Buxoro davlat universiteti islom tarixi va manbashunosligi, falsafa



Yüklə 355,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix15.12.2022
ölçüsü355,37 Kb.
#75189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12822 1 2B9A8D425BEBE9ADABBB4FB970307ED79A5F1B2E

Mustaqil ta’limni baholash 
Talabalarning mustaqil ta’limi jarayoni fandan “Mustaqil o‘quv faoliyatini 
tashkil etish bo‘yicha Nizom” asosida tashkil etiladi. Bunda talabaning mustaqil 
ta’lim faoliyati referat prezentatsiya, ilmiy maqola va boshqa shakllarda taqdim 
etiladi va o‘quv semestri davomida maksimal 10 ballda baholanadi. 
Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning faoliyatini baholashda mavzuga 
talabaning mantiqiy to‘g‘ri yondashganiga asosiy e’tibor qaratiladi. Prezintatsiya, 
amaliy ish va ilmiy maqola tayyorlashda talabaning mavzu bo‘yicha fanning eng 
so‘nggi yangiliklari va statistik ma’lumotlardan foydalanganligiga alohida e’tibor 
beriladi. 
Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarni fan bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini 
prezintatsiya, referat, ilmiy maqola shaklida tayyorlashlariga alohida e’tibor 
qaratiladi. O‘quv fani bo‘yicha mustaqil ish tayyorlash quyidagi vazifalarni hal 
etishni nazarda tutadi
1

• O‘quv predmeti dolzarb nazariy masalalari bo‘yicha bilimlarini 
chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga ushbu olingan nazariy bilimlarni 
ijodiy qo‘llash ko‘nikmasini hosilqilish. 
• Tanlangan kasbiy sohada milliy g‘oya tamoyillarini amaliy jihatdan qo‘llash 
imkoniyatlari va muammolarinio‘zlashtirish. 
• Tanlangan mavzu bo‘yicha har xil adabiy manbalarni (monografiya, davriy 
nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o‘rganish qobiliyatini 
takomillashtirish va ular natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil 
hamda bilimdon holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflarqilish. 
• Yozma ko‘rinishdagi ishlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish. 
Prezentatsiya Power point dasturi tayyorlanadi, mustaqil ishning asosiy qismini 
lo‘nda va aniq nomiga ega savol va kichik savolchalar (qismchalar)ga bo‘lib 
chiqish zarur. 
1
Қаранг: Ходиев Баходир Юнусович, Голиш Людмила Владимировна. Мустақил ўқувфаолиятини ташкил 
этиш усул ва воситалари (биринчи босқич талабаларига ёрдамтариқасида): Ўқув-услубий қўлланма –Т.: 
ТДИУ, 2010.–Б.97 


12 
Kirish qismida nazariy va amaliy jihatdan 
mavzuning 
dolzarbligi asoslanadi
maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi. 
Agarda prezintatsiya, mustaqil ish monografik (bitta manba va muallif 
referatlashtirilsa) ko‘rinishda bo‘lsa, kirish qismida: 
- muallif 
haqida qisqacha ma’lumot (ilmiy 
darajasi, 
unvoni, 
uning mutaxassisligi, boshqa ishlari); 
- mavzu manbasining qisqacha bayoni; 
- ish maqsadi
- rubrikasi; 
- muallifning tutgan o‘rni va boshqalar keltiriladi. 
Prezentatsiya, mustaqil ishning asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks 
ettirilishi zarur. Materialni ifoda etish tavsifiy xarakterga ega bo‘lmasligi kerak. 
Mos ravishda xulosalari bo‘lgan tahlil, shuningdek matn bilan uzviy bog‘langan 
statistik materiallar tahlili bo‘lmog‘i lozim. Statistik ma’lumotlarni jadval holiga 
keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Statistik ma’lumotlar asosida diagrammalar
grafiklar, gistogrammalar qurish u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni 
tushunarliroq ifoda etishga yordamberadi. 
Prezentatsiya, 
mustaqil 
ishda 
keltiriladigan 
barcha 
jadvallar, 
diagrammalar, grafiklar, sxemalar, rasmlar nomlanishi va tartib raqami 
qo‘yilishi kerak. Ular tagiga ushbu statistik ma’lumotlar olingan manbalar 
betlari ham ko‘rsatilgan holda qo‘yilishi qat’iy talab etiladi. Matnda 
keltiriladigan barcha raqamlar tegishli manbalarga havolalarni keltirilishi talab 
etiladi. Matnda iqtibos keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-tadqiqot ishlaridagi 
xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan holatda muqarrar 
ravishda havolalar bo‘lishi lozim. 
Xulosa tanlangan mavzuni o‘rganish natijasida talaba qilgan xulosalarni o‘z 
ichiga oladi, shunigdek, hal etilmagan va kelgusida hal etilishi talab etiladigan 
savollarga bag‘ishlanadi. 

Yüklə 355,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin