ayni transformatorning nominal quvvatidan 
katta bo‘lsa yoki atrof-muhit harorati qabul qilingan hisobiy haroratdan +20
o
S dan 
ortiq bo‘lsa, shunday rejim hosil bo‘ladi. O‘tayuklanish avariyada va tizimli bo‘lishi 
mumkin.
Avariya o‘tayuklanishiga avariya hollarida, masalan, parallel ishlayotgan 
transformator ishdan chiqqan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Ruxsat etilgan yuklanish 
chulg‘am (+140
o
S) va moyning (+115
o
S) ruxsat etilgan chegara haroratlari bilan 
aniqlanadi. Standartlarga asosan nominal tokdan katta bo‘lgan qisqa muddatli 
avariya o‘tayuklanishga (oldingi yuklanishning davomiyligi va kattaligi, sovituvchi 
muhit harorati va o‘rnatish joyidan qat’iy nazar) quyida ko‘rsatilgan chegaralarda 
yo‘l qo‘yiladi:
Moyli transformatorlar:  
Tok bo‘yicha o‘tayuklanishi, % . . . . 30 45 60 75 100
O‘tayuklanish davomiyligi, min. . 120 80 45 20 10 Quruq 
transformatorlar:  
Tok bo‘yicha o‘tayuklanishi, % . . . . 20 30 40 50 60
O‘tayuklanish davomiyligi, min . . . .60 45 32 18 5


Uzoq muddatli avariya o‘tayuklanishi M, D, DS va S sovitish tizimli 
transformatorlar uchun 5 sutkadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida 40% ga yo‘l 
qo‘yiladi, bunda agar boshlang‘ich yuklama koeffitsienti k
1
ning qiymati 0,93 dan 
oshmasa, o‘tayuklanish davomiyligi bir sutkada 6 soatdan oshmasligi kerak.
I
ek.N
k

I
nom 
,
(3.1)
bu yerda I
nom
-transformatorning nominal toki; I
ek.N
-maksimumdan oldingi 10 soat 
davomidagi ekvivalent yuklanma, u quyidagi formuladan aniqlanadi:
a
12
t

a
22
t

..a
n2
I
ek.
I
nom

(3.2)
t

t

t

bu yerda a
1
, a
2
,…a
n
-nominal tok ulushidagi yuklanishlar o‘rtacha kattaligining turli 
pog‘onasi; t
1
, t
2
…t
n
-bu yuklanishlarning davomiyligi, soat.
Bunday o‘tayuklanishlanish chulg‘amlarning juda qizishiga olib kelishi 
mumkin, shu sababli transformatorni sovitishni kuchaytirish uchun tegishli tadbirlar 
ko‘rish (bakiga suv quyib turish, zaxira sovitgichlar, puflash, havo haydash 
ventilyatorlari va h.k. larni ishga tushirish) talab etiladi.
Transformatorlarning 
tizimli 
o‘tayuklanishlanishi ularning sutka 
davomida notekis yuklanishidan kelib 
chiqadi. 3.5-rasmda sutkali yuklanish 
grafigi keltirilgan bo‘lib, undan 
ko‘rinishicha transformator tungi, 
ertalabki va kunduzgi soatlarda etarli 
yuklanishlanmagan, 
kechkurung‘i 
maksimum vaqtida (18 dan to 22
3.5-rasm. 
Transformator 
yuklanishinig 
sutkali 
soatgacha) o‘tayuklanishlangan 
grafigi bo‘yicha ikki pog‘onali grafigi 
bo‘ladi. Yuklanish etarli bo‘lmasa, izolyasiyaning 
eskirishi kam bo‘lib,
o‘ta yuklanishdan ancha ortadi. Ruxsat etiladigan tizimli yuklanish chulg‘amning 
eng qizigan nuqtasining harorati +98
0
C dan oshmagandagi maksimal yuklanish va 
undan oldingi to‘liqsiz yuklanish vaqtida izolyasiyaning eskirishi transformatorning 
o‘zgarmas nominal yuklanishda ishlayotgan eskirishi bilan bir xil degan shartdan 
aniqlanadi.
Ruxsat etiladigan yuklanish koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:

Yüklə 324,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin