17
Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik
yo‘naltirilganligi, ularning hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini
sharhlashlarida o‘z ifodasini topgan. Shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishini ta’minlab
beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g‘urur, vijdon, yaxshi
niyatlilik, sabrni bilishgan. O‘quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat
tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining
eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy
qobiliyatni hisoblashgan.
Shunday qilib, o‘rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo‘naltirilganlikga ega katta pedagogik
meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmining
rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
XI-XII asr Markaziy Osiyo ma’rifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan pedagogikaning
rivojiga katta hissa qo‘shishdi. Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar
bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishi uchun bilimning, ota-onaning, oilaning o‘rniga e’tibor
qaratishgan.
Tarbiyaning ijtimoiy harakteri haqidagi g‘oyalar
Alisher Navoiyning she’riy
merosida
nihoyatda aniq o‘z ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari insonparvar harakterga ega.
XVIII-XIX asrning ma’rifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad
Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o‘ringa keng ommaning ma’rifatli
kilish va ta’lim masalalarini qo’yishgan. Ta’limning asosiy vazifasini ular axloqiy
mukammallashvida va mehnatga o‘rgatishda deb bilishgan.
Ma’rifatparvarlik va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida o‘z
cho‘qqisiga ko‘tarildi.
O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik
vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qo‘shgan
hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan. Bu shoir va pedagogning
katta jasorati o‘z asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi
bo‘ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko‘zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi”
tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida
ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy
namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, tashabbuskorlik,
amaliy tajribani bilgan.
O‘tmish tajribasini o‘rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biriga
aylanib bormoqda. O‘sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko‘p asrlik tajribasi yordamida
yoshlarning zamonaviy bozor-iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga
tayyorlash mumkinmi; - degan masalada qizg‘in bahs munozara xanuz davom etib kelmoqda.
Xech ikkilanmasdan shuni aytish mumkinki, moziy tajribasida, aniqrog‘i halq pedagogikasida
tarbiya va ta’lim jarayonlariga qo‘llash mumkin bo‘lgan meros mavjud. Boshqacha qilib aytganda,
halq pedagogikasi shaxsga o‘z davrida ijtimoiy xususiyatlarni paydo qilish uchun lozim bo‘lgan
pedagogik bilim, ko‘nikma
va malakalar, ta’lim-tarbiya berish, yo‘llari, vositalarining majmuasi
hisoblanadi.
Halq, xususan milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shundaki u birinchidan o‘zida asrlar
davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega; ikkinchidan esa u hayotiy, amaliy
yo‘nalishdaligidir.
Halq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma’lumotlar,
kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular yoshlarda ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv
malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi.
Halq pedagogikasining qoidalari halq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston,
rivoyatlarda o‘zining ifodasini topgan. Aynan shularda halq asrlar mobaynida o‘z ijtimoiy
tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o‘git mazmuniga ega bo‘lib halqning
ijtimoiy hayotga bo‘lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi.
18
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning
shakllanishi va
rivojlanishida islom ta’limoti, ma’naviyatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Zero, islom ta’limotining asl
mazmun, mohiyatini inson komilligi, uning g‘oyasini esa insoniylik, ezgulik, yaxshilik, halollik,
to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, sadoqatlilik tashkil etadi.
Darhaqiqat, islom din bo‘lib, uning mazmuni yagona xudo-alloxga iymon keltirishdir. Uning
asosi Qur’oni Karim bo‘lib, u asosan ijtimoiy-xuquqiy qoidalar yig‘indisi hisoblanadi.
Buni ijtimoiy xuquqiy ezguliklarga ega bo‘lgan shariatning quyidagi tamoyillaridan ham
yaqqol ko‘rish mumkin:
- jamiyatning barcha a’zolari, irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi;
- jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari (chunki ular bitta manbadan kelib
chiqishadi);
- inson hayoti va erkinligining tengligi;
- oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o‘z himoyasiga oladi va unga g‘amxurlik qiladi;
- boshqaruvchi va boshqariluvchilarning tengligi;
- yagona Allox barcha narsaning egasi
va u tomondan yaratilganlar, uning barcha
yaratishlariga xadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o‘z bo‘lagini olishga haqli;
- halq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar halq bilan
maslahatlashib hal qilinishi lozim;
- o‘zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi.
Inson ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa faqatgina Alloh oldida hisob beradi;
- jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lmish inson, ma’n etilganlarni sodir etgan shaxsga qarshi da’vo
qilishi mumkin va hokozo.
Islom xadislarida bayon etilgan eng muhim inson xuquqlari sifatida quyidagilarni
kafolatlaydi:
- yashash xuquqi;
- erkinlik xuquqi;
- tenglik xuquqi;
- adolat xuquqi.
Ijtimoiy pedagogik fikrlar rivojida Qur’oni Karimdan keyingi turuvchi muqaddas manbalar
Xurshiddur. Ularda payg‘ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar va uning ahloqiy pandlari
mavjud. Shu bilan birga xadislarda islom asoslarining sharhlari: mexribonlik, muqaddas dargoh,
tozalik, halol-harom
tushunchalari va yaxshilik, yomonlik, axloqiylik kabi o‘gitlar o‘z ifodasini
topgan.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o‘ziga xos
yo‘lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini beradi va
hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo‘yadi.
O‘zbek halqiga o‘ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona
(milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar,
maqollar, ashulalar,
ideallarning ta’siri doirasida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq
me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o‘rganish va ona tillarida turli
ma’lumotlar olish orqali o‘smirlik yoshida o‘z mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro‘y
beradi.
Etnomadaniy sharoitlarda insonning ijtimoiylashuvida yoki etnos mentalitet (bu tushuncha
XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatiladi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy,
nisbatan barqaror xususiyatlariga ega bo‘lib, boshqa halqlardan, tuzilmalardan o‘z-o‘zini anglashi
bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir.
Mentallik
insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida
yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo‘lgan o‘ziga
yarasha dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi
ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda.