53
uchun umumiydir. Parallel ishlaydigan ikki kamerali injektor
(karburator) o‘rnatilgan dvigatellarda esa kiritish quvurlari ikkita kiritish
tuynugi bilan ta’minlangan.
2.6. O’t oldirish tizimi
Yangi o‘t oldirish sistemalarini yaratish yo‘nalishidagi eng katta
yutuq mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemasining ixtiro qilinishi va
amalda tatbiq qilina boshlanishidir. Mikroprotsessor - bu kichik elektron
hisoblash mashinasi bo‘lib, u yordamida o‘t oldirishni boshqarish bilan
bir qatorda dvigateldagi boshqa ko‘p jarayonlar ham nazorat
qilinadi va
rostlanadi. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimiga misol tariqasida
Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimini keltirish mumkin (33-rasm).
Bu avtomobillarda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi elektron boshqarish
bloki (EBB), ya’ni mikroprotsessor vositasida rostlanadi. Bu
dvigateldagi o‘t oldirish daqiqasini belgilashda markazdan qochma va
vakuum rostlagich kabi mexanik moslamalarga nisbatan ancha yuqori
aniqlikka erishish, dvigatelni tejamkorligini, quvvatini
oshirish va
chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirish
imkoniyatini beradi.
O‘t oldirish daqiqasini belgilash uchun elektron boshqarish bloki
quyidagi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi:
- tirsakli valning
buralish burchagi;
- tirsakli valning aylanishlar chastotasi;
- dvigatelning yuklamasi (kiritish kollektoridagi siyraklanish orqali);
- dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik harorati.
O‘t oldirish tizimi, karburatorli dvigatelning silindrlarida yonilg‘i
havo aralashmasini silindrlarning ishlash tartibiga
mos ravishda, o‘z
vaqtida va ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani
o‘t oldirish, har bir silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish
shami elektrodlari orasidagi elektr razrad natijasida hosil bo‘ladigan
uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish shamlarining
elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi,
ularga uzatilgan yuqori
kuchlanish (
a12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi aralashmani
ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi
uchqunli razrad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon
dvigatellarida uchqunli razrad energiyasi 20-100mDj ni tashkil qiladi va
u dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.
54
Past kuchlanishda (48 V gacha) ishlovchi
izolatsiya va asboblar
chastotasi 50 Gs kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda
tekshiriladi. O‘zgaruvchan tok generatorlari, starterlar, cho‘g‘lanish
svechalari, faralar, nazorat o‘lchov asboblari,
yoritgichlarni uzgichlari
bunday asboblar jumlasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: