o`zidir.Shunday qilib, aniqlik bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir. Nutqning mantiqiyligi Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to`g`riligiga ishontirish bilan bog`liq har qanday nutqiy jarayon o`zaro bog`liq uch unsurdan tashkil topadi.Birinchi unsur - isbotlanishi kerak bo`lgan fikr. Ikkinchisi - fikrning to`g`riligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi - namoyish, ya`ni fikr va asos (dalil)lar o`rtasidagi aloqani kursatuvchi mantiqiy bog`lanish. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to`g`rilik va aniqlik bilan chambarchas bog`langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik bir-lik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga
ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba`zan umuman anglashilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Nutqning tozaligi Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me`yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo`lishi, turli g`ayriadabiy va g`ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari paralingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma`naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bo`lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo`layotgan o`zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo`lishi lozim. Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta`sir qiladi: 1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalarining talaffuzi, urg`usi. 2. O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari. 3. Jargonlar. 4. Vulgarizmlar. 5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» so`zlar. Nutqning tozaligi, ya`ni sof adabiy tilda muloqot qilish o`quvchilar va talabalarning nutq madaniyati hamda mahoratini egallash, notiqlik sifatlariga erishishlari uchun muhim bosqich sanaladi. Bu esa tildan foydalanishda nihoyatda e`tiborli bo`lishni talab qiladi. Nutqning ta`sirchanligi Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan og`zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e`tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya`ni notiq auditoriyani hisobga olishi ularning bilim darajasidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq
bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma`lumotga ega bo`lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e`tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi. So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi