Diffuziya hodisasi
1)
Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda
ichida taqsimlanishini
ta‘minlovchi jarayonni
diffuziya deyiladi. Agar
yuqori kontsentratsiyali
eritma olib, uning ustiga ohista suv quyilsa,
erigan modda zarrachalari
suvga o’ta boshlaydi va eritma bir xil kontsentratsiyali bo’lishga intiladi.
Eritmalarda diffuziya hodisasining puxta o’rganish natijasida quyidagi
qonuniyatlar chiqarilgan:
2) eritmalarda diffuziya jarayoni juda
sust boradi;
3) diffuziya tufayli zarrachalar kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan joydan
kontsentratsiya kam bo’lgan joyga o’tadi va, nihoyat,
sistema bir xil
kontsentratsiyaga erishadi;
4) eritmalarda diffuziya tufayli og’irlik kuchi ham yengiladi;
diffuziya tufayli ikkala modda zarrachalari bir-birining orasiga kiradi.
Osmos hodisasi
Agar erituvchi bilan eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda (membrana)
qo’yilsa, bu parda orqali erituvchi zarrachalari eritmaga o’tib,
uni suyultira
boshlaydi
. Erituvchi zarrachalarining yarim utkazgich parda orkali utish
jarayoni osmos deyiladi. Erigan modda zarrachalari yarim o’tkazgich parda orqali
o’ta olmaganligi sababli unga urilib ko’rsatadigan bosimi
osmotik bosim deb
ataladi. Bu bosim ta‘sirida yarim o’tkazgich parda
yirtilib ketishi ham mumkin,
chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan bo’lib, yarim o’tkazgich parda
uncha baquvvat bo’lmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha o’n,
hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin.
T
Dostları ilə paylaş: