Academic Research, Uzbekistan 388 www.ares.uz 8) utilitar-amaliy motivlar.
Aniqlanishicha: a) jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’quvchilar o’quv
motivlarining u yoki bu gurhlari yetakchilik qiladi; b) motivlarning guruhlari o’zaro
dinamik bog’liq holda muayyan shart-sharoitlarga ko’ra amal qiladi. Ana shu
bog’lanishga ko’ra o’qishning (o’quv-biluv faoliyatining) harakatlantiruvchi kuchi
degan tushuncha paydo bo’ladiki, uning xarakteri, yo’nalganligi va ko’lami
motivlarning mujassam ta’siriga ko’ra belgilanadi. Turli xildagi motivlar didaktik
jarayonlarning kechishi va natijalariga turlicha ta’sir ko’satadi. Masalan, keng biluv
motivlari ko’proq ta’lim mazmunini qamrab olishga intilishda namoyon bo’ladi, amm
shunga qaramay bu motivlar o’quv-biluv motivlariga nisbatan kuchsiz bo’ladi. Chunki
o’quv-biluv motivlari tor sohada mustaqil faoliyat yuritishga stimullashtiruvchi eng
yaxshi vosita bo’lib hisoblanadi. Raqobatchilik muhitida esa ko’proq utilitar-amaliy
motivlar hukmronlik qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktab o’quvchilari
motivlarini maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakatlar asosida yotuvchi - qo’zg’otuvchi
hamda umumahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarni shaxsiy qadriyatlar darajasiga
olib chiqadigan mohiyat kasb etuvchi motivlar singari turlarga ajratish mumkin.
XULOSA Ta’lim
jarayonida
o’quvchilarning
o’quv-biluv
faoliyatini
motivlashtirishda o’qituvchi juda muhim o’rin egallaydi. Chunki u ta’lim
jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi subyekt sifatida o’quvchilarning o’quv-
biluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi. Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir
dalaning hosilidir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni stimullashtirish ularda o’quv-biluv
motivlarining boshqa motivlardan
ko’ra kuchliroq bo’lishiga xizmat qiladi.