Microsoft Word asosij vositalar hisobi



Yüklə 225,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix15.12.2022
ölçüsü225,09 Kb.
#75050
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Microsoft Word asosij vositalar hisobi (1)

 


32 
III. XULOSA
 
Asosiy vositalar - korhona moddiy tehnika bazasining asosini tashkilqiluvchi mehnat 
vositalaridir. Ularning asosiy hususiyatlari - o’zining tashqi ko’rinishini ho’jalik opersiyalari 
ta’sirida o’zgartirmaydigan va qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhiga eskirish 
summalari orqali o’tkazishdir. 
Asosiy vositalar korhonada uzoq vaqt hizmat qiladi va ularga eskirish summalari boshlag’ich 
qiymati qoplangunga qadar hisoblanadi. Bundan tashqari, asosiy vositalar korhonada ijaraga 
berilish va olinishi mumkin. 
Korxona o’z tasarrufidagi asosiy vositalardan quyidagicha foydalanish huquqiga ega:boshqa 
korxonalarga bepul berishi yoki sotishi,almashtirishi,ijaraga berishi,o’ziga tegishli 
bino,inshoot,asbob uskuna,transport vositalari,inventarlarni vaqtinchalik foudalanish chun 
bepul yoki qarzga berishi,to’liq amortizasiyalangnmi yoki yo’qmi undan qat’iy nazar,agar 
ular jismoniy yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa balansdan chiqarishi. 
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-joylashgan joylari bo’yicha mavjud asosiy vositalar butligi ustidan nazort qilish;ularning 
kirimi,chiqimi va joyini o’zgartirishni hujjatlar bilan to’g’ri rasmilashtirish va hisobda o\z 
vaqtida aks ettirish; 
-asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizasiya qilishuchun sarflananadigan 
mablag’lardan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish; 
-korxona xarajatlariga kiritish uchun foydalanish va eskirish bilan bog’liq bo’lgan asosiy 
vositalar qiymati ulushini hisoblash; 
-ish mashinalari,asbob-uskunalar,ishlab chiqarish maydonlari,transport vositalari va boshqa 
asosiy vositalardan samarali foydalanish ustidan nazorat; 
-asosiy vosita ob’yektlarini hisobdan chiqarish va tugatishdan olingan natijalarni to’g’ri 
aniqlash; 
Bu vazifalar talabga muvofiq hujjatlashtirish va mavjud asosiy vositalar va ularning harakati 
hisobini to’g’ri tashkil etish,ularning amortizasiyasini to’g’ri hisoblash, ta’miri bo’yicha 
xarajatlar hisobini to’g’ri olib borish yordamida hal etiladi.
Asosiy vositalarning dasytlabki qiymati quyidagi hujjatlar yig’indisidan iborat: 
Asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish harajatlari,to’langan va qaytarilmaydigan 
soliq(yig’imlar) olib kelish , o’rnatish va foydalanishga tushirish xarajaytlari va aktivni ash 
holatiga keltirish va undan tayinlanishi bo’yicha foydalanish bilan bog’liq bo’lgan har 
qanday harajatlar. 
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish qiymatini olib 
tashlash yo’li bilan topiladi. 
Asosiy vositalarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish korxona rentabelligini ta’minlaydi.  


33 

Yüklə 225,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin