Biokimyo qism



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix14.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#74797
1   2   3   4   5   6   7
1 lab

S
S
1
A
Б
С
1
m
n
c
2
T
S
S
1
A
Б
С
1
m
n
c
2
T
S
S
1
A
Б
С
1
m
n
c
2
X.2 – rasm. Osmos hodisasi sxemasi. 
Agar tajriba uchun ikki xil kontsentratsiyali eritma olib, ular o’zaro yarim 
o’tkazgich parda orqali birlashtirilsa, suyuqlik (erituvchi) kontsentratsiyasi kichik 
(erituvchisi kuproq) eritmadan kontsentratsiyasi (erituvchisi kamroq) eritma tomon 
o’ta boshlaydi va ikkala eritmaning kontsentratsiyasi tenglashishi bilan osmos 
hodisasi to’xtaydi, ya‘ni bu paytda yarim o’tkazgich parda orqali suyuqligi ikkala 
tomoniga o’tish tezligi tenglashadi va dinamik muvozanat qaror topadi (X.2 – rasm, 
1,2,3). Kontsentratsiyasi yuqori bo’lgan eritmaning osmotik bosimi katta bo’ladi 
(X.2-rasm, 1), bunday eritmalar gipertonik eritmalar deb ataladi. Kontsentritsyaisi 
o’zaro teng bo’lgan eritmalarning osmotik bosimlari ham teng bo’ladi (X.2-rasm, 
2), bunday eritmalar izotonik eritmalar  deyiladi. Kontsentratsiyasi kichik bo’lgan 
eritmalarning osmotik bosimi kam bo’ladi (X.2-rasm,3) va gipotonik eritmalar deb 
ataladi. 
Osmos hodisasi hayvon va o’simliklar hayotida muhim rol o’ynaydi. Xujayra 
qobig’i suvni oson o’tkazib, xujayra suyuqligida erigan moddalarni deyarli butunlay 


o’tkazmaydigan pardadir. Suv xujayraga o’tgach, unda ancha katta bosim vujudga 
keladi; bu bosim xujayra qobig’ini bir oz tortib, uni tarang tutib turadi. 
O’simliklarning yumshoq organlari, masalan, ut poyalari, barglari muayyan 
elastiklikka ega bo’lishining sababi ham ana shu. Osmos o’simlik poyasida suvning 
yuqori ko’tarilishini, xujayralarning rivojlanishini ta‘minlaydi.
Eritmalarning osmotik bosimi juda katta qiymatga ega bo’ladi.
Masalan, dengiz suvining osmotik bosimi 2837 kPa ga yaqindir. P.Pfeyffer 
osmotik bosim kontsentratsiya va temperaturaga bog’liq ekanligini qand 
eritmalarining osmotik bosimlarini o’lchash orqali topdi.
De – Friz o’simliklarni tuzning quyuq eritmasiga tushirdi. Bu vaqtda suvning 
xujayradan eritmaga o’tishi sababli, xujayra qisqarib o’simlik pardasi burishib qoldi. 
O’simlik xujayrasi toza suvga tushirilganda, xujayra shishib, o’z hajmini 
kattalashtirdi. O’simlik pardasining burishib qolishini plazmoliz deb atadi. Toza 
suvga solingan xolatdagi hujayraning o`z xolatiga qaytish jarayonini deplazmoliz 
deb ataldi. Bu jarayonda hujayra ichiga suv kirib hujayra ichidagi muxut yana o`z 
xolatiga qaytadi.
Xulosa.Eritmalar kimyoning o`rganishi kerak bo`lgan muhim bo`limlaridan biri 
xissoblanadi. Eritmalarning inson hayotida egallagan o`rni va ro`li eritmalarni 
yanada chuqurroq o`rganishga majbur etadi. Eritmalar ishlab chiqarish sanoatida
dori-darmon tayyorlashda va boshqa soxalarda keng qo`llaniladi. 
Inson organizmidagi deyarli barcha anorganik va organik moddalar eritma 
xolida uchrashi, organizmda kechadigan moddalar almashinuvi jarayonini yanada 
to`liq tushunib yetishga eritmalarni o`rganish katta yordam beradi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin