58
kuchlanish qiymati uzgich kontaktlari chidamliligi bilan cheklanmasdan,
balki tranzistorning tavsifnomasi bilan belgilanadi.
Kontaktli o‘t oldirish sistemasi tarkibiga tranzistor kiritilishi, bu
sistemaga xos bo‘lgan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyatini
bermaydi. Xususan, ko‘p silindrli dvigatellarda aylanishlar chastota-
sining katta qiymatlarida uzgich pishangchasining dirrilash hodisasi ruy
berib, bu bir sikl (ya’ni bir uchqun hosil bo‘lish uchun ajratilgan vaqt)
davomida kontaktlarni ko‘p marta uzilib tutashishiga olib keladi.
Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati ancha kam bo‘lgan bir necha
uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining belgilangan
qiymati o‘zgarib ketadi, o‘t oldirish ishonchli amalga oshirilmaydi.
Bundan tashqari uzgich kontaktlarining yeyilishi, oksidlanishi va
ifloslanishi o‘t oldirish sistemasining ishonchlilik darajasini pasaytiradi.
Kontaktlar oksidlanishi, ifloslanishi va moylanib qolishi, ularning
kontakt qarshiligi oshib ketishiga va tranzistorni boshqarish toki
Ib
qiymatini kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va
o‘t oldirish sistemasini ishlamaslik hol-larini vujudga keltiradi. Ishlatish
davrida qo‘shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda,
uzgich kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji
ham kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi.
35-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi.
a) umumiy sxemasi; b) datchik kuchlanishi U ni, turli aylanishlar sonida doimiy
magnitning buralish burchagi
D
ga bog‘liqligi; n
1
va n
2
tirsakli valning minimal va
maksimal aylanishlar chastotasi; Ub
-e
tranzistor to‘la ochilishi uchun zarur
bo‘lgan datchik kuchlanishi.
Dostları ilə paylaş: