13
5. Ijtimoiy pedagogikaning amaliy turmush jarayonidagi ifodasi nimalarda ko‘rinadi?
Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishi
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
2. Qadimgi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlar
3. Keyingi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, shakllanishi, bosqich, yo‘nalish, sivilizatsiya,
atama, fan, qadimgi, uyg‘onish, xorijiy mamlakatlar
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning
tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan
harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan.
Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi
mavjud bo‘lgan. Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa
o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar paydo
bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga
ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy
tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda
mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda
turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan.
Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud
bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa,
qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning
shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning
yozma manbalari tasdiqlaydi.
Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga
aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda-
Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy
pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy
pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa
qo‘shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O‘z o‘zingni angla” degan shiorni ilgari
surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Dostları ilə paylaş: