56
holda, suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi.
Suyuqlashtirilgan yonilg‘i aralashmasini ishonchli ravishda o‘t oldirish
uchun o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqishni kattalash-
tirish, ya’ni uchqun uzunligini va quvvatini oshirish kerak bo‘ladi.
Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish shamining elektrodlari
orasidagi tirqish 0,8-1,2mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning
tejamli ishlashini ta’minlash uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini
oshirish zarur.
Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan,
tejamli ishlaydigan hozirgi zamon dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t
oldirish sitemasiga ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan:
- ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik
darajasini va xizmat muddatini ko‘tarish;
- uchqunli razrad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma
rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli
bo‘lishi kerak (15...50mDj va undan ortiq);
- turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining
ifloslanishi, atrof muhit haroratining o‘zgarishi, tok manbai
kuchlanishining kamayib-ortishi va hokazo) barqaror uchqun hosil
bo‘lishini ta’minlash;
- hamma elementlar katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror
ishlashini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: