FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
- tarkibiy elementlar: matn qismining kalit so’zlari, shu matn qismi javob
beradigan muammoli savollar, akademik matnning u yoki bu qismiga
talabaning diqqatini jalb etuvchi savol yoki ko’rsatmalar;
- “matn oldi”
savollari, talabani mumkin bo’lgan xatolardan ogohlantiruvchi
zaruriy bilimlarni aktuallashtirish imkonini beradigan mashqlar yoki kichik
matnlar, yangi materialning o’rganilgan material kontekstidagi rolini
belgilash;
- o’rganilayotgan fanga qiziqishni orttiradigan matnlar yoki boshqa materiallar;
- o’quv matni qismlari xulosasi.
Akademik matn mustaqil o’qiyotgan talabani psixologik-pedagogik qo’llab
quvvatlash elementlarini o’z ichiga olishi kerak.
Fan mazmunini mustaqil o’rganishda akademik
matndagi didaktik va
psixologik-pedagogik elementlar talabaning o’quv faoliyatidagi muvaffaqiyatini his
etishini uning o’ziga bo’lgan ishonchini ta’minlashi kerak. Bunda takrorlash,
mustahkamlash va umumlashtirish muhim rol o’ynaydi. Bu borada mazmuniga ko’ra
sinov yoki imtihon mashqlari yoki testlariga yaqin bo’lgan mashq yoki testlar foyda
beradi.
Oraliq mashqlar turli xil javoblar va javob namunalari bilan ilova qilinadi,
qaysikim talabaga uning qay darajada muvaffaqiyatli o’rganayotganini aniqlashga
yordam beradi.
e) nazorat bloki
Ta’lim vositasi nafaqat informativ shuningdek nazorat funksiyalarini o’z
zimmasiga olishi kerak. Vaholahki, akademik matn
mazmuni doirasida mustaqil
o’quv faoliyati natijalarini to’liq nazorat qilishdagi ahamiyati yetarlicha yuqori
darajada bo’lishi kerak. Umuman o'quv-uslubiy majmua vositalari nafaqat fan
mazmunining talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini balkim bir vaqtning o’zida
ularning ijodiy, izlanish salohiyatlarini amalga oshirish imkonini nazorat qilishi
kerak.
Shunday qilib, o’quv modulining nazorat bloki hech bolmaganda ikkita maqsad
uchun xizmat qilishi kerak:
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
- talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar sifatini aniqlash;
- mustaqil ijodiy, tadqiqiy va loyihaviy fiklashini rivojlantirish.
Nazorat blokidagi ba’zi mashqlarni bajarib talaba bilimlarni o’zlashtirish
darajasini namoyish qilishi, boshqalarini bajarib o’rganilayotgan bilimlar sohasidagi
munozaralarga nisbatan o’zinig o’rnini shakllantirishi lozim.
Ikkinchi turdagi mashq ilmiy adabiyotlardan tayyor javob-andazalarni topishni
rad etadi.
Nazorat topshiriqlari o’rganilayotgan fanning
barcha tugun muammolariga
taalluqli bo’lishi, ilmiy adabiyotlarning muhim klassik va dasturiy qismlarini
mustaqil o’rganishga yo’naltirishi kerak.
f) ilova
O’quv modulining ilovalari o’quv topshiriqlari javoblari va yechimlari
namunalari, ular uchun zaruriy izohlarga ega bo’ladi. Bundan tashqari ilovalar
dastlabki manbaalar matnlari qismlari, boshqa o’quv va ko’rgazmali materiallarni o’z
ichiga olishi mumkin.
j) o'quv modulining qo’shimcha vositalari
Bosma informatsion matnli modullar bilan bir qatorda ularni qo’shimcha
o’qitish vositalari bilan birgalikda olib borish samarali hisoblanadi.
O'quv-uslubiy majmua yordamida o’quv jarayonini modernizatsiya qilishning
bosma va boshqa vositalari bir –birini to’ldirishi oqilona hisoblanadi, audio, video va
kompyuterli o’qitish vositalari bosma ko’rinishda qiyin realizatsiya qilinadigan yoki
qattiq tashuvchilarda realizatsiya qilib bo’maydigan vazifalarini bajaradi.
Audio tashuvchilar (audiokassetalar, ovozli kommpyuter fayllari) o'quv
moduliga jo’r bo’lishi va bosma materiallarga tayanch
vosita sifatida nomoyon
bo’lishi mumkin. Audio tashuvchilarda o’quv kursining asosiy muammolari majmui,
eng muhim maruzalarning matinlari yoki ularning qismlari saqlanadi.
Video tashuvchilarda (videokassetalar, kompyuter video fayllari) o’quv
(jumladan animatsion), bosma materiallarni vizuallashtirish vazifasini bajaruvchi
filmlarini o’zida saqlaydi. Bu esa ayniqsa laboratoriya tajribalarini namoyish qilishda
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
va o’rganilishi muhim, lekin tajriba orqali kuzatish qiyin yoki mumkin bo’lmagan
hodisa va jarayonlarni ko’rsatishda juda muhimdir [6].
Ayniqsa, o'quv materaillarini elektron tashuvchilarda yaratish va foydalanish
samarali hisoblanadi. Avvalom bor, bu bosma materiallarning elektron varianlari
bo’lishi mumkin. Tanqidlarga qaramasdan bu yo’l yetarlicha istiqbolli bo’lib
ko’rinadi, ayniqsa bosma materiallarning elektron analoglari
didaktik materiallarga
ko’ra strukturalashtirilgan hamda gipermatnlashtirilgan va axborot qidirish tizimi
bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin.
Ayniqsa multimediali o’qitish vositalari samaraliroq hisoblanadi chunki ular
matnlar, grafik materiallar, ovoz va videolarni o’zida birlashtiradi hamda
o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni to’liqroq tasavvur etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: