Keywords: Technology, teacher, innovation, activity, training, special disciplines,
scientific-methodical article.
Respublikamizning pedagogik olimlari va metodistlari tomonidan ta’limni
takomillashtirish, ya’ni sifatini yaxshilash jarayonini texnologiyalashtirish,
jadallashtirish va mazmunini boyitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashga oid nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina ilmiy-uslubiy
tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Masalan, H.Rashidov tomonidan
“O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning ijtimoiy-
pedagogik va nazariy-metodologik asoslari” ishlab chiqilgan. N.A.Muslimov
“Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish muammolari”ni tadqiq
etganlar. Ushbu izlanishlar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitish va
ishlab chiqarish ta’limini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olib borilgan.
Ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak
taraqqiyoti о‘z-о‘zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо‘ymoqda. Mazkur
ijtimoiy talablar sirasida jamiyat, qolaversa, uning negizida sohalar rivojini
harakatga keltiruvchi kuch – malakali kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga
yо‘naltirilgan tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Malakali kadrlarni
tayyorlashga bо‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish korxonalari paydo bо‘lgan, sanoat
sohasi rivojining ilk bosqichlarida yuzaga kelgan bо‘lsada, hanuzgacha о‘z
dolzarbligini yо‘qotmay kelmoqda. Buning asosiy sabablari jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga bog‘liq ravishda yangidan-yangi yо‘nalishlar,
ixtisosliklarning paydo bо‘lishi, ular bо‘yicha kadrlar tayyorlash zaruriyatining
vujudga kelishi, о‘zgaruvchan, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim,
malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bо‘lgan ehtiyojning
shakllanishi, shuningdek, mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi kuchli raqobatga
bardosh bera olishga bo‘lgan talabning ortishi sanaladi.[9]
Ushbu ishlar ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritilgan maxsus fanlarni
o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Ammo, respublikamizda va
yaqin xorijiy mamlakatlardagi mavjud ilmiy-metodik maqola va adabiyotlarning
tahlili, maxsus fanlarni to‘laqonli zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida
shaxsga qaratilgan o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish bo‘yicha
yetarlicha ilmiy-metodik izlanishlar olib borilmaganligidan dalolat beradi. Maxsus
fanlarni o‘qitishda, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash
imkoniyatlarini o‘rganishdan oldin, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida maxsus
fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
1. O‘quv materialida texnikaga bog‘liq masalalar yoritilgan maxsus fanlar.
2. O‘quv materiallarida mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq
masalalar yoritilgan maxsus fanlar.
3. O‘quv materialida xom-ashyo materiallariga bog‘liq masalalarni
yorituvchi maxsus fanlar.
4. Ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va iqtisodiyoti to‘g‘risida
o‘quv materiallarini o‘zida qamrab olgan maxsus fanlar.[5]
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsion pedagogikani
maydonga olib chiqdi. "Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo‘lgan
tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik
kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan
ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari
tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini
tadqiq etadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I.Prigojin
Innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat,
guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq
o‘zgarishlarni tushunadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida maxsus fanlardan o‘quv adabiyotlarini
yaratish va amalda joriy etish metodikasi A.G‘afforov, o‘quv adabiyotlarini
ekspertizadan o‘tkazish jihatlari H.Saidova tomonidan o‘rganilgan hamda ularni
takomillashtirish bo‘yicha qator takliflar berilgan. Kasb-hunar maktablari
o‘quvchilari maxsus fanga tegishli faoliyat usuli bo‘yicha yetarli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. U.D.Xidirov, K.J.Mirsaidov, R.K.Choriyevlar
maxsus fanlarni o‘rganishdan maqsad «o‘quvchilarda hozirgi zamon texnikasi va
ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha kasbiy mahoratni shakllantirishdir», deb
fikr yuritib, maxsus fanlarni o‘qitishda qo‘yiladigan didaktik tamoyillarni
keltirganlar. Maxsus fanlardan o‘quv dasturlarini tuzish va dars jarayonini mazkur
dasturlar asosida tashkil etish uchun quyidagilarni inobatga olish lozim:
1. O‘quv dasturlari va ish rejalarini tuzishda fanlar va mavzularning ketma-
ketligiga e’tibor qaratish;
2. Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining umumiy o‘rta ta’lim maktabidan
olgan bilimlarini chuqurlashtirish va mukammallashtirish maqsadida o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi tizimida fizika, kimyo va matematika fanlaridan chuqurroq
bilim berish;
3. Maxsus fanlardan yangi pedagogik texnologiyalarini joriy etishda
o‘quvchilarga ko‘proq turli ishlab chiqarish korxonalari tomonidan chiqariladigan
mahsulotlarni tayyorlashda bajariladigan texnologik jarayonlarning amaliy
yo‘nalishini kuchaytirishga e’tiborni qaratish kerak.[6]
Ta’lim berishda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini amalda qo‘llash
mexanizmini har bir ilm ma’rifat dargohida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim
beruvchilar mukammal bilishlari lozim. Inkor qila olmaymizki, hozirgi kun ta’lim
oluvchilari, avvalgi ta’lim oluvchilardan o‘z salohiyatlari bilan tubdan farq
qiladilar. Masalan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasini dars jarayonida
foydalanilishi uchun o‘qituvchi:
- kommunikasiya-axborotlarni qabul qilish va yetkazib berish;
- o‘quvchilarni ta’lim olishga motivasiya-qiziqtirish;
- o‘qitishni vizuallashtirish-ko‘rgazmalilik tamoyili (yuqori darajada amalga
oshirish) asosida boshqarish kabi mahoratlariga ega bo‘lishi zarur.[7]
Zamonaviy o‘qitish texnologiya usullarini o‘zida shakllantira olgan,
ko‘nikma hosil qilgan o‘qituvchi, o‘z ish faoliyatida, ya’ni dars berish jarayonida
albatta, kompyuter, kodoskop, flipchart va pinbord o‘quv xona taxtasi kabi texnik
vositalardan foydalanish mahoratiga ega bo‘ladi. Dars jarayonida ta’lim maqsadini
amalga oshirish ya’ni ta’lim oluvchilarga ta’lim mazmunini yetkazib berishda
motivasiya (qiziqish) uyg‘otish va vizuallashtirish usullari, didaktik materiallar,
texnik vositalar majmuasidan jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun
iqtisodiy o‘sish omillarining sifat jixatdan takomillashib borishi jarayoni xos.
Fan texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni
intensivlashtirish, yuqori samarali innovatsion texnologiyalardan foydalanish bilan
bir qatorda eng muhimi yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash bu boradagi
muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.[4]
Hozirgi kunda ishchi kuchining miqdor va sifat jihatlari o‘rtasidagi nisbat
keskin o‘zgarib bormoqda. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi
sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar,
ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet
tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar
banki va boshqalar xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda ta’lim rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil
ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun amaldagi me’yorlar asosida jihozlangan o‘quv
zaliga ega bo‘lgan kutubxona, uslubiy kabinetlar, auditoriyalar, yetarli kompyuter
texnikasiga ega bo‘lgan kompyuter sinflari va internet tarmog‘idan samarali
foydalanish uchun shart–sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur deb o’ylayman.
Innovatsion texnologiyalar asosida o’qitish usullaridan foydalanib,o’quvchilarga
bilim berish hozirgi kunda muhim o’rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |