O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Yangi mahsulotni bozorga chiqarishning foyda hajmiga ta’siri



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/108
tarix18.12.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#76064
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

6.4-rasm. Yangi mahsulotni bozorga chiqarishning foyda hajmiga ta’siri 
Yuqori texnologiyalar sohasida yangi mahsulotlar bilan bog‘liq foyda va 
tushumlar ulushi yanada yuqori. Masalan, Hewlett-Packard (www.hp.com) 
kompaniyasi tushumlarining 77 %i oxirgi ikki yil ichida bozorga taklif qilingan 
mahsulotlarga to‘g‘ri keladi. 
Mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli chiqarishdan olinuvchi katta foyda keyingi 
avlod mahsulotlarini chiqarishning asosida yotuvchi tadqiqotlarni ertaroq boshlashga 
Raqobatchilarga 
nisbatan foyda hajmi 
Olti oy oldinroq 
Olti oy kechroq 
Vaqt


99 
olib keladi. Buning aksincha, bozorga kech chiqish va foydaning kamligi kompaniya 
salohiyatining qisqarishiga olib keladi. 
Mahsulotning muvaffaqiyatga erishuvida muhim shartlardan yana biri 
kompaniyaning uni bozorga tezda chiqishini ta’minlash qobiliyati hisoblanadi. Bu 
bosqichda vaqtni yo‘qotish mahsulotni ishlab chiqish bosqichidagidan ham katta xavf 
tug‘dirishi mumkin. Alfa va beta-versiyalarni taqdim etish mahsulotni bozorga 
chiqarish jarayonini tezlatishning samarali vositalaridan biri sanaladi. Bundan 
tashqari, bu versiyalarda yakuniy sanani belgilash ma’lum vaqt o‘tishi bilan 
mahsulotning tijorat variantini sotib olish uchun yaxshi rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. 
 
6.5. Internet vositalaridan xizmat ko‘rsatish sohasini 
 rivojlantirishda foydalanish 
Tovar siyosati qo‘llanuvchi o‘ziga xos sohalardan biri xizmat ko‘rsatish sohasi 
hisoblanadi. Xizmatlar qatoriga bir tomon ikkinchi tomonga taklif etishi mumkin 
bo‘lgan har qanday faoliyatni – biron narsaga egalik qilishga olib kelmaydigan 
sezilmas harakatni kiritish mumkin. Uni taqdim etish, shuningdek, moddiy mahsulot 
bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Xizmatlar to‘rtta asosiy tavsifnomaga ega bo‘lib, ular marketing dasturini ishlab 
chiqishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi: sezilmaslik, bo‘linmaslik, muvaqqatlik 
va saqlab bo‘lmaslik: 
▪ sezilmaslik — xizmatlarni sezib bo‘lmaydi, moddiy tovarlardan farqli o‘laroq 
to xarid qilmaguncha ularni ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab, his etib, eshitib 
bo‘lmaydi. SHu sababdan, noaniqlikni kamaytirish maqsadida xaridorlar 
xizmatlarning tashqi belgilari yoki sifat yaqqoligini tahlil qiladi. Ular xizmat 
ko‘rsatish darajasi haqida ofisning joylashuvi, jihozlanishi, asbob-uskunalari, 
xodimlar, taqdim etilayotgan axborot, ramziy belgi va narx bo‘yicha tasavvurga ega 
bo‘lishi mumkin. SHu tariqa xizmatlar sotuvchisining vazifasi «qabul qilishni 
boshqarish», «sezilmaydiganni seziladigan qilish» qobiliyatidan iborat bo‘ladi; 
▪ bo‘linmaslik — xizmatlar moddiy tovarlardan farqli ravishda, odatda bir 
vaqtning o‘zida taqdim etiladi va iste’mol qilinadi. Mijoz xizmat ko‘rsatish 


100 
jarayonining bevosita ishtirokchisi ekanligi sababli xizmatni sotuvchi va iste’molchi 
o‘rtasidagi aloqa xizmatning tovar sifatidagi tavsifnomasi hisoblanadi. YAkuniy 
natijaga esa mijoz ham, sotuvchi ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi; 
▪ muvaqqatlik — bir xil turdagi xizmatlar sifati ularni kim, qachon va qaerda 
taqdim etishiga qarab keng doirada uchraydi. Buni tushungan holda xaridorlar 
ko‘pincha tanlab olishdan avval bir nechta xizmat sotuvchisiga murojaat qiladilar; 
▪ saqlab bo‘lmaslik — xizmatlarni saqlash mumkin emasligi barqaror talab 
sharoitlarida katta ahmiyatga ega emas, bunda xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar 
sonini aniqlash muammo tug‘dirmaydi. Talab o‘zaruvchan sharoitlarda qiyinchiliklar 
vujudga kelishi mumkin. Masalan, jamoat transporti korxonalari asosan tig‘iz 
paytlarda foydalaniluvchi katta sondagi transport birliklariga ega bo‘lishiga to‘g‘ri 
keladi. 
Hozirgi paytda xizmat ko‘rsatish sohasi har tomonlama o‘sish va kengayishni 
boshidan kechirmoqda. Bu tendensiya Internetni ham chetlab o‘tgani yo‘q, bu erda 
xizmatlar bozorning eng katta qismlaridan birini egallagan. Bu sohada axborot, 
ta’lim, moliya va kadrlar tanlash xizmatlari yanada rivojlangan.
Bugungi kunda eng rivojlangan tur sifatida Internetda moliyaviy xizmat 
ko‘rsatish sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqamiz. 
Internetda moliyaviy xizmatlar 
Internet orqali ko‘rsatiluvchi xizmatlar orasida moliyaviy xizmatlar eng 
rivojlangan bo‘lib, ular asosan quyidagi faoliyat turlari hisoblanadi (6.4-rasm): 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin