K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy


Ijtimoiy tarbiya falsafasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

 Ijtimoiy tarbiya falsafasi - falsafa, etika, ijtimoiy va pedagogikalarning uyg‘unlashuvidan 
kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy 
tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi; inson qiyofasini muayyan tushunish asosida rivojlanish, 
ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning 
qadriyat va tamoyillari ishlab asoslaniladi va boshqalar. 
 Ijtimoiy tarbiya satsiologiyasi - ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy 
tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan 
foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni 
kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. 
Umuman olganda ijtimoiy tarbiya satsiologiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat 
tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi - ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi 
va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi 
ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini 
va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi. 
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi - guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning 
turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati 
samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. 
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati - ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi 
usullarini ishlab chiqadi. 
 Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning inson mablag‘iga 
ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan 
jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy tarbiya 
boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi. 
Ma’lumki, har bir fanni mazkur fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi 
ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha-
voqey olamni bilish jarayonida yuzaga keladi. Voqeylik o‘zgaruvchan bo‘lganligi tufayli 
tushunchalar ham dinamik tarzda o‘zgarish va rivojlanish harakteriga ega. Boshqacha qilib 
aytganda tushunchalar tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. 
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashishadi. 
Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yirik nazariy va amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy 
pedagogikaning asosiy kategoriyalari “ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy 
tarbiya” bo‘lib hisoblanadi. 
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq 
atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi.
Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurish-
turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. Faqat ular bu darajani hayot davomida 
egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan 
ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor 
bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq 
o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. 
Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida 
ta’lim olish jarayonida bolalar avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda 



u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa 
bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega. 
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda 
ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni “ijtimoiy ta’lim” deyiladi. 
Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib 
kelingan. Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy 
yondashuvlarni ifodalaydi. 
Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning 
ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir.
Darhaqiqat, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar 
yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. 
Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning 
o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlar (bolalar, o‘smirlar, 
o‘spirinlar)ni qamrab oladi. Ularning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam 
ko‘rsatishning o‘zaro munosabati jarayonida yaratiladi. Guruh (jamoa)larda ijtimoiy tajribani 
tashkil qilish esa ularning hayotiy faoliyatini yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bunda guruh 
a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatni rag‘batlantirish va norasmiy 
mikroguruhlarga ta’sir etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-
turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, ko‘nikish, 
shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini aniqlab olish birligidir. 
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda ko‘maklashish, o‘z-o‘zini 
rivojlantirishga yo‘naltirish, uning jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. 
Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, 
malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘z-
o‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir. 
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, 
shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi 
ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari 
va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi. 
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat esa uning sub’ektlari orasidagi axborot, 
faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. 
Umuman olganda o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi 
faoliyati bo‘lib uning mazmuni, harakteri tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgandir. 
Ijtimoiy pedagogika o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tadqiqot 
metodlaridan keng ko‘lamda foydalanadi
- umummantiqiy metodlar (analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, 
loyihalash)
- umumpedagogik metodlar (kuzatish, suxbat; tajriba; manbalarni o‘rganish; qayta ishlash, 
umumlashtirish) 
- xususiy pedagogik - psixologik metodlar (individual va guruhiy o‘rganish, xurmatlash, 
tushuntirish, ijobiy fazilatlarga tayanish, ijtimoiy fikrlarni hisobga olish, tashxislash ekspert 
xulosalarini hisobga olish); 
- tarixiy metodlar tarixiy qiyoslsh, genetika, strukturaviy (alohida belgilar, shartli guruhlar) 
tarixiy manbalarni o‘rganish; 
- sotsiologik metodlar ( anketa, so’rovnoma, intervyu olish, sotsiometrik, biografik
monitoring, test topshiriqlari, modellashtirish); 
- matematik – statistik (taxlil, natijalarni qayd etish, tekshirish).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin