K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

Nazorat savollari: 
1. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari nimalardan iborat?
2. Ijtimoiy falsafaning bosh muammosini nima tashkil etadi?
3. Nima sababdan ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafaning tarkibi qismi hisoblanadi?
4. Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy bilimlar tizimidagi o‘rni qanday? 


13 
5. Ijtimoiy pedagogikaning amaliy turmush jarayonidagi ifodasi nimalarda ko‘rinadi?
Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishi 
Reja: 
1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari 
2. Qadimgi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlar 
3. Keyingi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlarning rivojlanishi 
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, shakllanishi, bosqich, yo‘nalish, sivilizatsiya
atama, fan, qadimgi, uyg‘onish, xorijiy mamlakatlar 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning 
tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy 
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan 
harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. 
Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi 
mavjud bo‘lgan. Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa 
o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar paydo 
bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga 
ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy 
tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda 
mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda 
turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan.
Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud 
bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. 
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, 
qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning 
shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning 
yozma manbalari tasdiqlaydi.
Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga 
aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda-
Avesto va boshqa). 
Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy 
pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy 
pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa 
qo‘shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O‘z o‘zingni angla” degan shiorni ilgari 
surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin