55
cho‘lg‘amda kuchlanish 10...12V ni tashkil qilsa, ikkilamchi
cho‘lg‘amda kuchlanish 300…400V gacha oshadi.
Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan
(tirqishdan) elektr uchquni o‘tishi uchun kamida 16000…20000 V kerak
buladi.
Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi
tok zanjiri uzgich
kontakitlari tomonidan uzilishi bilan xosil bo‘ladi, chunki tok yunalishi
bilan magnit maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo‘qola boshlaydi.
Magnit kuch chiziklari katta tezlikda o‘zak
tomonga intilish jarayonida
ikkilamchi cho‘lg‘am o‘ramlarini kesib o‘tadi. Buning natijasida
ikkilamchi cho‘lg‘amda 16...25kV gacha
yuqori kuchlanishli elektr
yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu tufayli yondirish svechasi
elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi.
Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi
cho‘lg‘amida ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil
bo‘lib, uning yo‘nalishi ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qarama-
qarshi bo‘ladi. Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari
orasidan uchqunlanib o‘tishiga olib ketadi, natijada ular tez-tez kuyib,
kichik kuchlanishli tokni o‘tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab
qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-o‘zini induksiyalash EYUKni o‘ziga
qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi.
Undan keyin kondensa-
tordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zryadsizlanishi natijasida
ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu zaradsizlanish
indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z
navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: