Yosh voleybolchilarni tanlash va texnik taktik mahoratlarini takomillashtirish texnologiyasi



Yüklə 365,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.12.2022
ölçüsü365,74 Kb.
#74526
1   2   3   4   5   6
75-Текст статьи-305-1-10-20210711

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №1)
ISSN 2181-1709 (P)
86
Education and innovative research 2021 y. № 1
narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‘nalishda 
samarali foydalanishdan iboratdir. 
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash 
maqsadida so‘nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol dinamik 
o‘yin bo‘lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‘yin 
vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi 
lozim. Bu esa voleybolchining texnik mahoratini belgilaydi. 
Voleybol rivojlanishining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajari 
usullari, talablari shakli, mazmuni o‘zgardi va takomillashib bordi. 
Texnik o‘yin qoidalarini o‘zgarishi, taktik harakatlarni takomillashuvi
o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasining o‘sishi asosiy sabab 
bo‘ldi. 
Voleybol o‘yining texnikasining tasniflasak u quyidagi 2 ta katta bo‘limga 
bo‘linadi:
1. hujum texnikasi. 2. himoya texnikasi.
Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda ¬– baland, o‘yinga kiritilgan
to‘pni qabul qilishda o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan 
to‘pni qabul qilishda past holatlar egallanadi. Bunda umumiy og‘irlik 
markazining holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Voleybol o‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu uyin sharoitida o‘yinchi to‘p bilan 
o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli 
harakat usullarini bajarish uchun turlicha harakatni egallashi kerak. 
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashqil qilishda, to‘p baland 
berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p 
uzatitish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo‘llar bosh ustidan bir oz baland 
ko‘tariladi va qo‘llarni faol ishlashi xisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan 
to‘p uzatiladi. Xuddi shu xolatda qisqa to‘p uzatishda asosiy harakat qo‘l 
barmoqlarining faol ishlashi xisobiga amalga oshiriladi. 
Voleybol to‘garagida 12 yoshdan o‘g‘il bolalar, 13 yoshdan qiz bolalar 
shug‘ullanishlari mumkin. Voleybolchilarni trenirovka mashg‘ulotlarini 
tashkil etishda ularni texnik, taktik tayyorgarliklarini amalga oshirish bilan bir 
qatorda jismoniy tayyorgarlik qolaversa chaqqonlik va tezkorlik fazilatlarini 
takomillashtirishga katta e’tibor berish kerak.
Ko‘p yillik sport trenirovkasi uzoq muddatli pedagogik jarayon bo‘lib, 
muayyan yosh guruhlarida o‘ziga xos dastur asosida mashg‘ulotlar o‘tkazish 
bilan ifodalanadi. 
Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- sog‘lomlashtirish guruhi – 7-8 yosh;
- dastlabki tayyorgarlik guruhi – 9-10 va 11-12 yosh;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhi – 13-14; 14-15; 15-16; 16-17 yosh;


Образование и инновационные исследования (2021 год №1)
ISSN 2181-1717 (E)
87
http://interscience.uz
- takomillashuv guruhi – 17-18; 18-19; 19-20 yosh;
- yuqori sport mahorati guruhi – 17 va undan katta yosh.
Shug‘ullanuvchi bolalarning nasliy va hayot davomida jismoniy,
psixologik va morfofunksional imkoniyatlariga qarab, ular kichik yosh 
guruhidan katta yosh guruhiga o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni guruhlarga qabul qilish va ularni bir guruhdan ikkinchi guruhga 
ko‘chirish me’yoriy test sinovlari natijalari asosida amalga oshiriladi. 
Barcha guruhlarda o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot jarayoni quyidagi 
vazifalarni hal etishga qaratilishi darkor:
- sog‘liqni mustahkamlash, chiniqtirish, jismoniy, psixologik va
morfofunksional imkoniyatlarni shakllantirish;
- hayotiy zarur harakat ko‘nikmalarini (o‘tirish-turish, yurish-yugurish;
sakrash, siljish-to‘xtash; tortilish va hokazo) takomillashtirish;
- jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamliylik,
egiluvchanlik) taraqqiy ettirish;
- voleybolga oid maxsus sifatlarni (sakrovchanlik, sakrovchanlik
chidamkorligi, tezlik-kuch, o‘yin chidamkorligi, diqqat, xotira, iroda, 
zukkolik va hokazo) shakllantirish;
- texnik va taktik malakalarga o‘rgatish va takomillashtirish;
- o‘yin mahoratini o‘quv o‘yini va musobaqalarda oshira borish.
O‘quv-trenirovka jarayonida va akademik darslarda beriladigan jismoniy
va texnik (voleybol) mashqlar o‘z hajmi, shiddati, murakkabligi va qaytarilish 
soni jihatlaridan turli yoshdagi va jinsdagi bolalarning funksional hamda 
jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda me’yorlanishi kerak.
O‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan jismoniy va texnik-taktik 
mashqlarning to‘g‘ri taqsimlanishi malakali voleybolchilar tayyorlash 
samarasini belgilaydi.
Boshlang‘ich o‘rgatish jarayonida mashqlarning aksariyat foizi 
bolalarning jismoniy va funksional tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan 
bo‘lishi kerak, qolgan qismi esa texnik-taktik malakalarini o‘zlashtirishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi muhim shartlardan biridir. Bu bosqichda turli harakatli 
o‘yinlar, shu jumladan voleybol o‘yiniga ixtisoslashtirilgan harakatli 
o‘yinlarni qo‘llash tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilishga yordam 
beradi. Bunday harakatli o‘yinlar o‘rgatish va takomillashtirish jarayonining 
barcha bosqichlarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Takomillashtirish bosqichida asta-sekin umumiy jismoniy mashqlar foizi 
qisqartiriladi, maxsus jismoniy mashqlar va texnik-taktik mashqlar foizi esa 
ancha ortadi. Mashqlarning hajmi biroz kamaytirilib, shiddati va qaytarilish 
soni oshirilib boriladi.
Ko‘nikmalarni mukammallashtirish (mustahkamlash) bosqi-chida 
mashqlarni ijro etish shiddati musobaqa darajasiga yetkazilishi lozim. 



Yüklə 365,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin