15
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar
berila boshlangan. Buyurtmalarda
yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor
me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish o‘z ifodasini
topgan. Buyurtmaning ortishini keltirib chiqargan sabab Yevropa va Amerika mintaqalarining
ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Zero, qishloq axolisining shaharga ko‘chib
o‘tishlari, g‘ayri axloqiy xulq-atvor,
jinoyatchilik, daydilikning ko‘payishiga olib kelgan.
Shu bilan birga Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning
yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini
talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqoza etardi. XIX asr oxirida mustaqil
fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi. Nemis pedagogi Fridrix
Disterveg tomonidan XX asrda ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida
rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya
tarixiga ilmiy-texnikaviy
inqiloblar asri sifatida nom qoldirganligi tarixdan ma’lum. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy
va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylangan. Ilmiy inqiloblar o‘z navbatida ijtimoiy
pedagogikaning ham keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning boshqa fanlar-psixologiya,
fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi-
XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy
sharoitlarni yaratish
zamonning eng global muammosiga aylandi. Mazkur muammoni yechimini topilishida Yevropalik
quyidagi pedagoglarning ta’limotlari ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: