O’zbekiston Respublikasi va oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 459,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix13.12.2022
ölçüsü459,44 Kb.
#74344
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tribotexnika asoslari



 
O’zbekiston Respublikasi va oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
 
Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

TRIBOTEXNIKA ASOSLARI 
5320300 – Texnologik mashina va jihozlar ta`lim yo’nalishi 
uchun 
MA’RUZALAR MATNI 
Namangan-2014 


Ushbu ma’ruzalar matni 5320300 –Texnologik mashina va jihozlar ta’lim 
yo’nalishi uchun tayyorlangan ishchi o’quv dasturi asosida tuzilgan. 
Tuzuvchi: M.Abduvaxidov, NamMTI, TMJ kafedrasi dotsenti
M.Sayidmurodov, NamMTI, TMJ kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: A.Botirov, NamM’I, TMJ kafedrasi dotsenti 
A.Burxonov, NamMTI, TMJ kafedrasi dotsenti 
Ma’ruzalar matni Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Texnologik 
mashina va jihozlar" kafedrasining yig’ilishida tasdiqlangan. 27 avgust 2014 yil, 
bayonnoma № 1 
Ma’ruzalar matni Namangan muhandislik - texnologiya instituti o’quv-uslubiy 
kengashida muhokama kilingan va cho’ etishga ruxsat etilgan 31 avgust 2014 yil,
bayonnoma № 1 
 


1-MA’RUZA 
ISHQALANISH VA YEYILISH TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 
Reja 
1.Tribotexnika fanining rivojlanish tarixi. 
2. Amonton, Kulon va Yeylerning ishqalanish to’g’risidagi qonunlari. 
3.Ishqalanish va yeyilish jarayonining asosiy atamalari. 
Ishqalanish tabiatning ajoyib xodisasidir. U insoniyatga issiqlik va olov berdi, 
tormoz sistemasi tufayli tez yurib ketayotgan poezd va avtomobilni kiska vakt 
ichida to’xtatish, kimeviy reaktsiyani minglarcha marotaba tezlashtirish, odam 
ovozini plastinkaga yozib olish, g’ijjak ovozlarini eshitish imkonini va boshqa ko’p 
narsalarni berdi. 
Ishqalanish - deyarli xar kanday mexanizm ishlaganida albatta sodir bo’ladigan
jarayon. Texnikada u ikki xil axamiyatga ega: ijobiy va salbiy. Podshipniklar, tishli 
uzatmalar, porshenli tizimlarda ishqalanish sirtlarining yeyilishiga, kuvvatni isrof
bo’lishiga olib keladi. Foydalanayotgan energiyaning 30-40% ishqalanishga sarf 
buladi. SHuning uchun bu o’rinda ishqalanish zararli omil hisoblanadi. Tormozlar va 
ilashish muftalarida esa ishqalanish foydalidir, shu bois bu o’rinda yeyilishning 
ruxsat etilgan chekli qiymatlaridan chiqib ketmagan holda uni ma’lum kiymatgacha 
oshirishga xarakat kilinadi. Ishqalanishning natijasi yeyilish xodisasidir. Olimlarning 
olib borgan izlanishlari shuni ko’rsatmokdaki mashina va mexanizmlarning ishlash 
qobiliyatini 80-90 % ga sabab ishqalanish hisobiga yeyilishdir. 
Ishqalanish tabiatini o’rganishni birinchi bor qadim zamonlarda Aristotelь 
boshlagan edi. Uningcha, har-bir real jismning siljishida u tashqi qarshilikka duchor 
bo’ladiku, bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og’irligiga) bog’liqdir. Ammo 
Aristotelь inertsiya xodisasini bilmas edi. CHunki u jismning o’ziga bog’liq bo’lgan 
qarshilik bilan jism xarakatidan hosil bo’lgan tashqi muxit qarshiligining farqiga 
yetolmagan edi. 
Keyinroq Leonardo da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq o’rganib, 
o’zining bu sohaga ulkan xissalarini qo’shdi. U davrda olimlar va ixtirochilar 


o’rtasida abadiy dvigatelь yasash to’g’risidagi tortishuvlar eng avjiga chiqqan vaqt 
edi. Leonardo da Vinchi abadiy dvigatelь yasash mumkin emasligiga ishqalanish 
jarayoni yo’l qo’ymasligini isbotlab berdi va ishqalanish kuchi qo’yidagi omillarga: 
-ishqalanish yuzalarining materialiga; 
-ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga; 
-ishqalanish koeffitsienti yuk (nagruzka)ning qiymatiga to’g’ri proportsional 
ekanligini isbotlab berdi. Ishqalanish kuchi miqdorini kamaytirish uchun ishqalanish 
yuzalari oralig’iga rolik yoki sharik qo’yish kerakligini aniqlab berdi.
Ishqalanuvchi 
uzellarning 
tuzilishini 
ish 
sharoitiga 
moslashtirish 
mexanizmlarning ishlash samaradorligini belgilaydi va friktsion tuzilmaning 
chidamliligi 
xamda 
ishonchliligini 
oshirish 
imkonini 
beradi. 
Ishqalanish 
materiallarini tadkik kilish soxasida tuplangan tajriba va mashina detallarining 
ishqalanishi, yeyilishi xamda moylanishiga oid nazariy ishlar maxsus texnik fan - 
tribologiya fanini yaratish imkonini berdi. 
Tribologiya - yunoncha so’z bulib «Tribos» - «Ishqalanish» - «Logos» - «Fan» 
ya’ni - «Ishqalanish va yeyilish» xakidagi fan demakdir.
Tribotexnika - qattik jismlar bir biriga nisbatan xarakatlanganida ularning ta’sir 
ko’rsatuvi xaqidagi fan bo’lib mashina va mexanizmlardagi ishqalanish, yeyilish va 
moylashga oid butun masalalar majmuini o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda 
tribotexnikada yangi bo’limlar tribokimyo, tribofizika va tribomexanika bulimlari 
rivojlanmokda. 
Tribokimyo - o’zaro urinuvchi sirtlarning kimeviy aktiv muxit bilan 
ta’sirlashuvini o’rganadi. U ishqalanishdagi yemirilish muammolarini, tanlama 
ko’chirishning kimyoviy asoslarini va ishqalanishda metall va polimerlarning yoki 
moylash materialining parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan kimyoviy aktiv
moddalarning detallar sirtiga ta’sirini tekshiradi. 
Tribofizika - o’zaro urinuvchi sirtlarning, xarakatlangan vaqtdagi o’zaro 
ta’sirlashuvi jihatlarini o’rganadi. 
Tribomexanika - o’zaro urinuvchi sirlarning o’zaro ta’sirlashish mexanikasini 
o’rganadi. U energiyaning, impulьsning tarqalishini, ishqalanishdagi mexanik 


o’xshashlikni, reaktsion tebranishlarni, reversiv ishqalanishni, gidrodinamika 
tenglamalari va boshqalarni ishqalanish, yeyilish hamda moylash masalalariga 
bog’lab o’rganadi. 
Tribotexnikaga oid ko’pgina atamalar standartlashtirilgan. GOST-23. 
Ishqalanish sabablarini o’rganishda Leonardo da Vinchi o’zini katta hissasini q 
o’shgandir. U birinchi bo’lib ishqalanish koeffitsienti tushunchasini kiritdi. Bunda 
ishqalanish kuchi ishqalanaetgan yuzalar materialiga, ularning yuza tozaligiga 
bog’likligini, yuklanishga to’g’ri proportsionalligini aniqlagan. Buni bartaraf qilish 
uchun yuzalar orasiga roliklar qo’yish yoki yog’lashni tavsiya etgan.
Galiley tomonidan qilingan yangilik, ya’ni inertsiya qonuni va jismni massasi 
xaqidagi tushun chalarni o chilishi mexanikada katta o’zgarish sodir qildi. Galiley, 
jism he ch qanday qarshiliksiz bo’shliqda, doimiy bir xil tashqi kuch ta’sirida doimo 
bir xil tezlanishda harakatlanishini isbotladi. Bu esa, inertsiya va tezlikni
o’zgarishidan xosil bo’ladigan harakat qarshiligidan, tashqi ishqalanish kuchlaridan 
xosil bo’ladigan tashqi muhit qarshiligini farqlash imkonini berdi.
 
1699 yilda fransuz olimi Amonton birinchi bo’lib ishqalanish kuchining 
yuklanishga chiziqli bog’liqligini, ya’ni ishqalanish kuchi yuklamaga (yukka) to’g’ri 
proportsional ekanligini sharhladi: 

Yüklə 459,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin