Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning samarali yo‘llari



Yüklə 211,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix18.12.2022
ölçüsü211,42 Kb.
#76071
  1   2   3
boshlang-ich-sinf-ona-tili-darslarida-o-quvchilarning-mustaqil-ishlarini-tashkil-etishning-samarali-yo-llari (1)



Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil 
ishlarini tashkil etishning samarali yo‘llari 
 
Malika Suratjon qizi Inomjonova 
Nizomiy nomidagi TDPU 
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ishlarning 
turlari va ularga qo‘yiladigan talablar hamda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini 
tashkil etishning samarali yo‘llari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, mustaqil ish, o‘qituvchi faoliyati, 
o‘quvchi faoliyati. 
Effective ways to organize students’ independent work in 
elementary school native language classes 
Malika Suratjon qizi Inomjonova 
TDPU named after Nizami 
Abstract: The article provides information on the types of independent work in 
the lessons of the native language of primary school and the requirements for them, 
as well as effective ways of organizing students' independent work. 
Keywords: education, primary education, independent work, pedagogical 
activity, student activity. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning mustaqil 
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo 
miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib 
kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etamiz
1
” degan da’vatlari ta’limning sifatli va samarali 
tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil 
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida 
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Yoshlarimizning 
mustaqil va erkin fikrlay olishi, albatta ularning maktabda qanday ta’im-tarbiya 
olishiga bog‘liq. O‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’lim jarayonida mustaqil 
ishlarni bajarish jarayoni shakllantirib beradi.Mustaqil ish bo‘sh o‘zlashtiruvchi 
o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashi, ziyrak va hozirjavob bo‘lishiga yordam beradi. 
1
Mirziyoyev Sh..М. Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Тоshkent: 
Oʻzbekiston, 2016. - 56 B. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
740


Buning uchun o‘quvchini ruhan tayyorlash, ko‘zlangan ishni bajarish uning qo‘lidan 
kela olishiga ishontirish lozim. Bunda bolani nazorat qiluvchiga ham mas’uliyat 
yuklanadi. U puxta o‘ylangan, maqsadli va davomiy mashqlarni tavsiya etishi kerak. 
Shu o‘rinda e’tiboringizni boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning 
mustaqil ishlarini tashkil etish masalasiga qaratmoqchiman. 
Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi o‘quvchining imkoniyati, yosh xususiyati, 
qiziqishlarini e’tiborga olish zarur. O‘g‘il-qizlarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri 
topshiriqlarni to‘liq “eslab qolib” bajarishdir. Bajariladigan ishning maqsadini 
tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l 
qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishga alohida e’tibor beriladi. 
O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, 
yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. 
Dastlabki bajargan mustaqil ishidan o‘quvchi mamnun bo‘lsa, qiziqishlari ortib, 
yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini 
hamisha tekshirish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. 
Bola avval o‘ylaydi, fikrini jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini bayon 
qilish, qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu 
jarayon (og‘zaki) nutq asosida paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi 
o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o‘zicha 
gapiradi(pedagogikada bu aktiv faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki 
shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib, og‘zaki tahlil qiladi, 
sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalashtirdi. 
O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim: 
– beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish 
uyg‘ota olsin; 
– ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga 
tushunarli bo‘lsin; 
– ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda 
o‘zlarida dadillik sezsin; 
– mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga 
oshirilsin(hamma o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat 
emasligini eslatamiz), albatta bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish 
kerak; 
– topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish lozim; 
– topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini 
eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim; 
– ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha 
narsalar bo‘lmasligi) kerak; 
– topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
741


Ma’lumki, darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar darsning tipiga, dars 
jarayonining turli bosqichlariga, o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinfda ona tilidan o‘rganiladigan har bir mavzuning qiyinlik darajasiga 
muvofiq mustaqil ishlar uyushtiriladi. Ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil 
ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Birinchi talab: mustaqil ishlar pedagogik va psixologak tomondan asoslangan 
bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, bilimiga mos bo‘lishi, 
o‘quvchilarni tilni o‘zlashtirishga qiziqtirishi lozim; 
Ikkinchi talab: o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriq o‘quvchilarning o‘quv 
materialini faol idrok etishini ta’minlashi zarur; 
Uchinchi talab: mustaqil ish hayotiy bo‘lishi, o‘rganilgan nazariy bilimlarni 
amaliy tatbiq etishning vositasi bo‘lmog‘i kerak.
Boshlang‘ich sinflarda tashkil qilinadigan mustaqil ishlar hajmi va murakkabligi 
jihatdan uch guruhga bo‘linadi: tayyorlovchi; yarim mustaqil yoki oraliq; natijasi 
matnga teng mustaqil ishlar.
1. Tayyorlovchi mustaqil ishlar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari vazifalarni 
mustaqil bajarishga ancha qiynaladilar. Ular berilgan topshiriqlarni taqlid qilish yo‘li 
bilangina bajara oladi.
Xo‘sh, o‘quvchilarga taqlid qilishni qanday qilib o‘rgatish mumkin. Buning 
uchun o‘quvchilarning diqqati konkret narsalarga tortiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga 
mevalar tasvirlangan rasmni ko‘rsata turib, (rasmda uzum, anor, shaftoli, limon, o‘rik 
kabi mevalar ifodalangan bo‘ladi) o‘quvchilarga ushbu topshiriqlarni beradi: - 
Rasmni yaxshilab kuzating. 
- Unda nimalar tasvirlangan?
- Ularning nomini eslang. 
- Ushbu mevalarni shirin va nordon guruhlariga ajrating.
- O‘ylang, yana qaysi mevalar shirin va nordon bo‘ladi.
Bunday 
topshiriqlarni bajarishda o‘quvchilar chog‘ishtirish usulidan 
foydalanadilar. Topshiriq bajarilgach, tahlil uchun “olma” so‘zi ajratiladi. Shu so‘z 
bo‘g‘inlarga bo‘linadi. 
Ol-ma
Endi o‘quvchilarga bunday topshiriq beriladi. 
- “Olma” so‘zining ikkinchi bo‘g‘inidagi “m” va “a” tovushlarining 
tovushlarining artikulyatsiyasini kuzating. (o‘quvchilar bu tovushlarni ayta turib, 

Yüklə 211,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin