Shakllantirishning psixologik omillari



Yüklə 416,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix08.12.2022
ölçüsü416,32 Kb.
#73273
1   2   3   4   5   6
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-o-quv-motivatsiyasini-shakllantirishning-psixologik-omillari

 
 
Academic Research, Uzbekistan 387  www.ares.uz 
Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga munosabatini 
ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va hissiyotlar,
tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning uchun ham
motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar tahlil 
qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir. Motivlashtirishni o’rganish didaktika va 
pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu 
borada muayyan yutuqlar
qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la yechimiga hali 
erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi, xilma-xilligi tufayli 
ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning aniq usul va vositalarini
belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi.
 
MUHOKAMA
Ta’lim tizimida mavjud bo’lgan motivlarni turli mezonlarga ko’ra tasnif etish 
mumkin. Turiga ko’ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko’ra esa 
motivlar quyidagilarga bo’linadi: 
– Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o’qishning ijtimoiy ahamiyatini 
tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o’qish orqali o’zining jamiyatdagi ijtimoiy 
mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi. 
– Tor ijtimoiy (yoki pozisiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni 
egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o’z mehnatiga yarasha munosib 
taqdirlanishga bo’lgan intilish). 
– Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko’rinishdagi o’zaro 
hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o’z pozisiyasi va o’rinini belgilashga 
intilish). 
– Keng biluv motivlari. Erudisiyaga ko’ra yo’nalish olish, ta’lim jarayoni va 
uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o’quv-biluv faoliyati 
uning hayot faoliyatida yetakchi o’rin egallaydi. 
– O’quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o’quv 
predmetlarini o’zlashtirishga yo’nalganlik). 
– Mustaqil ta’lim motivlari (qo’shimcha bilmlarni egallashga yo’nalganlik). 
Amaliy pedagogikada bu motivlar yo’nalishi va mazmuniga ko’ra alohida guruhlarga 
birlashtiriladi: 
1) ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar; 
2) biluv motivlari; 
3) kasbiy ahamiyatga molik motivlar; 
4) estetik motivlar; 
5) kommunikativ; 
6) mavqe-pozisiyali motivlar; 
7) tarixiy-an’anaviy motivlar; 




Yüklə 416,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin