K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy


Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish  tamoyilini asoslab bergan.  Aflotun



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish 
tamoyilini asoslab bergan. 
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini 
ilgari surgan. Uningcha, tarbiya ishi davlatning eng muhim vazifasi hisoblangan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) antik dunyoda tarbiyaning eng to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. 
Aflotundan farqli o‘laroq u inson tarbiyasida asosiy urg‘uni davlatga to‘liq bo‘ysundirishga emas, 
balki insonning o‘zini manfaatlariga qaratadi. Bundan tashqari, u shaxsning jamoat bilan uyg‘un 
rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ham birinchilardan bo‘lib o‘rtaga tashlagan. 
Feodalizm davri tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga 
qattiq amal qilish bo‘lgan. O‘sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini 
yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida 
hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar ham o‘z ifodasini 
topgan. 
XV-XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra Yevropaning boshqa davlatlarida ijtimoiy fikrlar 
rivojlana boshlagan. Bular orasida shaxs, jamiyatni insoniylashtirish, individuallashtirish alohida 


14 
o‘rinni egallaydi.Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik g‘oya bo‘lgan gumanizm (insonparvarlik) 
tushunchasi maydonga kelgan. 
Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur 
italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” 
nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog‘liq.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, antik davrdan e’tiboran Yevropada yetim 
bolalarni parvarish qilish, ularni tarbiyalash masalasi boshqa qit’alarga qaraganda ijobiy tus olgan. 
Manbalarga ko‘ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik 
Osiyo) shaharida Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa 
Milandagi soborda ham tashkil etilgan. O‘z-o‘zidan ayonki bunday muassasalar ruxoniylar 
tomonidan boshqarilgan. Bundan ko‘rinadiki, Yevropada cherkov «etim va nogiron bolalarning” 
raxnamosi bo‘lgan. XIV asrga kelganda Yevropada bunday tarbiya uylarining soni 30 dan ortiq 
bo‘lgan. Muhimi shundaki, bu muassasalarda faqatgina tarbiya ishi nazariy jihatdangina emas, balki 
amaliy jarayonda ham amalga oshirilgan (bolalarga amaliy topshiriqlar berilgan). 
Parijda 1640 yilda ruxoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda 
mashxur bo‘lgan. Bu muassasa Qirol Lyudovik XIV tomonidan xomiylikka olingan. 
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri -XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng 
ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘lgan deb aytish mumkin. Zotan 
XVIII-XIX asrlar davlat va jamoat institutlari bilan biga ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal 
qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari 
tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy 
yo‘nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi yuz beradi.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin