Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning samarali yo‘llari


partadosh o‘rtoqlarining og‘ziga qaraydi)



Yüklə 211,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.12.2022
ölçüsü211,42 Kb.
#76071
1   2   3
boshlang-ich-sinf-ona-tili-darslarida-o-quvchilarning-mustaqil-ishlarini-tashkil-etishning-samarali-yo-llari (1)


partadosh o‘rtoqlarining og‘ziga qaraydi).
Suhbat paytida o‘quvchilar “m” tovushini talaffuz qilganda lablarning yumilishi, 
“a” tovushini aytganda og‘izning ochilishini o‘rganib oladilar. Shunga o‘xshash 
ishlarni bajarish natijasida o‘quvchilar til dalillarini kuzatish, jamoada ishlay olish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
742


malakalarini egallaydi. Bu ishlar o‘quvchilarni bundan keyingi yanada murakkabroq 
vazifalarni bajarishga tayyorlaydi.
2. Yarim mustaqil yoki oraliq mustaqil ishlar. Mustaqil ishlarning bu turi 
yetaklovchi savollar, darslik, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollardan 
foydalanish asosida bajariladi. 3-sinfda “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzusini 
o‘qitishda quyidagicha mustaqil ish o‘tkaziladi.
1. Gapni so‘zlarga ajrating, har bir so‘zning so‘rog‘ini aniqlang.
Qor yog‘di. Qor-nima?, yog‘di- nima qildi? 
2. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zni qo‘yib, gapni kenggaytirib yozing.
...qor yog‘di. (oppoq,qizil, ko‘m-ko‘k) - .. Oppoq qor yog‘di. 
3. Gapni “bugun” va “qalin” so‘zlari yordamida kengaytirib yozing.
Bugun oppoq, qalin qor yog‘di.
3. Natijasi matnga teng mustaqil ishlar. Ta’lim rivojlangan sari o‘quvchilar 
yanada murakkabroq vazifalarni bajara oladilar. Shuni hisobga olib, grammatikadan 
o‘rganiladigan bilimlarga bog‘langan holda ijodiy diktant, hikoya, ish qog‘ozlari, 
bayon, insho va boshqa ish turlaridan mustaqil ish sifatida foydalanish mumkin. Bu 
ishlar hajmining kattaligi, bajarish uchun ko‘p vaqtni talab qilishi bilan mustaqil 
ishning oldingi turlaridan farq qiladi. 
4. Darslik materiallari ustida mustaqil ishlarni tashkil etish yo‘llari.
“Ona tili” darsliklari materillari o‘zida grammatik kategoriyalarni, so‘z yasash 
shakllari va usullari, so‘z o‘zgartirish va gap tuzish yo‘llari, orfoepik va orfografik 
hamda punktuatsion qoidalarni mujassamlashtirgan. Darslikdagi qonun-qoida1ar 
o‘zining abstrakgligi, umumiyligi bilan xarakterlanadi. Demak, o‘quvchining 
umumiy taraqqiy qilishda ona tili alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy 
vazifalaridan biri bolalarning tafakkurini o‘stirish, ularda kitob ustida ishlash 
malakalarini takomillashtirishdan iborat.O‘quvchi maktabda darslik ustida mustaqil 
ishlashni qanchalik puxta o‘rgansa, maktabni bitirib chiqqandan so‘ng o‘z bilimini 
oshirish uchun shunchalik muvaffaqiyatli ishlay oladi. 
Boshlang‘ich ta’limda “Ona tili” faniga oid mustaqil ishlar o‘quvchilarni bilim, 
malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bilim 
esa ana shu mustaqil ishlar orqali bola faoliyatiga o‘tadi va puxta egallanadi. 
Mustaqil ishlar orqali egallangan bilimlar o‘quvchining amaliy faoliyat mahsuliga 
aylanadi va bu bilimlardan u istagan joyda: tanish sharoitida ham, notanish sharoitida 
ham bеmalol foydalana oladi. 

Yüklə 211,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin