o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta`sirli chiqadi.Nutq ta`sirchanligini oshrish uchun qilinadigan imo-ishora va boshqa xatti-harakatlar me`yorida bo`lishi kerak. Nutqning ta`sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma`lum ma`noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulo-hazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilat-larini ko`rsatib o`tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada ta`sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. Nutqning maqsadga muvofiqligi Ma`lumki, so`zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so`zlanadigan nutq ma`lum maqsadga yo`naltirilgan bo`ladi. Ya`ni so`zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko`zlab, til vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me`yorlariga amal qilib so`zlangan nutq to`g`ri, aniq, toza, mantiqiy, ta`sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, «Nutq faoliyatida muallif o`z oldiga qo`ygan maqsadni eng aniq, eng to`g`ri, eng yaxshi, eng ta`sirchan, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so`zlarni, so`z birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin» Xullas, yaxshi nutq so`zlovchi va yozuvchidan savodxon-likni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon-dir. Umuman, nutq aniq va ravon, grammatik jihatdan to`gri shakllangan bo`lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon