3
Muallif: Islom tarixi va manbashinosligi,
falsafa kafedrasi o`qituvchisi M.F. Norova
Mazkur uslubiy ko‘rsatma oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, unda Falsafa fanidan mustaqil ta’lim ishlari mavzulari, mustaqil
ta’lim ishlarini tayorlashda foydalanishi mumkin bo‘lgan ilg‘or pedogogik
texnologiyalar, shuningdek, mustaqil ta’lim mavzulariga doir adabiyotlar ro‘yxati
hamda internet saytlari keltirilgan
Taqrizchilar:
f.f.n., dots. B.B.Namozov
s.f.f.d.(PhD) R.G‘.Jumaev
Buxoro davlat universiteti 2021 yil, 26 – oktabr O‘quv-uslubiy
Kengashining
2- sonli majlisida ulubiy ko‘rsatma sifatida nashr etish uchun tavsiya etilgan.
© BuxDU
4
Kirish
Falsafa hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fandir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin yosh avlodni ahloqiy jihatdan etuk,
barkamol qilib tarbiyalash maqsadida ahloqshunoslik yangi jamiyatda tobora
yuksak
mavqega chiqib bormoqda. Chunki axloq – ma’naviyatning o‘zagi, insof va adolat
tuyg‘usidir. Barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni hal etish imkoniyati inson
shaxsini tarbiyalash orqali yaratilgan.
Axloq inson ruhiy kamolotining muhim mezonlaridan birini tashkil qiladi. U
millat abadiyligini va mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ustuvor omil hisoblanadi.
Axloqning ana shu muhim roli va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, milliy-ma’naviy
tiklanish, yoshlarni yuksak ma’naviyat sohibi va barkamol
inson qilib tarbiyalash
mustaqilligimiz sharoitida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Ayniqsa, talabalarning milliy o‘z-o‘zini anglashlarida, millatparvarlik va
vatanparvarlik tuyg‘ularining mustahkamlanishida mazkur kursning o‘qitilishi ijobiy
rol o‘ynamoqda. Ularga e’tiqod, iymon, halollik, poklik, mehr-shavqat kabi tuyg‘ularni
shakllantirishga, o‘z millati va vatanining manfaatlarini
tushunib etishlariga yordam
bermoqda.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, tarixiy xotira an’ana va
qadriyatlarning tiklanishi munosabati bilan estetika fani oldida ham yangi vazifalar
paydo bo‘lmoqda.
Estetika O‘zbekistonning mustaqillik sharofatida o‘quv-tarbiya vazifalaridan
kelib chiqib o‘z masalalarini bayon qilmoqda. Estetika fani talabalarni shaxs sifatida
ham, fuqarolik jamiyati a’zosi sifatida ham - har jihatdan go‘zallikka oshno, yuksak
estetik did egasi qilib tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shishi bilan belgilanadi.
Mantiq fani talabalarni to‘g‘ri fikrlashning qonun qoidalari va mantiqiy shakllari
bilan tanishtirish asosida , erkin fikr yurita oladigan barkamol insonlar etib tarbiyalash
bilan birga ularda yangi turmush va tafakkur tarzini qaror toptirishda xizmat qiladigan
fandir.
Falsafa fani bo‘yicha mazkur uslubiy qo‘llanma talabalarning seminar darslarini
o‘zlashtirishga yaqindan yordamberib, ularda odob, ahloq, go‘zallik va nafosat hamda
to‘g‘ri fikrlash qobiliyatlarining o‘sishiga yordam beradi. Shuningdek, talabalarga
adabiyotlarni to‘g‘ri tanlash, mavzu mohiyatini anglash, mustaqil tayyorgarlik ko‘rish
kabi vazifalarni amalga oshirishda uslubiy ko‘rsatma asosiy manba bo‘lib
xizmat
qiladi.
Mazkur fandan tuzilgan uslubiy qo‘llanma fan dasturi asosida tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanmani kelajakda to‘ldirilgan va boyitilgan holda chop etish zaruriyatini
hisobga olib sizlardan fikr va mulohazalaringizni kutamiz.
5
Uslubiy qo‘llanmada mustaqil ishlash uchun mavzular nomi, har bir mavzuni
o‘rganish uchun qisqacha amaliy maslahatlar hamda tegishli adabiyotlar ro‘yxati
berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi
jahon hamjamiyatiga kirib, o‘zaro ilmiy va amaliy
aloqalarni mustahkamlab borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan
muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu fanni o‘qitishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy va
umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali ularda yuksak ma’naviyat va
ma’naviy qashshoqlashuvning inson va jamiyat hayotidagi mohiyatni tushunib etish
hamda yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish malakalarini shakllantirish, talabalarga milliy
va diniy qadriyatlarning
tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila
uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini
yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‘g‘ri
yondashuvni shakllantirish
va jamiyat uchun yuksak falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdan
iborat.
Mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanni o‘rganish, uning mazmunini mukammal
o‘zlashtirishda talabalar eng avvalo milliy ma’naviy qadriyatlarni, inson va jamiyat
hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasi, mustaqillik
yillarida mamlakatimizda milliy-ma’naviy tiklanish
borasida amalga oshirilgan
islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim.
Ushbu mustaqil ishni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma “Falsafa” fani namunaviy
va ishchi dasturlari asosida tayyorlandi.
Talabalar mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorlanishlarida quyidagi internet saytlaridan
foydalanishlari mumkin:
1. “Xalq so‘zi” gazetasi –www.info XS.Uz.
2. “Turkiston” gazetasi – www.turkiston sarkor.uz.
3. “Ma’rifat” jurnali – www.ma’rifat –inform.
4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali – www.rzult academy freenetuz.
5. “Moziydan sado” jurnali – www.moziy dostlink.Net
6. www.press-servise.uz.
7. www.literature.uz
8. www.Ziyonet.uz.