Buxoro muhandislik texnologiya instituti


Multimedia texnologiyalari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/34
tarix13.12.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#74312
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
intellektual tizimlar fanining ekspert tizimlar bolimi bojicha elektron modul yaratish

 
Multimedia texnologiyalari: Multimedia deganda kompyuter uchun 
mo‘ljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat
texnik yoki dasturiy majmua tushuniladi. Bu majmuani bir to‘plam sifatida olib
qaraydigan bo‘lsak uning elementlarini tovush, video va animatsiya effektlari 
tashkil etadi. Ularni bir so‘z bilan “multimedia elementlari” deb atash mumkin. Endi 
tabiiy savol tug‘iladi: “Bu multimedia elementlarining tatbiqiy doirasi qanaqa va 
qanday tatbiq etiladi?”. Birinchidan, multimedia elementlarining tadbiqiy obyekti
– bu hujjat, yani elektron ko‘rinishidagi hujjat. Qachonki elektron hujjatga 
multimedia elementlari biriktirilsagina u “multimedia hujjati” deb atalishi mumkin. 
Ikkinchidan, muiltimedia hujjatlarini yaratish uchun kompyuterning turli texnik 
qurilmalari va maxsus dasturiy ta’minotlar ishlatiladi. Mana shu texnik qurilmalarni
biz “multimedianing texnik vositalari”, maxsus dasturiy ta’minotlarni esa
“multimedianing dasturiy vositalari”, har ikkalasini birlashtirib, umumiy holda 


FIO 
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar” 
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet 
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba 
Najmiddinov J.R. 
“multimedia vositalari” deb ataymiz. Multimedia vositalari jumlasiga yana bir vosita 
– hujjat ta’minoti, boshqacha aytadigan bo‘lsak, tayyor multimedia hujjati ta’minotini 
ham kiritishimiz mumkin. Chunki, yangi multimedia hujjatini yaratish chog‘ida eski
ya’ni oldindan bor bo‘lgan mavjud hujjat ta’minotidan ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
a) texnik multimedia vositalari;
b) dasturiy multimedia vositalati;
d) mavjud multimedia hujjati ta’minoti;
Endi bu vositalardan foydalanish masalasi, aniqroq aytganda foydalana olish 
muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir texnik qurilmadan 
foydalanishning ham o‘z qonun-qoidalari bor. Har bir dasturiy ta’minotdan
foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun qoidalari bor. Ularni qayerda,
qanday qo‘llash kerakliligining o‘zi alohida metodikani talab etadi. Ana endi,
biror multimedia hujjatini yangidan yaratish uchun multimedia vositalari bilan
birgalikda ularning yoniga ularni qo‘llash bo‘yicha uslub ham qo‘shildi. Demak,
multimedia vositalari va ularni tatbiq etish bo‘yicha uslublar jamlanmasi 
birgalikda “multimedia texnologiyalari”ni tashkil etadi. Multimedia texnologiyalari
axborotning ko‘pgina turlarini o‘zida integratsiyalaydi. Masalan:
a) skanerdan olingan tasvirlar;
b) yozib olingan ovoz, musiqaviy effektlar va musiqa;
d) murakkab videoeffektli videolar;
e) turli animatsiyalar. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin