Biokimyo qism


Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix14.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#74797
1   2   3   4   5   6   7
1 lab

Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi 
1. 
Asbob – uskunalar bilan ishlashga faqatgina asbobning pasportini o`rganib 
chiqqan, elektroasboblarning ekspluatasion qoidalarini, qamda kimyoviy moddalar 
bilan ishlash qoidalarini biladigan shaxslarga ruxsat beriladi. 
2. 
Indikasiya "ko`zchasi" yonmayotgan asbob bilan ishlash man etiladi. 
3. 
Elektroasboblarni ustiga ventilyasiyaga to`sqinlik qiladigan predmetlarni 
qo`yish, asboblarning ichiga tushib ketishi natijasida qisqa tutashuv vujudga 
keltiruvchi metal buyumlarni qo`yish ta'qiqlanadi. 
4. 
Asboblar ishlash paytida yerga ulangan himoyalovchi sim bilan ta'minlangan 
bo`lishi kerak. Yerga ulangan himoyalovchi sim ("Zazemlenie") ning sifatini ham 
vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak. 
5. 
Elektroma'nbaga ulanib turgan asbobda ta'mirlash ishlarini olib borish 
ta'qiqlanadi. 
6. 
Izolyatsiyasi buzilgan elektroasboblarni ishlatish ta'qiqlanadi. 
7. 
Tok o`tadigan qismlarga ho`llangan qo`lni tekkizish mumkin emas. 
2 – laboratoriya mashg`uloti 
Eritmalar klassifikastiyasi va ularni tayyorlash 
Ishning maqsadi: Eritma, erituvchi, eritmaning konsentratsiyasi, erigan 
moddaning massa ulushi, molyar kontsentratsiya, normal konsentratsiya, molyal 
konsentratsiya, eritmaning titri, eruvchanlik, to’yingan eritma, diffuziya, osmos, 
osmotik bosim, gipertonik eritmalar, izotonik eritmalar, gipotonik eritmalar
plazmoliz hodisalari bilan tanishish. 
Ishning nazariy asoslari 
1. Eritmalarning umumiy harakteristikasi 
Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema 
eritma deb ataladi. Tabiatda va texnikada eritmalarning ahamiyati katta. Tabiatdagi 
barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Ko’pchilik kimyoviy reaktsiyalar eritmalarda 
boradi.
Eritmalar ikki yoki undan ortiq komponentlar (tarkibiy kismlar) va ularning 
o’zaro ta‘sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli (gomogen) sistemalardir.
O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Eritma bir 
jinsli sistema bo’lgani uchun ko’z va mikroskop bilan eritma ichidagi erituvchi va 
erigan modda zarrachalarini ko’rib bo’lmaydi. Eritma tarkibini o’zgartirish mumkin. 
Masalan, sulfat kislota yoki nitrat kislotani suv bilan har qanday nisbatda 
aralashtirish mumkin. Sulfat kislotaning suvda erishi hech qanday chegaraga ega 
emas. Spirt ham suvda shunday eriydi. 
Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddalarning foiz miqdori 0 
dan 100 % gacha bo’ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma 
yo’qoladi; bulardan istalganini erituvchi deb qabul qilish mumkin 


Lekin juda ko’pchilik moddalar ayni temperaturada ma‘lum chegaraga qadar 
eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasida NaCI ning 
miqdori hech qachon 26,48% dan ortmaydi.
Eritmalar tarkibning o’zgaruvchanligi ularni mexanik aralashmalarga yaqin 
deb qarashga imkon beradi. Lekin ularning bir jinsliligi va ko’p xollarda 
eruvchanlikning ma‘lum chegaradan oshmasligi eritmalarni kimyoviy birikmalarga 
yaqinlashtiradi. Shunday qilib, eritma mexanik aralashma bilan kimyoviy 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin