6.1-Laboratoriya ishi
Mavzu: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish
Ishdan maqsad: C++ va ma`lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratishni
o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: C++ builder 6 dasturining ma`lumotlar bazasi bilan ishlaydigan
komponentalarni o`rganish va ular ishtirokida ma`lumotlar bazasi ma`lumotlari bilan
oddiy interfeys yaratish. Ma`lumotlar bazasi sifatida Oracle va interfeys sifatida C++
builder 6 dasturlari o`rtasida aloqa o`rnatish.
Uslubiy ko`rsatmalar: C++ dasturlash tilida ma`lumotlar bazasi bilan
ishlaydigan ADO, DataAccess, DataControl va dbExpress kabi komponenta bo`limlari
mavjud. Ular orqali ma`lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin. Interfeysda
ma`lumotlar bazasini chaqirish uchun ADOConnection, ADOQuery va DataSource
komponentalaridan foydalanish kifoya. Ma`lumotlar bazasidagi ob`yektni aks ettirish
uchun esa DBGrid komponentasidan foydalaniladi. DBGrid komponentasi
jadvallarni aks ettiradigan komponenta hisoblanadi.
ADOConnection komponentasi ADO bo`limida joylashgan bo`lib, u
ma`lumotlar bazasi bilan aloqa o`rnatishga xizmat qiladi.
ADOQuery komponentasi ham ADO bo`limida joylashgan bo`lib bog`langan
ma`lumotlar bazasiga so`rovlar yozishda ishlatiladi.
DataSource komponentasi esa Data Access bo`limida joylashgan bo`lib,
so`rovlarni dbGrid komponentasi, ya`ni so`rovlarni jadvallarda aks ettiradi.
Yuqorida ko`rib chiqilgan komponentalar ma`lumotlar bazasi bilan aloqa
o`rnatishda muhim komponentalar hisoblanadi. Ma`lumotlar bazasini boshqarish
tizimining qaysi turi bo`lishidan qat`iy nazar bu komponentalardan foydalaniladi.
Shunday ekan C++ builder 6 dasturi va Oracle ma`lumotlar bazasi bog`lashni ko`rib
chiqilgan.
7.1 rasm. C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi
7.1 rasmda C++ Builder 6 dasturining bosh oynasi keltirilgan bo`lib, ma`lumotlar
bazasi bilan aloqa o`rnatishda ADO va DataAccess bo`limlaridan foydalaniladi. Avvalo
bu uchta komponentani ishga tushirish kerak bo`ladi. Bu komponentalar dastur ishga
tushganda ko`rinmaydi. Ular forma osti komponentalari hisoblanadi.
7.2 rasm. Asosiy komponentalarni ishga tushirilishi
7.2 rasmda asosiy komponentalar ishga tushirilgan. Keyingi qadam har bir
komponentani xususiyatiga o`zgartirishlar kiritish bilan bo`g`liq. Birinchi navbatda
ADOConnect komponentasi xususiyatining kerakli sozlamalari kiritiladi.
7.3. rasm. ADOConnection komponentasining xususiyati ADOConnection
komponentasining xususiyatlarini kerakli bo`limlariga
o`zgartirishlar kiritilishi shart. Bulardan biri ConnectionString xususiyatidir. Uni ishga
tushirganimizda 7.3 rasmdagi oyna hosil bo`ladi. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa
o`rnatishimiz uchun undagi “Build” tugmasi bosiladi va ma`lumotlar bazasini
boshqarish tizimiga moslab kerakli bo`limi tanlanadi. Masalan Oracle bilan
bog`lanishni amalga oshirish uchun “Microsoft OLE DB Provider for Oracle” bo`limi
tanlanadi
7.4 rasm. MBBTni tanlash oynasi
Ushbu bo`lim tanlanib “Далее” tugmasi bosiladi va 7.5 rasm hosil bo`ladi.
7.5 rasm. MBBT bilan bog`lash bo`limi
7.5 rasmda ko`rsatilgan oyna asosiy qilinadigan amallardan tashkil topgan.
Bunda server nomini kiritish talab etiladi. Agar Oracle serverga joylashmagan bo`lsa
shaxsiy kompyuterni IP adressini yozish kifoya. Keyingi qadamda esa MBBT
foydalanuvchi nomi va paroli kiritiladi. So`ralgan ma`lumotlar kiritilgandan so`ng
ma`lumotlar bazasi bilan bog`langanligini tekshirib ko`rish mumkin va “OK” tugmasi
bosiladi.
7.6 rasm. ADOQuery komponentasi xususiyatlari
ADOQuery komponentasining Connection xususiyatini “ADOConnection1” va
DataSource xususiyatini “DataSource1” nomlari bilan belgilash maqsadga muvofiq.
Bunda uchta komponenta bir biri bilan aloqa bo`ladi.
Keyingi qadam esa ADOQuery komponentasining SQL xususiyatga so`rov
yozish bilan davom ettiriladi.
7.7. rasm. SQL xususiyati oynasi
ADOQuery komponentasining Active xususiyatiga “True” belgilanadi.
Shundagina
kiritilgan
so`rov
ishga
tushadi
va
tekshiriladi.
DataSource
komponentasininng DataSet xususiyatiga “ADOQuery1” belgilanadi. Bu bilan ikkita
komponent o`rtasida aloqa o`rnatiladi.
Kiritilga so`rovni aks ettirish uchun yana bir komponenta DBGrid komponentasi
kerak bo`ladi. Bu komponenta Data Controls bo`limida joylashgan. U ishga
tushirilgandan keyin esa Data Source xususiyatiga “DataSource1” belgilanadi.
Tayyor bo`lgan loyiha kompilyatsiya qilinadi. Bu jarayon 7.8. rasmda aks ettirilgan.
7.8. rasm. Kompilyatsiya jarayoni
Bu loyiha har safar ishga tushirilganda ma`lumotlar bazasi logini va paroli
tizim tomonidan so`raladi. Buni oldini olish uchun ADOConnection komponentasining
LoginPromt xususiyatiga “False” belgilanadi.
Bu yerda keltirilgan Laboratoriya ishi Oracle ma’lumotlar bazasi uchun
qurilgan bo’lib, agarda birorta muammo bo’ladigan bo’lsa ma’ruza
mashg’ulotlariga tayangan holatda biror bir ma’lumotlar bazasini qo’llab
quvvatlaydigan dasturiy ta’minot(Microsoft Access, Denwer, Open Server,
SQL Server va boshqalar) dan foydalanishingiz mumkin
Dostları ilə paylaş: |