Microsoft Word asosij vositalar hisobi


 NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLISH



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix15.12.2022
ölçüsü225,09 Kb.
#75050
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Microsoft Word asosij vositalar hisobi (1)

3.2 NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLISH 
Nomoddiy aktivlar korxonaning uzoq muddatli harajatlari bo`lib, u uzoq muddat davomida 
yuqori daromad olish uchun sharoit yaratadi. Nomoddiy aktivlar tarkibiga yer, suv va boshqa 
tabiat resurslaridan foydalanish huquqi, patentlar, nou-xau, firma baxosi, korxonani tashkil qilish 
davrida vujudga keladigan tashkiliy harajatlar, mualliflik huquqlari, sanoat namunalariga huquq 
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur mahsulotlari va boshqalar kiradi. 
Yer uchastkalaridan foydalanish huquqi korxona ustav kapitaliga ishtirokchilar to`lovi 
qiymatining bir qismini tashkil qilishi mumkin. Bu huquq qiymati korxonada ishtirokchilar 
kelishuvi bo`yicha aniqlanadigan yer baxosiga bog`liq. 
Firma baxosi turli yo`nalishdagi korxonalarni sotib olishda vujudga keladi va korxona 
rentabelligi, uning mahsulot ishlab chiqarish bozoridagi nufuzi, raqobatbardoshlilik darajasi va 
boshqa ko`plab omillar tag`sirida tarkib topadi. Korxona sotib olinish qiymatining hamma 


24 
aktivlar ko`shilgan xoldagi joriy qiymatidan oshib ketishi «firma baxosini» tashkil etadi va u 
korxona balansida nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olinadi. 
Nou-xau - ishlab chiqarish xo`jalik faoliyati jarayonida foyda keltiruvchi yangi 
texnologiyadir. Uni korxona taosischilari kelishuvida aniqdangan qiymat bo`yicha korxona ustav 
kapitaliga ulush uchyotida kiritish ham mumkin. 
Korxonaning har bir ishtirokchisita taalluqli tashkiliy harajatlar korxonani tashkil qilish 
davomida vujudga keladi va korxona faoliyatining boshlang`ich davridagi tashkiliy harajatlar va 
nobudgarchiliklardan tashqari, maslaxatchilar xizmatlari, reklama tadbirlari, hujjatlarni 
tayyorlash, ro`yxat qilish va boshqa to`lovlardan iborat bo`ladi. 
Mualliflik huquqi - bu ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish 
yoki boshqa turdagi foydalanish xuquqidir. 

Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin