Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
266
“Intercultural Communication and Mutual Understanding”
Special Issue | 2022
davridan o'tdi, ushbu soha o'z tadqiq ob'ektini (nutqiy muloqot tizimi)
va tahlil metodlarini
asosan aniqlab oldi. Pragmatik tahlil tamoyillarini belgilovchi asosiy metodologik goya ham
aniq: bu - faoliyat iazariyasidir. Ammo pragmalingvistika hamon "navqironlik" davrida.
Navqironlik esa - istiqbolli rejalarga to'liqlikdir, hozircha hal etilishi lozim bo'lgan
muammolardan tap tortmaslikdir. Darhaqiqat, barkamollikka intilayotgan pragmatika fani
lisonning inson, jamiyat xizmatida bo'lishidagi vazifasining qanday
amalga oshirilishi borasida
izlanishlarni davom ettirishga majbur. Bu izlanishlar lisoniy bilim sohasidagi ushbu
yo'nalishning yangi nazariy goyalar bilan boyitilishini talab etadi. [2]
Endi bu bosqichning o’zini tahlil qiladigan bo’lsak, “pragmatika" so'zi yunoncha "amaliyot"
so'zidan kelib chiqqan bo’lib, Pragmalingvistika bu tilni amalda (amaliyoti)da o'rganadigan
sohadir. Bu fanning g'oyalari semiotika deb nomlangan fanning asoschilari amerikalik olimlar J.
Pirs va J. Morrisning asarlaridan kelib chiqqan. Semiotika - bu belgilar va imo -ishora tizimlari
haqidagi fan. Aynan J. Morris sintaktik (sintaksis), semantik va pragmatikani farqlagan.
Sintaktika - bu belgilar va ulardan foydalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar. Dastlab olimlar
diqqatini sintaktikaga (sintaksis morfologiyasi, matn tuzilishi), so'ngra og'zaki belgilar va ob'ekt,
tushunchalar, atrofdagi olam hodisalari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq semantikaga
qaratdilar. Pragmalingvistika 60-70-yillarda paydo bo'lgan.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amerikada hukmron bo'lgan
falsafiy pragmatizm
yo'nalishining asoschilaridan biri Charlz Sanders Pirs (1839-1914) edi. Ushbu falsafiy tizimning
asosiy goyasi semiotik belgining (shu jumladan, lisoniy belgining ham) ma'nomazmunini ushbu
belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqiyati bilan bogliq holda
o'rganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch.Pirs birinchilardan bo'lib, belgi nazariyasi doirasida
kommunikativ faoliyat sub'ekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi.[3]
Ch.Pirsning talqinicha, belgining munosabat maydoni uch yo'nalishdan iborat:
1) belgi, aniqrogi - reprezentamen, biror narsaning o'rnini almashtiruvchi moddiy ko'rinishga
ega bo'lgan vosita;
2) idrok etuvchining ongidan o'rin olgan va belgining tavsifini beruvchi vosita - interpretanta;
3) belgida aks topayotgan ob'ekt
[4] [5]. Ushbu munosabatlar maydonini kuyidagi shaklda tasvirlash mumkin:
Shakldan ko'rinib turibdiki, belgi uni idrok etuvchi shaxsning faoliyatini ta'minlaydi, unga ta'sir
o'tkazuvchi tuzilmadir. Ta'sir o'tkazmaydigan belgining o'zi ham bo'lmaydi.
Xuddi shunday
ta'sirni Ch.Pirs interpretanta deb ataydi. Ch.Pirsning semiotic tizimini qanchalik "ilmiy va
mantiqiy asosga ega emaslikda" [6] ayblashmasin, uning goyalari nafaqat falsafiy pragmatizm,
balki undan 50 yillar keyin shakllangan lingvopragmatika uchun ham muhim nazariy asosdir.
Ayniqsa, "interpretanta" tushunchasining kiritilishi muhimdir. Bu tushuncha semiotik jarayon
(semiozis) ning harakatchan faoliyat jarayoni ekanligini ta'kidladi,
chunki lisoniy belgining
idroki ta'siridagi shaxs (tinglovchi)da turli his-tuygu tugiladi, ma'lum bir harakat istagi paydo
bo'ladi yoki shunga majbur bo'ladi.
Bu fanning eng mashhur vakillari - G. Gris, J.Sirle, J. Ostin, T. van Deyk, G. Leech. Nutq aktlari
nazariyasini ishlab chiqqan J.Ostin va muloqot tamoyilini (xushmuomalalik, maksimalizm)
ishlab chiqqan G.Grays katta hissa qo'shdi. Rus tilshunosligida Yu.S. Stepanov, N.D.
Arutyunova, V.Z. Demyankov, E.S.Aznaurovani eslatib o'tish kerak.
Tilshunoslikning Pragmalingvistika bosqichi quyidagi muammolarga bog'liq bo'lgan
turli
yondashuvlar va qarashlar bilan tavsiflanadi: